Toshkent Moliya Instituti Soliqlar va Sug’urta fakulteti talabasi Shamsiddinova Nodiraning Sug’urta ishi fanidan tayyorlagan Prezentatsiyasi



Yüklə 1,03 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#135555
Xufyona iqt ma\'ruza 1

Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional yondashuvlar. Abdurasulov Jaloliddin

Reja:

  • 1. Norasmiylik.
  • 2.“Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional yondashuvlar.
  • 3. Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar.
  • 4. Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va axborotlar izlash.

1.Norasmiylik.

Kulrang(Norasmiy) xufyona iqtisodiyot - bu xufyona iqtisodiyotning eng keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir: uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda murakkab jarayonga aylanadi.


Norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish tarixini shartli ravishda ikki bosqichga ajratib o‘rganish mumkin:
I bosqich (1970-1980 y.): empirik tadqiqotlar, birlamchi axborotni to‘plash.
II bosqich (1980-1990 y.): chuqur iqtisodiy-nazariy tahlil, to‘plangan axborotni anglab yetish.
“Norasmiy” faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:
Kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);
Shaxsiy resurslarga tayanish;
Faoliyatga oilaviy egalik qilish;
Faoliyat miqyosining kichikligi;
Mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;
Rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;
Bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi;

2.“Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional yondashuvlar.

Neoinstitutsional nazariya:

Asosiy e’tiborini insonning xo‘jalik faoliyatini belgilovchi va cheklovchi “o‘yin qoidalari” va umuman, iqtisodiy rivojlanish jarayoni o‘rtasidagi aloqadorlikka qaratadi.


Tadbirkorlik iqtisodiyot rasmiy sektori unsurlari hisoblanib, bunda “o‘yin qoidalari” o‘rnatilgan va ular bilan himoya qilingan amal qilishiga mos keladi. Va aksincha, tadbirkorlar bu qoidaga rioya qilmaganlarida, ular iqtisodiyot “norasmiy” sohasi unsurlari sifatida qaraladi.
E.Fayg:
“Norasmiy iqtisodiyot xarajatlar (xususiy) qiladigan va mulkchilik munosabatlarini tartibga soladigan qonunlar va ma’muriy qoidalar yozilgan huquqlarni, tijoriy litsenziyalash, mehnat shartnomalari, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urta munosabatlarini va foydalarni (ijtimoiy) istisno etadigan iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi”

3.Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar.

Riskning miqdori, ya’ni topilish va jazolanish ehtimoli faqat mutanosib bozorda sotilgan tovarlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar:

1.Taklif qilingan tovar umumiy miqdori narxli nazoratning intensivligi bilan belgilanib, unga bog‘liq ravishda tovarning katta yoki kichik qismi legal bozordan nolegal bozorga o‘tishini;

2.Narxlar ustidan nazorat o‘rnatishda butun savdo to‘lig‘icha mutanosib bozorga o‘tishini aniqladilar.


Nolegal bozorda riskning roli to‘g‘risidagi masala kontrabanda iqtisodiy tahlili bilan bog‘liq ravishda birinchi marta adabiyotlarda ko‘tarib chiqildi.
M. Pitt 1980-yillarning boshlaridayoq kotrabandachilar tomonidan aralash strategiya – legal va nolegal savdoni qo‘shishni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqdi. U kontrabandachini ushlab turish riski faqat kontrabanda orqali keltirilgan tovarlarning ko‘payishi tomonigagina emas, balki qonuniy savdo o‘sganda, kamayishi tomoniga ham o‘zgarishi mumkin, deb ko‘rsatdi.
J.P. Azam va T. Beslilar o‘z asarlarini nolegal savdodagi ko‘lamdan tejamkorlik samarasi empirik tadqiqotiga bag‘ishlab, ular yashirin bozor modelini Gana iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha qurdilar. Ganada kakao rasmiy narxi jahon narxlaridan past. Fermerlar o‘z hosilining bir qismini Togo yoki Fil suyagi qirg‘og‘i qo‘shni davlatlaridagi kontrabanda orqali tovar keltirayotgan norasmiy savdogarlarga sotadilar.

4. Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va axborotlar izlash.

R. Dekon va Dj. Sanstelilar ko‘rsatishicha, taqchil tovar izlayotgan iste’molchilar ularni izlashga vaqt yo‘qotish zaruriyatiga va navbatda turib qolish xarajatlariga duch kelishlari mumkin bo‘lib, bu ularning xaridlardan yutug‘ini kamaytiradi. Mutanosib bozorlar mavjud bo‘lmaganda iste’molchilar qo‘shimcha xarajatlar qilgan bo‘lardilar (masalan, vaqt yo‘qotishlari yoki pora sarflari).


Mutanosib bozorda iste’molchilar ratsionlashtirilgan tovarlar uchun raqobatlashishlarini ko‘rsatgan T. Nguyen va Dj. Xoli tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bitim xarajatlari (taqchillikni izlash, navbat kutish va pora berish) mutanosib va rasmiy bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi tafovutni qoplamaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə