Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Mustaqil ish bajarilishi va jihozlash



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/624
tarix29.03.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#103589
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   624
Dasturi asosida ishlab chiqilgan

Mustaqil ish bajarilishi va jihozlash 
Mustaqil ish bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yig'ish va ularni 
jamlashda, yozma ravishda o'zining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida o'zining ravon 
nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda 
faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, statistika 
boshqarmasi, jurnal, ro'znoma va internet saytlari ma'lumotlaridan foydalanishini bilish 
lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma'lumot va axborotlarni to'g'ri va aniq 
tahlil qilish muhimdir. Mustaqil ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar 
taqdimotni seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni 


o'rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o'z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda 
tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli 
manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o'rganadi. 
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o'zlashtirishi 
kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida 
mavzu yoritiladi. Mustaqil ta'lim taqdimot ko'rinishida bo'lsa, u Power Point dasturida 
tayyorlanadi va unda titul varog'i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo'lishi kerak. 
Mustaqil ishning yana bir shakli "Ilmiy loyiha"dir. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy 
ish yozishi, tadqiqot o'tkazishini dastlabki shakli sifatida ko'rish mumkin. Ilmiy loyiha 
(lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o'qilgan kitob, maqola kabilar 
mazmunining qisqacha yozma yoki og'zaki bayoni, o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi 
haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o'z ichiga olgan ma'lum 
mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o'taydi. Unda muayyan 
mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi 
mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o'quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy 
loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg'ulotlariga tayyorlab 
keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi. 
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik 
ma'lumotlar va boshqa materiallarni to'plash, ularni qayta ishlash, ya'ni hisob kitob qilish, 
tahlil qilish, o'rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko'z bilan qarashni, baholashni, nazariyani 
amaliyot bilan bog'lashni o'rganadi. 
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik bo'yicha 
savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so'zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi. 
Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o'z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak. 
Mustaqil ta'lim "Ilmiy loyiha" tarzida (kompyuterda) tayyorlanadigan bo'lsa, unda 
titul varag'i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi.
Mustaqil ish bajarishda talaba o'rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini 
faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo'yicha amaliy 
ma'lumotlardan 
sxema, 
grafik, 
diagramma, 
jadvallar 
ko'rinishida 
tarqatma 
materiallartayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo'yilgan. Chunki, har qanday 
mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to'ldirilganda dars samarasi yanada 
yuqori bo'ladi 
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar foydalanish 
bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o'z ustida ishlashlari, izlanishlariga yakun 
yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag'batlantiradi, dunyoqarashini 
rivojlanishi, o'z faoliyatini aniq maqsadga yo'naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o'z 
ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham 
og'zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o'rgatadi. 
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog' i kerak. Talabalarni 
fanini mustaqil o'zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo'yilgan: 
-bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy 
maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi 
lozim; 
-o'rganilayotgan mavzu bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay darajada 
ekanligiga e'tibor berilishi lozim; 
-Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo'lib, har bir reja bo'yicha 
talaba o'z fikr mulohazalarini bayon etishi shart; 
-mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma'lumotlar aniq va to'g'riligiga ishonch hosil 


qilish uchun manbasi ko'rsatilishi shart; 
-Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo'lsa (A4 format qog'oz, chap-3 sm, 
yuqori-2sm, past-2,5 sm, o'ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda yozilishi kerak) 14-15 
betdan va taqdimot ko'rinishida 10-15 slayddan iborat bo'lishi kerak, tarqatma materiallar 
esa 8-10tadan kam bo'lmasligi lozim. 
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə