Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#152397
1   2   3
,....sasa

Gaz turbinasi - uzluksiz ishlaydigan issiqlik dvigateli. Bosim ostida turgan va yuqori temperaturaga ega boʻlgan gaz energiyasi Gaz turbinasining kurakli apparatida valning mexanik energiyasiga aylanadi. Siqilgan gaz yonish kamerasida, yadro reaktori va birgalikda qizdiriladi. Gaz turbinasi dvigatelining bir qismi sifatida paydo boʻlgan va tuzilishi jihatidan bugʻ turbinasiga oʻxshaydi. Gaz turbinasi soplo apparati ish gʻildiragi bilan turbina pogʻonasini tashkil etadi. Gaz turbinasining faol (aktiv ) va reaktiv turbina xillari bor. Amalda barcha Gaz turbinasi koʻp pogʻonali turbina hisoblanadi. Quvvati esa 100 MVtdan oshadi.


Bugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi. Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Mukim Bugʻ turbinasi ga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va boshqa kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi.


Bugʻ-gaz turbinali qurilma — bugʻ va gaz turbinalarining ish sikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilgʻining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bugʻ (bugʻ turbinasida) yoki bir turbinaning oʻzida bugʻgaz aralashmasidan foydalaniladi. Afzalligi ish jismining boshlangʻich temperaturasi bugʻ turbinali qurilmalardagiga qaraganda ancha yuqori, tarmoqqa boradigan issiqlik temperaturasi esa gaz turbinali qurilmalardagidan ancha past boʻladi. Bugʻ-gaz turbinali qurilmaning bir necha sxemasi bor. Aralash sxemali qurilmalar eng koʻp tatbiq etiladi. Bularda yoqiladigan barcha yoqilgʻi (tabiiy gaz, mazut) ning faqat 20 foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi. Tarkibida foydalanilmagan kislorod boʻlgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan oʻtib, bugʻ qozoni oʻchogʻiga keladi va u boshqa har xil sifatli yoqilgʻi bilan qoʻshilib yonadi. Bugʻ-gaz turbinali qurilma f.i.k. 32 % gacha boʻlgani holda nisbatan kam kapital mablagʻ talab etadi.
Xulosa
Neftni qayta ishlash va neftkimyo sanoatida texnik taraqqiyotning asosiy yonalishlaridan biri-yuqori unumdorli murakkab qurilmalarni qurish hisoblanadi. Gazni fraksiyalash blokida qurilmaning hamma seksiyalaridan barqarorlashgan mahsulotlar kirib kelgandan keyin bosh fraksiyalarni yagona markazlashgan etansizlashtirish jarayoni korilgan. Xomashyoni gidrotozalash katalitik krekingi ikkita parallel ishlayotgan reaktorlarda alyumin-nikel‘-molibdenli katalizatorni barqaror qatlamli oldindan korib chiqiladi. Gidrotozalangan xomashyoni krekingi togri oqimli reaktorda mikrosferik seolit tarkibli katalizatorda amalga oshiriladi. Apparaturalarni va jihozlarni joylashtirishdan asosiy maqsad-texnologik maqsadga muvofiqlik va ixchamlilik hisoblanadi. LK-6U qurilmalarida hamma kompressor stansiyalari riforming va gidrotozalash seksiyalarida sirkulyatsiya vodorod-tarkibli gazlarni siqish uchun bir bino-kompressor stansiyasiga joylashtiriladi. Elektr jihozlari ikkita elektr taqsimlash binolarida joylashadi. Apparaturalarni va jihozlarni seksiyaning ichiga joylashtirishda texnologik xususiyatlardan tashqari qurilish va montaj ishlarini industrial metodlarda amalga oshirish hisobga olinadi hamda jihozlarni almashtirish va ta‘mirlash vaqtida kranlarni va mashinalarni kirib kelishi hisobga olinib maydonga ixcham holda joylashtiriladi. Sintetik polimerlarni, kauchuklarni, yuvish moddalarini ishlab chiqarishda spirt qolaniladi, eritgichlar sifatida, ekstragentlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Spirtlarni ishlab chiqarishda eng muhim usullardan biri olefinlarni gadratatsiya qilish hisoblanadi. SFM – sanoatning har xil tarmoqlarida , qishloq xojaligida va maishiy sohada keng qollaniladi. Neft qazib olishda SFMlardan neftni qazib yer ustiga olib chiqishda va uni kon quvurlari orqali harakatlanishida paydo boladigan suvneft deemulsiyalarini parchalashda qollaniladi. SFMlar suvga qoshiladi va rezervuarlarni va tankerlarni bolinmalarini yuvishda jarayonni jadallashtirishda qollaniladi. Yuqori qovushqoqlikka ega bolgan neftni haydashda SFM larni eritmasi bilan 629 ishlangan suv yordamida haydaladi. Bugungi kunda hayotni plastmassasiz tassavvur qilib bolmaydi. Qurilishdan undan qurilish materiali sifatida, devorlarni paneli, derazalarni yopgichi, eshiklar va boshqalar. Mashinasozlikda plastmassadan tishli va chervyakli halqalar, shkivlar, podshipniklar, roliklar, quvurlar va boqalar tayyorlanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―(Puxta uylangan tashabbuslar va istiqbolli loyihalar xalqimiz farovonligi yuksaltirishga xizmat qiladi maʼruzasi). Xalq sоzi. 14 dekabr 2018 y. №259 (7217).
2. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PK -4275 . qarori. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining tug'ridan-tugʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan xolda modernizatsiya qilish chora tadbirlari tugʻrisida.Toshkent. 2019 y.
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə