Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#152397
  1   2   3
,....sasa


TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI FAKULTETI

Texnologik mashina va qurilmalarini hisoblash asoslari” fanidan


MUSTAQIL ISHI

TMJ (TARMOQLAR BO’YICHA) YO’NALISHI. 9-20-GURUH TALABASI


BAJARDI: Boymirzayev I
TEKSHIRDI : Shukrullayev D
Mavzu: Gazlarni qayta ishlash. Gaz va bug’ turbinalari
Reja:

  1. Kirish.

Gazni qayta ishlash haqida ma’lumot va o’zimizda qurilayotgan GTL zavodi

  1. Asosiy qism.

1) . NEFT, GAZ VA KONDENSATNI BIRLAMCHI QAYTA ISHLASH
2) Suv bug’i bilan haydashning xususiyati
3)Bug' turbinalari
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mustaqil ishimizda siz neft va gazning fraksion tarkibi, ularni qayta ishlashga tayyorlash texnologiyasi, katalitik, termik, gidrogenizatsiya jarayonlari, yuqori oktanli benzin fraksiyalarini ishlab chiqarish, uglerodli gazlarni qayta ishlash, gazlarni fraksiyalarga ajratish texnologiyalari va qurilmalari, vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi, aromatik uglevodorodlarni va neftli bitumlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari korib chiqilgan.


Bugungi kunda ―O’zbekiston GTL zavodini dunyodagi yetakchi litsenziar kompaniyalar – Sasol (JAR), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron (AQSh) texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari bosh pudratchi – Koreya Respublikasining Hyundai Engineering Co. Ltd. va Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd, Сингапурнинг Enter Engineering Pte. Ltd. kompaniyalari tomonidan olib borilmoqda.
Majmua uchun zarur 11 mingdan ortiq texnologik uskunalar Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, AQSh, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya kabi 21 davlatdagi 126 zavodlarda tayyorlanmoqda.
Tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilg’i (GTL) olish juda noyob jarayon bo’lib, yuqori texnologiyalar va murakkab ilmiy yechimlarni talab etadi. Hozirda dunyoda bunday zavodlar atigi beshta, o’zimizda qurilayotgan zavod oltinchisi bo’ladi‖.
Mazkur ulkan loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSh dollariga teng. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard metr kub gaz chuqur qayta ishlanib, YEVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilgi shlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilgisi, 431 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gazdir. Tabiiy gaz shunchaki xomashyo sifatida emas, qoshimcha qiymatli mahsulot sifatida sotiladi. 1000 metr kub tabiiy gazning eksport narxi hozirgi kunda 155 dollar atrofida bolsa, bolgusi zavodda shuncha gazni qayta ishlash orqali 300 dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi. 21 Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan kora tayyor GTL mahsulotlaridan koriladigan qoshimcha daromad 576 million dollardan oshadi.
Neft mahsulotlarini assortimentiga va sifat darajasiga qoyiladigan zamonaviy talablar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini texnik yuksalishiga, eng mukammal texnologik qurilmalarni va ishlab chiqarish majmualarini yaratishda hal qiluvchi ta‘sir etdi. Neftni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish quyidagi jarayonlarda asosiy e‘tiborni kuchaytirishni talab qiladi: katalitik krekingni, gidro-tozalashni va gidrokrekingni, qoldiqlarni kokslanishini va tanlangan ogir distillyat xom-ashyosini, parafinsizlashtirish va zamonaviy sxemalar asosida moysizlashtirish. Juda yuqori sifatga ega bolgan sifatli neft mahsulotlarini olishda benzin fraksiyalarini togri haydashdagi katalitik riforming jarayonlari, izomerlash, seolitlar yordamida kerosinli distillyatlarni ajratish, plastik surkovlarni ishlab chiqarish jarayonlari, yoqilgiga qoshmalar va yoglovchi materiallarni olishda qollaniladigan texnologiyalarni va texnikalarni takomillashtirishni talab etadi.
Neftni qayta ishlashni zamonaviy texnologiyasida yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish kop pogonali texnologiyaga mansubdir. Ko’pgina holatlarda asosiy jarayonlar bilan bir qatorda tayyorlash hamda tugallash ishlari olib boriladi. Texnologik jarayonlarni tayyorlashga quyidagilar: neftni qayta ishlashdan oldin uni tuzsizlantirish, keng fraksiyali tarkibning distillyatlaridan chegarasi boyicha qisqa qaynash fraksiyalarini ajratish; katalitik riforming oldidan benzin fraksiyalarini gidro-tozalash; katalitik 22 krekingga yonaltirilgan gazoyl‘ xom-ashyosini gidro-oltingugurtsizlashtirish; absorbsiyali ajratishdan oldin kerosin distillyatini gidrotozalash va boshqalar mansubdir.
Neftni qayta ishlashni texnologik sxemalari va qollaniladigan jihozlar haqidagi ma‘lumotlar ―Neft va gaz konlarini mashina va jihozlaridan foydalanish magistratura mutaxassisligi, ―Texnologik mashinalar va jihozlar bakalavr ta‘lim yonalishi boyicha ta‘lim olayotgan talabalar hamda neftni qayta ishlash sanoati sohasida faoliyat korsatayotgan xodimlar uchun ushbu darslik zarur bolgan texnik adabiyot hisoblanadi.
Neft va gazning kelib chiqishini uygunlashtirish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Neft geologiyasining asoschisi M.M. Gubkin ozining «Учение о нефти» kitobida neftning hosil bolish muammolarining amaliy ahamiyatiga shunday baho beradi: ―Tabiatda neftning hosil bolishini to’g’ri topish biz uchun faqatgina ilmiy-nazariy qiziqish bolib qolmay, balki birinchi darajali amaliy ahamiyatga ega. Qachonki biz natijada neft hosil boladigan jarayonlarni togri tasavvur qila olsak, shundagina yer qobigida uning uyumlari qanday hosil bolishini bilamiz, neft toplanishi uchun qulay qatlamlarning barcha tuzilma shakllari va litologik xususiyatlari bilan tanishamiz hamda shu ma‘lumotlar majmuasida neftni qanday joylardan izlash va uni qay yosinda maqsadga muvofiq qidirishni tashkillashtirishimiz hakida korsatmalarga ega bo’lamiz.
Neftni qayta ishlash - yirik tonnali ishlab chiqarish bolib, neft, uning fraksiyalari va neft gazlarini tovar neft mahsulotlariga va neft kimyosi uchun xom-ashyoga, asosan organik va mikrobiologik sintez mahsulotlariga ozgartirishga asoslangan. Ishlab chiqarish jarayoni neftni qayta ishlash zavodlarida (NQIZ) amalga oshiriladigan fizik va kimyoviy-texnologik jarayonlar yigindisi, shu jumladan xom-ashyoni tayyorlash, uni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlashni oz ichiga oladi.
Neft yer ostidan qazib chiqarilganda 1 tonna neft tarkibida 50-60 m 3 /t yuldosh gaz boladi. Suvning miqdori esa 200 - 300 l/t gacha mineral tuzlar esa 10-15 kg/t gacha bolishi mumkin (bu korsatgich konni ishlatish davrida ozgarib boradi). Neftni qazib chiqarish sharoitiga qarab ma‘lum miqdorda mexanik aralashmalar ham bolishi mumkin. Bu aralashmalar quvurlar orqali guruhlar boyicha olchagich qurilmasiga yuboriladi. Bu olchagichda neft hamda undagi gaz va suv miqdori olchanadi. Bu guruhli olchagich qurilmasi 10-25 ta ba‘zi birlarida esa 80 tagacha quduqlardan keladigan neftga ulanadi. Guruhli tahlil qilish qurilmasidan neft umumiy sanoat ishlab chiqarish kollektoriga beriladi va u yerdan tayyorlash hamda tashish qurilmalariga yuboriladi.
Neft yer qobigining 500—5000 metr chuqurligida joylashgan bolib, asosiy qismi 800—2500 metrdan nasoslar yordamida qazib olinadi. Neft quduqdan chiqqanda dastlab undan neft, neftda erigan yoki birgalikda mavjud bolgan gazlarning bosimi ta‘sirida yer yuzasiga fontan holida otilib chiqadi. Keyinchalik bosim pasayadi va neft kompressor orqali tortib olinadi. Qazib olinayotgan 1tonna neft o’zi bilan 50-100 m3 gaz, 200-300 kg suv, 10-15 kg mineral tuz va chiqindilarni birga olib chiqadi. Quduqlardan chiqqan (20—30 ta yoki ba‘zan 80 tagacha quduqdan) neft bir joyga yigilib hosil qilingan aralashma tarkibidagi neft miqdori aniqlanadi. Neft bilan chiqqan gaz maxsus qurilmalarda ajaratib olinadi. Bunda neftdagi suv 0,2—0,8% gacha, tuz esa 1 tonna neftda 0,8—1kg gacha kamayadi.

Neftni uglevodorod qismlariga (fraksiyalarga) ajratish oddiy va murakkab haydash bilan amalga oshiriladi. Moy (yoki yoglash) moddalarini olish uchun xom ashyo vakuum ostida haydaladi. Benzin tarkibidagi erigan gazlarni chiqarib yuborish va benzinning bir necha xillarini olish uchun rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan va bir-biri bilan azeotrop aralashma (masalan, benzol-siklogeksan, metilsiklopentan) hosil qiluvchi uglevodorodlarni ajratish ekstraksiyalash, absorbsiyalash va azeotrop rektifikatsiyalash usullari bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə