Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139

45 
 
2.O‘simlik  to‘qimalarini  o‘rganadigan  fan  gistologiya   deyiladi. 
3.O‘simliklarning    tashqi    tuzilishini    o‘rganadigan    fan  morfologiya    deyiladi.  
Morfologiya    ham    grek    tilidan    olingan    bo‘lib,  bu    shaklni    o‘rganadigan    ilm    ma’nosini  
bildiradi. 
4. O‘simliklarning  ichki  tuzilishini  o‘rganadigan  fan  anatomiya  deyiladi. 
5.  O‘simliklarning    fiziologiyasi    va    bioximiyasi.    Bu    so‘zlar    ham    grek    tilidan  
olingan    bo‘lib    fizik-tabiat,    bio-hayot    ma’nosini    bildiradi.    Bu    fanlar    yordamida  
o‘simliklarning      hujayrasida    bo‘ladigan    protsessning,  masalan:    nafas    olish,    oziqlanish, 
fotosintez  protsesslari  va  boshqalar  o‘rganiladi. 
6. O‘simliklar  sistematikasi.  Bu  so‘z  ham  grek  tilidan  olingan  bo‘lib  to‘plash,  
yig‘ish,  biriktirish,  ma’nosini  bildiradi.  Bu  fan  o‘simliklarning  kelib  chiqishi   jihatidan  
bir  biriga   yaqinligini   va  shunga   asoslanib  er   yuzidagi   o‘simliklarni   gruppalarga  bo‘lib  
o‘rganadigan  fandir. Masalan: Tur, avlod, oila,  sinflarga  bo‘linadi. 
7.  Genetika    fani.  Bu    ham    grekcha    so‘zdan    olingan    bo‘lib,  ya’ni    kelib    chiqish  
ma’nosini   bildiradi.   Genetika  nasl, irsiyat   va  o‘zgaruvchanlik  qonunlarini  o‘rganadigan  
fandir. 
8. Geobotanika.   Bu  fan  o‘simliklarning  er  yuzida  tarqalishini  o‘rgatadi.  
9.  Ekologiya.    Bu        o‘simliklarning  sharoitga    moslashishi    qaysi    sharoitda    qanday  
o‘simlik  o‘sishini  o‘rganadigan  fandir. 
 Botanika    to‘g‘risidagi    dastlabki    ma’lumotlar    eramizdan    oldingi      IV      asrlarda  
paydo    bo‘lgan.  Teofrast  (371-286  y.)    o‘simliklar  haqidagi    ma’lumotlarni    to‘pladi    va  
ularning  klassifikatsiyasini   yaratdi. 
Teofrast    barcha    o‘simliklarni  –  daraxt,  buta,  chala    buta  va  o‘t    o‘simlik    kabi      guruhlarga  
bo‘ladi.  Botanika  fanini rivojlantirishda o‘rta  asrda  yashagan  va  jahon  fani  taraqqiyotiga  
juda  katta  hissa  qo‘shgan  buyuk  olim  Abu Ali ibn Sinoning  xizmati  kattadir. 
Andrea    Nezalsin    o‘simliklar    olamini    avvalo    2  bo‘limga  yog‘ochli    o‘simliklarga 
(daraxt, buta) hamda  chala  buta,  o‘t  o‘simliklarga  bo‘ladi. Ularni  o‘z  navbatida  15  sinfga  
ajratdi.  Sinflarga  bo‘lganda guli,  meva, uya  va  undagi  urug‘larning  sonini  hamda  murtak  
tuzilishini  asos  qilib  oladi  va  15- sinfga  mox, qirqquloq, qirqbo‘g‘im  va  zamburug‘larni  
kiritdi. 
Ingliz    botanigi    Djon    Rey    birinchi    marta    o‘simliklar    olamini    sporali  (yashirin  
nikohli) va  gulli (ochiq  nikohli)  o‘simliklarga  bo‘lib,  gullarni  o‘z  navbatida  bir  pallalilar  
va    ikki    pallalilarga    ajratdi.  Djon    Rey    o‘simliklar    sistematikasiga    birinchi    bo‘lib    tur  
terminini  kiritdi. 
Botanikani    rivojlantirishda    shved    olimi    Karl    Linney    o‘simliklarni  ta’sir    etish  
texnikasini  aniqlashni   sistematikaga   binar  nomenklatura,  ya’ni    o‘simliklarni ikki  nom  
bilan  atashni,  mavjud  o‘simliklarni  ma’lum  sistemaga  solib,  ularning   sun’iy  sistemasini  
yaratishdek  buyuk  ishlar  qildi. 
         
1.3 
O‘simliklarda  kechadigan  fotosintez  protsessi. 
O‘simliklar  hayvonlardan  o‘zining  yashil  rang  beruvchi  xlorofill  pigmenti  borligi  
hamda  fotosintez  protsessi  bo‘lishligi  bilan  farq  qiladi. 
 
Biz  o‘zimiz  uchun  kerak  bo‘lgan  barcha  oziq  moddalarni  o‘simliklardan  olamiz.  
SHuning    uchun    ham    biz    o‘simliklarsiz    yashay    olmaymiz.    O‘simliklarda    yashil    rang  
beruvchi   xlorofill   pigmenti   bo‘lganligi   uchun  fotosintez,   ya’ni  assimilyatsiya  protsessi  
bo‘lib    turadi.    Bu    protses    natijasida    oddiy    noorganik    moddalardan    organik    moddalar  
vujudga  keladi. 
 
Fotosintez  protsessi  bo‘lishligi  uchun   xlorofill  pigmenti,  suv,  karbonat  angidrid  
va  quyosh  nurlari  bo‘lishi  shart.  SHulardan  birontasi  bo‘lmasa  fotosintez protsessi  ham  
bo‘lmaydi. 


46 
 
 
O‘simliklar  erdan  suvni,  havodan  esa  karbonat angidridni  oladi. 
         6 CO
2
 + 6 H
2
O + 674 KK+ xlorofill -------- C
6
H
12
O

+ 6O
2
 
O‘simliklar  hujayrasida  glyukoza  kraxmalga  aylanadi. 
         C
6
H
12
O

+ H
2
O  ------ (C
6
H
10
O
5
) n 
 
Biz  nafas  olganda  kislorodni  yutib  karbonat  angidridni  chiqaramiz. O‘simliklar  esa 
fotosintez  protsessida  kislorodni  chiqarib  turadi,  ya’ni  o‘simliklar  bizni  kislorod  bilan  
ta’minlab  turadi. 
 
Biz    nafas    olganda    chiqargan    karbonat  angidriddan    o‘simliklar    esa      fotosintez  
protsessida  foydalanadi. Havoda  karbonat  angidridning  miqdori  0.03%  dan  oshmaydi. 
 
O‘simliklar    bir    tonna    karbonat  angidridni    olish    uchun    5  mln.  kub    metr    havoni  
tozalaydi.  O‘simliklar fotosintez  protsessida  karbonat  angidridni  oladi. Nafas  olishda  esa  
odamlarga  o‘xshab  kislorodni  yutadi.  O‘simliklar  odamlarga  o‘xshash  kechasiyu-  kunduzi 
kislorod  bilan   nafas  oladi. 
 
YAshil    rangdagi    o‘simliklar    erdan    olgan    oziq    moddasidan    tashqari    fotosintez  
protsessi  natijasida  o‘ziga  oziq  moddalar  tayyorlaydi.  O‘ziga-o‘zi  oziq  modda  tayyorlab  
ovqatlanishi - avtotrof    oziqlanish  deyiladi.  Avtoc – o‘ziga o‘zi  ma’nosini  bildiradi.  Ba’zi  
bir  o‘simliklarda  ildiz  bo‘lmaydi.  Masalan:  suv  o‘tlarida.  Bu  o‘simliklarning  oziqlanishi   
faqat  avtotrof yo‘lda  bo‘ladi. Bakteriyalarda, zamburug‘larda  va  gullaydigan  o‘simliklardan  
zarpechak,  devpechak  va  shumg‘iya  deb  ataladigan  o‘simliklarda  yashil  rang  beruvchi  
xlorofill   bo‘lmaydi.  SHuning  uchun  ham  bu  o‘simliklar  o‘zlariga  oziq  modda  tayyorlay  
olmaydi.  Bunday  o‘simliklar   geterotrof    yo‘lda  oziqlanadi.  Geteroc  – o‘zgalar  hisobiga  
ma’nosini  bildiradi.  Geterotrof  oziqlanish  o‘z  galida  2 ga  bo‘linadi. 
1.
 
Parazit 
2.
 
Saprofit   
Parazit  oziqlanish  tirik  organizm  hisobiga,  saprofit  oziqlanish  o‘lik  organizm  hisobiga  
bo‘ladi. 
1.4
 
Botanika  fanining  farmatsevtikadagi  ahamiyati.  
  Hozirgi  kunda   ko‘pgina  dori – darmonlar  o‘simliklardan  olingani  uchun  botanika  
fanining  farmatsevtikadagi  ahamiyati  nihoyatda  kattadir. 
MDX    florasi    juda    boy  
bo‘lib  19000  o‘simlik  turini  o‘z  ichiga  oladi. Ularning  orasida  dorivor  o‘simliklar  juda  
ko‘p. 
So‘nggi  ma’lumotlarga  ko‘ra  159  tur  yovvoyi  dorivor o‘simliklardan  tayyorlangan  
dori    turlari    va    preparatlari    meditsinada    ishlatiladi.    YOvvoyi    holda  o‘sadigan    dorivor  
o‘simliklar  har  yili  tayyorlanadi.  
 
MDX    dorivor    o‘simliklaridan    olinadigan    dorivor    mahsulotlar    farmatsevtika  
zavodlari va dorixonalar  bosh  boshqarmasini  talabini qondirmaydi.  SHuning  uchun  dorivor  
o‘simliklarni    ekish    keng    yo‘lga    qo‘yilgan.  Hozirgi    kunda    aholining    dorivor    o‘simlik  
uchun  talabi  juda  katta. 
                   
1.5     Hujayraning  kashf  etilishi ва Hujayra  nazariyasi 
Hujayra  tirik  organizmning  asosiy  bir  bo‘lagi  bo‘lib  tiriklikda  bo‘ladigan  hamma  
protsesslar    hujayrada    bo‘lib    turadi.    Hujayra    oziqlanish,    ko‘payish,    o‘sish,  nafas    olish, 
tashqi    ta’sirotni    sezish    xususiyatiga    ega.    O‘simlik    organlari    hujayradan    tashkil  
topganligini  ingliz  olimi  fizik  Robert  Guk   1665 yilda  topgan. R. Guk  birinchi  marotaba  
hujayrani    mikroskopda    ko‘rgan      u  o‘simlik    to‘qimalari    hujayradan    iborat    ekanligini  
aniqlagan.  R.  Guk    hujayra    to‘g‘risida    “  Mikrografiya”    deb    kitob    yozgan.  Bu    kitobda  
ukrop, marjon  daraxti (buzina)  va  probkaning  ichki  tuzilishini  ko‘rsatib  bergan. 
     XIX-  asrning    boshlarida    hujayra    nazariyasi    paydo    bo‘ldi.    Bu    nazariyaning 
ko‘rsatishicha  har  bir  organizm  va organ, to‘qimalari  hujayralardan  tuzilgan.  Hujayra  esa  
bo‘linib  ko‘payib  turadi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə