Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  
 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI  
 
FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI 
 
 
                                                                                    
 
 
“BOTANIKA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY 
MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  
 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI  
 
FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI 
 
 
                                                                                    
 
 
“BOTANIKA” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY 
MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   



 
Mazkur  o‘quv  –  uslubiy  majmua  Oliy  va  O‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2016  yil  6 
apreldagi  137  –  sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  o‘quv    reja  va  dastur  asosida 
tayyorlandi 
 
 
 
 
Tuzuvchilar:  
 
Yulchieva M.T.     – Farmakognoziya  kafedrasi  dotsenti, b.f.n. 
 Atamuratova N.T  – Farmakognoziya   kafedrasi  assistenti 
 
Taqrizchilar:  
Raximova T.T.   -  O’z.RFA O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti
geobotanika va o’simliklar ekologiyasi laboratoriyasining etakchi     ilmiy   
hodimi professor, b.f.d. 
     Abzalov A.A.–   ToshFarmi Ekologiya va mikrobiologiya  kafedrasi dotsenti, b.f.n. 
 
 
 
 
 
O’quv uslubiy majmua Toshkent farmasevtika institutining soha uslubiy kengashining 2016 yil 
15 iyundagi  15 – sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.       
  
Soha uslibiy kengash raisi: _____________________Tojiev M.A. 
 
 
O’quv uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.   “28” iyun. 2016 yil             
11 - sonli bayonnomasi 
 
Kelishildi: Markaziy uslubiy  kengash raisi: _____________________ S.U.Aliev 
 
 



 
MUNDARIJA 
 
I.
 
Ishchi
 
dasturlar…
…………………………………………………....
...............................................5
 
II.
 
Botanika fanining sillabusi………………………………………………………………....34 
III.
 
Modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim 
metodlari…………………….............................................………………………………..39 
IV.
 
Nazariy materiallar……  ………………………..…………… ………………………….44 
V.
 
Laboratoriya mashg‘uloti materiallari …………………………………………………….213 
VI.
 
Keyslar banki………………………………………………………………………………309 
VII.
 
Mustaqil ta’lim mavzulari…………………………………………………………………311 
VIII.
 
Glossariy……………………………………………………..…………………………….313 
IX.
 
Adabiyotlar  ro‘yxati………………………………………………………………………327 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I.ISHCHI DASTUR 
Farmatsiya va kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun 
Kirish  
Mamlakatimizda  ta’lim  tizimiga  e’tiborning  tobora  yuqoriligi  sababli,    o‘quv  darsliklarni 
yangilash  va  xorijiy  o‘quv  adabiyotlaridan  yanada  ko‘prok  foydalanishni  taqozo  etmoqda. 
Mazkur ishchi dasturni  tuzishda xorijiy adabiyot  ma’lumotlari ham  kiritildi.  Bu talabalarning 
botanika fani bo‘yicha olgan bilimlarni yanada mustaxkamlaydi.  
 Farmatsevtika  institutida  botanika  fanini  o’qitilishining  asosiy  maqsadi  malakali 
mutaxassislar  tayyorlash,  tabiatga,  o’simliklar  dunyosiga,  ayniqsa  dorivor  o’simliklarga 
nisbatan  mehr  -  muhabbat  uyg’otish,  tabiiy  boyligimizdan  to’g’ri  va  oqilona  foydalanish 
yo’llarini o’rgatadi. Maqsadga erishish uchun botanika fanidan mashg’ulotlar o’ziga xos uslub 
bilan o’tkaziladi.  Chunki farmatsevtlar, dorivor moddalarning ko’pchiligi o’simliklar maxsuli 
ekanligini  hisobga  olib,  ularni  makro  va  mikroskopik  tuzilishini  tekshirib  aniqlaydi.  Natijada 
anatomiya,  morfologiya,  sistematikadan  bilimga  ega  bo’lib  qolmay,  amalda  ish  bajara  olishi 
zarur.  Bu  amaliy  tajriba  turli  o’simliklarni  qismlari  to’g’risida  aniq  tasavvur  hosil  qilishga, 
makroskopik  va  mikroskopik  tomondan  aniqlashda  farmakognoziya  faniga  asos  bo’ladi. 
Laboratoriya  mashg’ulotining  «Anatomiya»  bo'limida  tayyor  kesiklardan  foydalanish  bilan 
birga, vaqtincha kesiklar tayyorlash ko’zda tutilgan.  
Malakali  mutaxassis  bo’lish  uchun  talabalar  o’simliklar  morfologiyasini,  anatomiyasini 
yaxshi  o’zlashtirishi  lozim.  Sistematikani  o’rganilayotganda  har  bir  talaba  gerbariy  bilan 
ta'minlandi.  
Botanika fanini o‘qitishda 
Pharmaceutikal  Botany,  a Text-Books  for students  of pharmacy 
and  science.  va 
V.  Ch.  Evans  Pharmacognosy  adabiyotlaridan  foydalanib,  yangi  ma’lumotlar 
bilan boyitildi. 
 
Fanning  maqsad va vazifalari 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  2015  yil  19  yanvar  yig’lishining  
“O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish dorivor va oziq  –ovqat o‘simliklarini etishtirish va qayta 
ishlashni yanada ko‘paytirish to‘g‘risida” gi  5-sonli bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 20 apreldagi  yig‘ilishining “Maxalliy korxonalarda dorivor 
o‘simliklarni  va  ular  asosida  biologik  faol  qo‘shimchalar  ishlab  chiqishni  rivojlantirish 
to‘g‘risida”gi  32  -  sonli  bayonnomasida  belgilangan  vazifalarni  ijrosini  ta’minlash  borasida 
Respublikamizda  tabiiy  sharoitda  o‘sadigan  o‘simlik  turlari,  o‘rganish,  o‘simlik    areallarini 
saqlab qolish, zahirasini boyitish kabi vazifalar tushuntirilib boriladi.  
Botanika  fani  farmatsevtika  institutida  umumiy  teoretik  kurs  bo’lib,  talabalarni  ixtisos 
bo’yicha  farmakognoziya,  o’simlik  fiziologiyasi,  bioximiyasi,  mikrobiologiyasi,  dorivor 
o’simliklarni o’stirish biologiyasi kabi kurslarni o’tishga tayyorlaydi. Shu bilan birga talabalar 
botanikaning  muhim  bo’limlari  bilan  tanishib,  bir  vaqtning  o’zida  o’simliklar  dunyosining 
hayot  faoliyatini  o’rganadilar,  bu  esa  farmatsevtlar  uchun  o’ta  muhim  bo’lgan  dorivor 
o’simliklar va o’simlik homashyolari bilan ishlashga yordam beradi. 
Dorivor o’simliklar florasidan foydalanish, tabiatini va o’simliklar dunyosining resurslarini 
himoya qilgan va uni tushungan holda olib borilishi kerak. 
Fanni o’rganishning vazifalari. 
Botanika fanini o’qish natijasida talaba quyidagilarni bilishi shart: 
-
 
o’simliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini; 
-
 
o’simlik organlarining morfologik va anatomik strukturalarining xilma-xilligini; 
-
 
yuqorida  ko’rsatilgan  kurslarda  o’rganiladigan  dori  turlarini  o’z  ichiga  olgan  o’simlik 
guruhlarini; 
-
 
homashyoni aniqlashdagi o’simliklarni diagnostik ko’rsatkichlarini bilishdan iborat. 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə