Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə6/14
tarix30.04.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#86295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Hayvonlar hujayrasi va to\'qimalari

Tana simmetriyasi. Simmetriya hayvonlar tanasining o'xshash simmetriya markazi (nuqta, to'g'ri chiziq yoki yuza) atrofida ma'lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasi bo'lib, yashash muhiti bilan chambarchas bog'liq. Hayvonlar tana simmetriyasining asosiy xillari quyidagiiardan iborat.

1. Radial nurli, ya'ni teng o'qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlar (quyoshsimonlar, nurlsimonlar, volvokslar va boshqalar)da ko'rish mumkin. Ular tanasining o'xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial nurlar yo'nalishida joylashgan.

Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab turgan muhitning tananing hamma tomonida bir xil bo'lishi bilan bog'liqdir. Radial tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonning tashqi muhit ta'siriga javob reaksiyasi tananing hamma tomonida bir xilda bo'ladi.

2. Radial o'qli simmetriya suv tubida o'troq yashaydigan bo'shliqichlilar va ularning erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun xosdir. Radial o'qli simmetriyaga ega bo'lgan

hayvonlar tanasining o'xshash qismlari aylanish o'qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik bo'laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo'shliqichlilar, taroqlilar, g'ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.

Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o'qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun harakterlidir.

3. Bilaterial, ya'ni ikki yonlama simmetriya juda ko'pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va deyarli barcha umurtqali hayvonlar uchun xos bo'ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o'q orqali o'tadigan yagona yuza orqali faqat ikkita teng bo'laklarga ajratish mumkin. Bilater­al tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonlar tanasining chap va o'ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (yelka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin.

Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega bo'ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang'och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo'ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig'anoqning hosil bo'lishi bilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqqan bo'lib, ikkilamchi harakterga egadir.


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə