Toshkent davlat pedagogika universiteti


Hay vonlarning individual rivojlanishi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə14/14
tarix30.04.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#86295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Hayvonlar hujayrasi va to\'qimalari

Hay vonlarning individual rivojlanishi urag'langan yoki parteno­genetik tuxumni voyaga yetgan organizmga aylanish davri individual rivojlanish, ya'ni ontogenez deyiladi. Ontogenez embrional (mo'rtakning rivojlanishi) va postembrional (organizmning tug Ugandan yoki tuxumdan chiqqandan keyingi) davrlarni o'z ichiga oladi. Embrional rivojlanish davri tuxum qo'yuuvchilarda embirionning tuxumdan chiqishi, tirik tug'uvchilarda esaembrionning tug'ilishi bilan tomom bo'ladi. Postembrional rivojlanish hay vonlarda ikki yo'l bilan boradi. Ко'pchilik hay vonlarda, masalan, ayiim bo'shliqichililar, halqali va tugarak chuvalchanglar, o'rgimchaksimonlar, chuchuk suvda yashovchi qisqichbaqasimonlar, ko'pchilik xordalilarning murtagidan embrional rivojlanish natijasida voyaga yetgan hay vonlarning o'ziga o'xshash organizm yetishib chiqadi. Bu tipdagi rivojlanish o'zgarishsiz yoki to'g'ri bevosita rivojlanish deyiladi. Boshqa hayvon­lar (masalan, dengiz bo'shliqichlilari, ko'pchilik halqali chuvalchanglar, dengiz qisqichbaqasimonlari va moluskalari, qanotli hasharotlar, ninateri-lilar) da embrional rivojlanish natijasida hosil bo'lgan yosh organizm voy­aga yetgan ota-ona organizmidan tana tuzilishi va hayot kechirish tarzibilan farq qiladi. Yosh organizm postembrional davrida bir necha o'zgarishlardan keyin yetishgan ota-ona organizmga o'xshash bo'lib qoladi. Rivojlanishning bu tipi o'zgarishli rivojlanish yoki metamorfoz deyiladi. Hay vonlarning rivojlanishi va o'sishi ular hayotining dastlabki davr-lariga to'g'ri keladi. Tana qoplag'ichi yumshoq bo'lgan hayvonlarning o'sishi to'xtovsiz, deyarli bir me'yorda boradi. Tugarak chuvalchanglar, bug'imoyoqlilar va boshqa bir qancha hayvonlarning tanasi qattiq po'st bilan qoplangan. Qattiq po'sto'sishgato'sqinlik qiladi. Shuning uchun bu hayvonlarning o'sishi tullashdan so'ng, ya'ni eski qattiq po'stni tashla-gandan so'ng boshlanib yangi po'st qotib o'sishga to'sqinlik qilguncha davom etaveradi.


Foydalanilgan adabiyotlar: ‘Umurtqasizlar zoologiyasi’ O. Mavlonov , Sh.Xurramov , X. Eshova
Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə