Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov


  Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/200
tarix26.02.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#101538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Marketing


Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва
янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. -Т.: «Ўзбекистон». 2005.


barcha oliy ta'lim muassasalarida foydalanib kelinayotgan namunaviy o’quv 
dasturi asosida yozildi. Darslikdagi nazariy xulosalarbevosita amaliyot bilan 
bog'liq holda yoritishga harakat qilindi. Mualliflar mamlakatimizni bozor 
munosabatlariga bosqichm a-bosqich o’tayotgan davrida milliy 
iqtisodiyotimizni barcha sohalaridagi xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini 
marketing tamoyillari orqali tashkil etish natijasida barcha muammolami 
hal etishga da'vo qilishmaydi, chunki hozirgi shiddatli rivojlanish davrida 
nazariya va amaliyot sohasidagi uzluksiz taraqqiyot, yangi va jumboqli 
muammolami ilgari surmoqda.
Darslikning har bir bobi oxirida qisqa xulosalar, nazorat va muhokama 
uchun savollar hamda asosiy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.


I B O B
M A R K E T IN G УА U N IN G
R IV O JL A N IS H ID A G I A S O S IY
B O S Q IC H L A R
1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Marketing — bozorda vujudga keladigan 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish h?* >ia realizatsiya qilish 
muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini bozorda vujudga 
keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali 
yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ulami 
ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o’rganish va bashorat qilish 
hamda ta’sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga 
maqsad qilib qo’ygandir. “Marketing” fani xo’jalik yurituvchi subyektlami 
bozorda iqtisodiy maqsadlaiga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar 
hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Marketing fani 
raqobatni, iste ’molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning 
raqobatbardoshligi, rag’batlantirishni, rekiamani va bozomi chuqur 
o’rganadi.
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular 
boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo’lishi, 
sotish shakllarini rivojlanishi hamda iste’molchilami tovar va xizmatlar 
bilan o’zaro harakati bilan bog’lanadi. Marketing faoliyati tadbirkorlik 
faoliyatining asosini tashkil etadi. Respublikamizda iste’mol bozorining sifatli, 
raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirishda tadbirkorlikning o’mi kattadir.
Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlis qonunchilik palatasi va 
Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida asosiy strategik vazifamiz 
demokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo’lida samarali, bosqichma- 
bosqich va izchil borish ekanligi ta'kidlangan edi. Shuningdek, ushbu 
ma'ruzada 2005 yilda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning eng muhim 
ustuvor vazifalaridan etib quyidagilar ko’rsatilgan:
-asosiy ustuvor masala — awalgidek, bozor islohotlarini chuqurlashtirish


va yanada erkinlashtirishdan iborat;
-ikkinchi ustuvor masala- xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini
uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko’payishini ta'minlash;
-uchinchi ustuvor masala — kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish 
borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirishdan iborat;
-to’rtinchi ustuvor masala — bank va moliya tizimlaridagi islohotlami 
chuqurlashtirish;
-prinsipial muhim masala— soliq siyosatini yanadatakomillashtirishdan 
iborat
.1
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda 
tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi 
hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, 
rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” 
konsemi boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni 
o’mini tavsiflab shunday deydi: “Marketing tadbirkorlikning tayanch 
omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema kompasidir
”.2
Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asming o’rtalariga borib 
taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayiiboshlashni turli shakllari paydo 
bo’ldi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, 
narx, sotish kabilami rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kalifomiya va Illinoys 
universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar 
o’qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab 
chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo’naltirilgan xo’jalik 
faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko’ra boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan 
bog’liqdir, shu bois marketing so’zini taijimasi va kelib chiqishi keltiriladi 
(ingl. Market — bozor, ing — faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur 
yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot 
bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSh va boshqa xorijiy davladar iqtisodiy 
adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan 
marketing ta’rifi Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan
1 К аримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаиггириш ва 
янгилаш , мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. - Т.: «Ўзбекистон», 2005.
2 Багиев Г Л ., Тарасевич В.М., Анн X. М аркетинг. Учебник для ВУЗов. -С П б.: 
П итер, 2005.


bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday 
jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va 
amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat 
ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotiami maqsadlari 
ayiiboshlash yordamida qondiriladi”.
Marketingga olimlar turlicha ta’rifberganlar. I.K.Belyayevskiy shunday 
degan: “Marketing — bu bozomi o’rganish va tartibga solish, boshqarish 
tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: “Marketing 
tashkilotlar va Kishilami xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlami erkin 
raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo’Ii orqali qondirishga yo’naltirilgan 
ijtimoiy jarayondir”, “Marketing — bu bir vaqtning o’zida biznes falsafasi 
va faol jarayondir”1.
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing — bu bozomi 
o’rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning 
xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu 
jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalami o’zaro 
ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid 
qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli 
(ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon 
beradi.
Muhtojlik — Kishining biron bir narsa yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga 
kiigan muhtojlikdir.
Talab — bu xarid quwatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab — mavjud, potensial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar — bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozoiga 
e’tibomi tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif 
etilgan barcha narsalardir.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan 
ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o’rtasida marketingning takror ishlab chiqarish 
jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo’q. Hozir ko’pgina chet ellik 
marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan 
faoliyatni o’z ichiga olmog’i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday 
izohlami tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga
1
Багиев ПЛ., Тарасевич B.M. Маркетинг: Учебник для ВУЗов.- СПб.: Питер, 
2005.


ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq 
qilib bo’lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma- 
xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni 
kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o’zgarib keldi va uning 
mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan 
foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy 
qismlaming ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi. 
Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi 
tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, 
reklama, texnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan 
iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish 
munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: 
marketing — ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan 
inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan 
bin bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlaming vujudga 
kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni 
sotish bo’yicha muammoning vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozomi har taraflama o’rganish yo’nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilami ko’rsatib o’tish zarur:
• talabni o’rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovami o’rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi 
bo’lib, iste’molchilar va ulaming talab hamda istaklarini o’iganish, ularga 
mos keladigan tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlami yetkazib berish, 
taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, 
tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bulaming hammasi birinchi asosiy 
maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə