Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya fakulteti



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#136486
1   2   3   4   5   6
Kollektiv investitsiylash vositalari

Pay fondi

Bu investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning –investorlarning o`zi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablag`lari yig`indisidir.

Pay fondini tashkil etish

  • Pay fondini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ishonchli boshqaruvchi tomonidan qabul qilinadi.
  • Investor ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan, investorlarning pul mablag‘larini umumiy ulushli mulk huquqi asosida pay fondiga birlashtirish nazarda tutiladigan shartnoma asosida pay fondiga pul mablag‘larini kiritadi.
  • Ishonchli boshqaruvchi o‘zining alohida bank hisobvarag‘iga investorlar pul mablag‘larini kiritganidan keyin ikki ish kuni ichida ularga investitsiya paylarini beradi.
  • Investitsiya paylarini joylashtirish barcha investorlar uchun yagona narx bo‘yicha amalga oshiriladi.
  • Pay fondining pul mablag‘lari investitsiya deklaratsiyasiga binoan investitsiya qilinadi.

Pay fondini tashkil etish

  • Pay fondini ishonchli boshqarish jarayonida olingan daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank hisobvarag‘ida jamlanadi.
  • Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va tegishli axborot qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining hamda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.
  • Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Pay fondining hisobi Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qo‘yish orqali Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.

Pay fondining hisobi Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qo‘yish orqali Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə