Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37

 35
quyidagi hodisalar ro‘y beradi: bargning o‘zlashtiruvchi parenximasida organik 
moddalarni hosil qiluvchi fotosintez hodisasi; ildiz, tuganak, poya va mevalarning 
g‘amlovchi to‘qimasida zapas oziq moddalarning yig‘ish va saqlash asosiy to‘qima 
bo‘ladi. Suv to‘plovchi to‘qimada suvning g‘amlanish hodisasi (sukkulent 
o‘simliklarda semizo‘t, kaktus va boshqalarda) amalga oshadi. Shiqaruv joylari 
ham asosiy to‘qima parenximadan iborat bo‘lib, smola, elim, efir moyi, shira va 
boshqa moddalar bilan to‘liq bo‘ladi. Asosiy to‘qimaning o‘lik hujayralari suv, 
havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Asosiy to‘qimaga po‘stloq parenximasi, lub parenxi-
masi, yog‘och parenximasi, xlorenxima, so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va 
aerenximalar kiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 


 36
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 37
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10-rasm:Apical meristema osish konusi yuqorogi boshlangich  
Hosil qiluvchi tokima: A- kurtakning uzunasiga kesimi 
Б-osish konusi 
B-meristema hujairalari 
Г-shakillangan hujayra 
1-osish konusi,2- boshlangich barg,3-qultiq kurtaklar 
 
 


 38
 
 
 
 
 
 
 
11-rasm Barg epidermasi 
A-gulsapsar epidermasining kondalang kesigi 
Б-makkajohori epidermasining kondalang kesigi 
1-ogizcha hujayrasi 2- yon epiderma hujayralar 
3-teshikcha, 4-havo saglovchi boshiq 
 
 
 
 
 
 
 
 


 39
 
 
 
12-rasm:Periderma-ikkilamchi qoplovchi tukima(marjon darxt-buzina) 
A-chechevichka,yasmiqcha B-peridermaning tuzilishi:1-pukak-filema, 
2-fellogen,3-felloderma, 4-epiderma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 40
 
 
 
 
 
 
13-rasm Tutda pustloqning ikkilamchi tuqimasi 
1-pukak, 2-pustloq parenximasi,3-toshli hujayra,4-lub tolasi,5-druzlar 
 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 


 41
1. Epidermisning tuzilishi qanday? 
2. Og‘izchaning tuzilishi va vazifasini tushuntirib bering? 
3. Periderma nima? 
4. Ikkilamchi qoplag‘ich to‘qima qanday tuzilgan? 
5. Yasmiqcha nima? 
6. Ko‘chma qobiq qanday hosil bo‘ladi va qanday o‘simliklarda uchraydi? 
7. Fellogen va fellodermaning bir-biridan farqi nimada?  
8. Asosiy to‘qima qanday vazifani bajaradi? 
 
7-MAVZU: MЕXANIK, O‘TKAZUVShI TO‘QIMALAR VA O‘TKAZUVShI 
BOG‘LAM TIPLARI VA TUZILIShI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: mexanik, o‘tkazuvchi to‘qima xillari, ularn-
ing vazifalari, organlarda uchrash joylarini tajribalar orqali aniqlab o‘rgatish. 
O‘tkazuvchi bog‘lam tiplari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qilish. Makka-
jo‘xori va qovoq poyasidagi o‘tkazuvchi bog‘lamlarni farqlarini o‘rgatish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, mak-
kajo‘xori, qovoq poyasi, kesib tayyorlangan preparatlar, floroglyutsin va xlorid 
kislota eritmasi  
MЕXANIK TO‘QIMA 
Umumiy tushuncha: Mexanik to‘qima o‘simlik organlarini tik tutib turi-
shda, shamol, yomg‘ir, qor kabi tabiatning kuchli hodisalariga bardosh berishida 
asosiy rol' o‘ynaydi. Mexanik to‘qima hujayralari mustahkam bo‘lishiga sabab, hu-
jayrasi  po‘sti qalin bo‘ladi. O‘simlikning bo‘yiga o‘sadigan a'zolarida (poya, ild-
izlarda) mexanik to‘qima hujayrasi odatda prozenximali, bo‘yiga va eniga bir 
tekisda o‘sadigan organlarda hujayra ko‘pincha parenximali bo‘ladi. Mexanik 
to‘qimalarning 3 xil tipi mavjud. Kollenxima, sklerenxima va sklereid- toshsimon 
hujayralar. 
Kollenxima tirik hujayralardan iborat bo‘lib, hujayra po‘sti tsellyulozali 
bo‘ladi. Kollenxima asosan epiderma ostida joylashgan birlamchi po‘stloqning 
parenxima hujayralaridan vujudga keladi. Hujayralar bo‘yiga cho‘zilib, faqat 
burchakli qalinlashgan bo‘lsa burchakli kollenxima deyiladi. Hujayralarning 
oldingi va keyingi devorlari qalinlashgan bo‘lsa, plastinkasimon kollenxima 
deyiladi. Kollenxima hujayralarining kattaligi 2 mm. gacha boradi. Labguldoshlar, 
soyabonguldoshlar, qovoqguldoshlar oilalarining poya qirralari kollenxima hujay-
ralari bilan to‘la bo‘ladi. Kollenxima po‘stiga xlor tsink-yod eritmasi ta'sir ettirilsa 
moviy tusga kiradi. Bu esa hujayra po‘sti tsellyulozadan iboratligidan dalolat be-
radi. 
ISh TARTIBI: Qovoq poyasi ko‘p qirrali bo‘ladi, uni o‘rganish uchun po-
yadan ko‘ndalangiga bir nechta yupqa kesma tayyorlanadi. Bu kesmalardan eng 
yupqasi olinib, buyum oynasidagi suv tomchisiga joylanadi, usti qoplag‘ich oyna 
bilan yopilib mikroskopda tekshiriladi. Bunda epiderma to‘qimalari ostida 
yorug‘lik nurini kuchli ravishda singdiruvchi kollenxima hujayralarini ko‘rish 
mumkin. Mikrospok okulyarida yulduzsimon yaltirab ko‘rinadigan, hujayralar kol-
lenxima hujayrasidir. Burchakli kollenxima qovoq poyasi qirrasida yaxshi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə