Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "teleradioeshittirish"


Kitob faqat to’g’ri yoki noto’g’ri narsalar to’g’risidami?



Yüklə 18,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü18,66 Kb.
#162064
1   2
Davlat

Kitob faqat to’g’ri yoki noto’g’ri narsalar to’g’risidami?
Ko’pchiligimiz o’qishni aynan maktab davrida o’rganganmiz, va bu o’qish ikki xil
maqsadda bo’lgan: eslab qolish (yodlash) yoki tanqid qilish (kritika) — ikkisiham
olingan ma’lumotlarni to’g’ri yoki noto’g’riga ajratish maqsadida bo’lgan.
O’z o’quv kitobimizni yodlashimizdan maqsad, testlardan a’lo baholar bilan o’tish
bo’lgan. So’zma-so’z yodlamagan bo’lsakda, maqsad, yana, biror-bir mavzu borasidagi
ma’lumotlarni eslab qolish bo’lgan, nima uchun? Yana o’sha imtihon uchun. Imtihonda
tushmaydimi? Ha bo’ldi, demak o’qish shart emas!
Xuddi shunday, aytaylik biror bir adabiy yoki tarixiy hodisalarni tanqid qilmoqchi
bo’lganimizda ham, u yerdagi holatlarni yaxshi va yomonga ajratish maqsadida o’qigan
bo’lishimiz mumkin, va buni a’lo darajada ijro etish uchun biz oldindan belgilangan
normalar va dogmalarga tayanishimiz kerak edi, yana, baland baho uchun.
Bu narsalar maktablarda ish beradi, va u joylar o’z yo’llarida o’qitishda davom
etaveradilar. Afsuski, haqiqiy hayotda esa, bunday fikrlash bizni ilmimizni
oshirishimizni qiyinlashtirib qo’yishi mumkin.
Bunday odamlarni ko’p ko’rganman, ko’rgansiz, ular yuqorida aytib o’tilgan o’qish
usuliga berilib (muvaffaqiyatsizlikka uchrab), va oxir oqibat o’zlarini hech narsani eslab
qololmaydigan odamdek, xuddi vaqtlarini behuda sarflayotgandek his qilishadi, va bu
narsa ularni o’qishda davomiy bo’lishdan to’sadi.
Yana shunaqangi odamlarni bilamanki (bunday odamlar internetda, ayniqsa, ko’p) har
qanday ma’lumotga tanqidiy nuqtai nazar bilan qarashadi. Ular kichik xatolarni va
“noto’g’ri” narsalarni topishga shunaqangi berilib ketganki, ular doimiy ravishda keng
darajada tushunish va masalani shu yosinda tahlil qilishdan quruq qolishadi. Ular


o’zlari biladigan narsalarga zid bo’lgan har qanday fikrga qarshi chiqishadi, va o’sha oq-
qora yozuvlar orqasida berkingan katta bir fikrni o’tkazib yuborishadi.
To’g’ri, o’qiyotgan narsangizni esda saqlash uchun uni diqqat markazida ushlash va
o’qiyotgan ma’lumotingiz faktlarga asoslangan holda noto’g’riligini aniqlashigniz uchun
ma’lum bir filtrga ega bo’lishingiz yuqori ahamiyatga ega narsalardir.
Ya’ni, siz ma’lumotlarni faqatgina nima to’g’ri-yu, nima noto’g’riligini bilish maqsadida
o’qisangiz, siz o’zingiz kitobdan olishingiz mumkin bo’lgan foydani cheklab
qo’ymoqdasiz. Siz ko’plab o’lchamlarga ega bo’lgan tajribani faqat ikki bo’lakka ajratib
qo’ygan bo’lasiz.
Har qanday ko’p kitob o’qiydigan odamga ayon bo’lganidek, agar siz 100% to’g’ri deb
topadigan, yoki to’liq yodlashga munosib kitoblarni o’qimoqchi bo’lsangiz, siz umuman
o’qimasligingizga to’g’ri keladi, chunki o’qish uyoqda tursin, bunday kitobni o’zini topib
bo’lmaydi (Qur’on bundan mustasno).
Kitob o’qish faqatgina tafsilotdan-tafsilotga, fikrdan-fikrga sakrash emas, bu ularni
shunchaki kuzatish ham demakdir.




Document Outline

  • Kitob faqat to’g’ri yoki noto’g’ri narsalar to’g’r

Yüklə 18,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə