Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "teleradioeshittirish"



Yüklə 18,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü18,66 Kb.
#162064
  1   2
Davlat



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
“TELERADIOESHITTIRISH” yo’nalishi
81221 guruh talabasi
Ubaydullayev Davlatning
“Psixologiya. Pedagogika”
fanidan
tayyorlagan
Mustaqil ish
O’qituvchi:
Salixova Muxayyo
Toshkent – 2023


Telepatiya nima?
O’qish bu telepatiya, kitob esa eng kuchli ixtiro qilingan texnologiya.Homer, Shekspir,
Tolstoy, Navoiy, Heminguey — bular jismsiz tirik ismlardir. Biz ular bilan so’zlasha
olmaymiz, ushlab ko’ra olmaymiz, lekin ularning fikrlari yozilgan so’zlari bilan boqiydir.
Aristotelning mantig’i, Kepler astronomiyasi, Nyuton fizikasi, Xorazmiy algebrasi —
bular ixtirochilarisiz tirik xotiralardir. Sababchi insonlar o’z fikrlari bilan hozir chiqa
olmas, lekin biz ular to’g’risida hozirgacha gapirib kelamiz.
Kitoblarsiz, insoniyat zamon va makon to’siqlarini yorib chiqa olmagan bo’lar edi. Har
bir kelgan yangi avlod tayyor tarixiy ilmlardan saboq olmasdan, o’zlari yana bir-bor
hamma xatolarni qaytarib, qaytadan o’rganishiga to’g’ri kelgan bo’lar edi; ilm olish
xuddi asimptot kabi hech qachon rivojlanishga yetarli bo’lmagan bo’lar edi.
Hozirgi zamonda biz ko’rib turgan va qiymatga ega bo’lgan har-bir narsaning asosi
yozish kashfiyotiga borib taqaladi. Insoniyat erishgan har qanday katta yutuqning asosi
esa, o’qishga borib taqaladi, ha o’qishga, kitob o’qishga.
Xatto, individual ravishda ham, bizni o’rab turgan dunyo haqida o’rganishning eng
samarali yo’li, bu tarixdan yetib kelgan ilmlarni o’rganishdir. Biror-bir sohani yaxshilab
o’rganish uchun siz har qanday nazariyani o’rganib va amaliyotlarni bajarib, juda ham
ko’p vaqt sarflashingiz shart emas, o’rniga shu sohada katta yutuqlarga erishgan
insonning kitobini qunt bilan o’qisangiz bas.
Bundan tashqari, o’qish bu o’sishni his qilish, bu ilhom manbai, va o’zimizdan bir necha
bor ilmliroq inson bilan aloqa vositasidir. Biz kimga aylanishimiz vaqtimizni nimalarga
sarflashimiz, va nimalarni o’rganishimzga bog’liqdir. Shuning uchun ham, dunyoga
qanday nazar solishimiz, nimalar o’qishimiz bilan chambarschas bog’liqdir.
Ammo, o’qish deganda har bir yozilgan so’zni miya orqali qaytarib chiqishgina
tushunilmaydi. Bu bizning butun fikr doiramizga ham bog’liq narsadir. Qanday


o’qishingiz, undan qanday foydalar olishingizni belgilab beradi. Fikrlash esa unda
nimalarga e’tibor berishingiz va rivojlanish yo’lingizni aniqlab beradi…
Afsuski, aynan fikrlash masalasi o’qish paytida eng ko’p unutiladigan narsadir.

Yüklə 18,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə