Toshkent amaliy fanlar universiteti pedagogika fakulteti


Arifmetik amallarni o’rgatishdako’p xonali sonlar ichida amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 49,33 Kb.
səhifə4/9
tarix29.11.2023
ölçüsü49,33 Kb.
#142445
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KO’P XONALI SONLAR ICHIDA ARIFMETIK AMALLARNI BAJARISH9r55

3Arifmetik amallarni o’rgatishdako’p xonali sonlar ichida amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir ‘edagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishishartdebhisoblaydi.U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi.Ularsizpedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi.Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Texnologiya tushunchasi60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevro’ada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liqravishda kirib keldi.B.Blui, J.Koroll, ‘.Y.Gal’erin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur.O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.’.Bes’alko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog vadidaktikachilarga taalluqlidir.
Alohida qayd etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy –g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.Yuqorida qayd etilgandek,pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko’rib turibmiz.
So’nggi o’n besh yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya” , “zamonaviypedagogik texnologiya”, “o’qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo’llanmoqda.Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondashuv u qadar to’g’ri emas, hamda bu borada yagona to’xtamga kelish muhimdir.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ta’limjarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi G’arbiy Yevropa hamda AQSH da yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda“pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog’liq ravishda yuzaga keluvchi “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo’q.
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmatqiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi.Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini yaxshilab,uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi ( shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o’qitilib kelinayotgan “pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat –ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda “pedagogik texnologiya” hamda “metodika” tushunchalarining tavsifi, o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.
T.N.Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rifberar ekan, uni o’qitish jarayoniga nisbatan to’shiriqli yondoshuv, L.V. Zankov, T.Y.Gal’erin, V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selenko hamda boshqa mualliflar esa mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar. ‘.Mitchelning nuqtai nazariga ko’ra pedagogik texnologiya barcha jihatlariga ko’ra o’ziga xos va samarali natijalarni qo’lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog’liq holda ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotning muayyan tarmog’idir. S.K.Islamgulova esa quyidagi qarashni ilgari suradi: texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli bo’lib, u avvaldan belgilangan muayyan qoida va talablarga javob beradi.Quyida ayrim tadqiqotchilarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga bergan ta’riflarini keltiraman( 4) jadval)
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi“ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengdir.
Ta’lim metodi –o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv ‘redmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod,qoida va usullari tizimini tavsiflaydi.
Ta’limtexnologiyasi –ta’limmaqsadigaerishish jarayonining umumiy mazmuni,ya’ni,avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma –bosqich amalga oshirish,aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod,usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi –o’quvchi shaxsinirivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan :
pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.



Yüklə 49,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə