Topshirdi: Akromxo’jayev a tekshirdi: Yorqulov. H terrorizm tushunchasi,shakllari,sabablari va unga qarshi kurashish mexanizmlari. Reja



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#115585
  1   2   3
Akromxo\'jayev 122651

Falsafafanidan Prezentatsiya Mavzu:Terrorizm tushunchasi,shakllari,sabablari va unga qarshi kurashish mexanizmlari. Topshirdi: Akromxo’jayev A Tekshirdi: Yorqulov. H


Terrorizm tushunchasi,shakllari,sabablari va unga qarshi kurashish mexanizmlari.
Reja:
1.Terrorizm haqida tushuncha.
2.Terrorizm shakllari va uni kelib chiqish sabablari.
3.Terrorizmga qarshi kurashish.

Terrorizm haqida tushuncha.


Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olishqotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. 
 Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatishaeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi.
Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydielektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə