Topshirdi: Akromxo’jayev a tekshirdi: Yorqulov. H terrorizm tushunchasi,shakllari,sabablari va unga qarshi kurashish mexanizmlari. Reja


Terrorizm shakllari va uning kelib chiqish sabablari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə2/3
tarix05.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#115585
1   2   3
Akromxo\'jayev 122651

Terrorizm shakllari va uning kelib chiqish sabablari.


Diniy ekstremistik oqimlar va ularning gʻoyalari. Terrorizm tahdidi.
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi.Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʻravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʻrlik yoʻli bilan hal qilishga intilishda koʻrinadi.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Mutaassiblik muayyan gʻoyalarning toʻgʻri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “oʻzgalar” va “oʻzgacha” qarash va gʻoyalarga murosasiz munosabatda boʻlish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon boʻladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yoʻnalishlar orasida keskin nizo va toʻqnashuvlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan.Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati oʻz nomini muqaddas islom dini bilan bogʻlashga urinadi. Ular oʻzlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.
“Islom” soʻzining lugʻaviy maʼnolaridan biri “tinchlik” boʻlib, u hech qachon buzgʻunchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzgʻunchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni oʻzlarining maslaklariga aylantirib olganlar.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə