Tizimini tatbiq etish va rivojlantirish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix30.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#114248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 Akramova (2)

 
Abstract 
This article analyzes the implementation of a corporate governance system in joint-stock companies 
and limited liability companiesof Uzbekistan, an analysis of current corporate governance in 
accordance with global principles of corporate governance and diversification of the national 
corporate governance system in the context of economic diversification, as well as the development 
of recommendations and proposals on corporate governance in activities of joint stock companies. 
Keywords.
joint stock company, limited liability company, principles, diversification, corporate 
code, strategic management. 
 
Kirish 
Hozirgi vaqtda jahon miqyosida korporativ boshqaruv sohasida jadal rivojlanish 
kuzatilmoqda. 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlardan 
ko’zlanayotgan asosiy maqsad mulkiy xilma-xillik asosida iqtisodiy faoliyatni yanada 
jadallashtirish, mulklarni davlat tasarrufidan chiqarib, nodavlat sektorga o’tkazish va shu 
orqali turli o’z-o’zini boshqaruvchi xususiy iqtisodiy xo’jalik birliklarini vujudga keltirish 
3/2022, 
may-iyun
(№ 00059)


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
 
84
 
ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday 
iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan davlat tasarrufidan chiqarilgan mulklarni 
samarali tarzda qayta harakatga keltirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalarni 
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, ayniqsa, kichik hamda xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishga bog’liqdir. Shu asosda davlat tasarrufidagi aksariyat korxona va tashkilotlarni 
aksionerlik jamiyatlariga aylantirish orqali iqtisodiyotning korporativ boshqariluvchi 
bo’g’inlarini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Buning samarasi esa iqtisodiyotni liberallashtirish, tarmoqlarda boshqaruvning bozor 
tamoyillarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida ko‘rilayotgan 
chora-tadbirlar misolida ko‘zga yaqqol tashlanyapti. Vaholanki, pandemiya keltirib chiqargan 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan, bozorlarda talab keskin 
kamayib, konʼyunkturaning beqarorligi, investitsiya faolligining susayishi kabi omillar 
ko‘pgina davlatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan bir paytda yurtimizda bunday 
ijobiy o‘zgarishlarga erishilayotgani quvonarlidir.
Darhaqiqat, keyingi yillarda iqtisodiyotning mutlaqo yangi tarmoqlariga asos solish, 
ayniqsa, ularni boshqarish uslublarini zamonaviylashtirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 
Aktsiyadorlik jamiyatlarini rivojlantirish strategiyasi va samarali boshqarish borasida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi muhimdir. [1] Davlatimiz rahbari majlisda ana shu 
haqda to‘xtalib, korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan 
o‘zgartirishimiz uning haqiqiy bozor munosabatlariga mos kelishini taʼminlash hamda 
konservativ qarashlardan voz kechishda katta hissa bo‘lganligini, lekin butun dunyoda 
aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ishni korporativ tarzda boshqarish asosiy usul, deb 
topilgan bir paytda bizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarli emasligiga, hali 
oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham talaygina ekanligiga alohida urgʼu berdi. 
Korporativ usul bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim sharti ekanligi, bu borada rivojlangan 
davlatlar tajribasini o‘rganish hayotiy zaruratligi, ayniqsa, sohaga puxta bilimga ega bo‘lgan 
zamonaviy menejment hamda marketing usullarini amalda qo‘llay oladigan yosh 
mutaxassislarni jalb etish masalalari dolzarb ekanligi aytib o‘tildi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə