Tilshunoslik va tabiiy fanlarning o`zaro ta`siri. Fanlarning o`zaro bog`liqligi. Reja Tilshunoslikni tabiiy fanlar bilan bog’liqligi

Yüklə 6,68 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü6,68 Kb.
#165123
  1   2
Tilshunoslik va tabiiy fanlar-fayllar.org (1)

Tilshunoslik va tabiiy fanlar

Tilshunoslik va tabiiy fanlarning o`zaro ta`siri. Fanlarning o`zaro bog`liqligi.

Reja

1. Tilshunoslikni tabiiy fanlar bilan bog’liqligi.

2. Tilshunoslik va antropologiya

3. Fanlarning o`zaro bog`liqligi.

4. Xulosa

Tilshunoslik

Biologiya
Fizika
Kimyo
Geografiya
Geologiya
Tibbiyot

Tilshunoslik tabiiy fanlardan biologiya, fizika, kimyo, geografiya, geologiya, tibbiyot kabilar bilan qaysidir jihatlari yuzasidan bog'langandir. Biz tilshunoslikni tabiiy faniar sirasiga kiruvchi inson fiziologiyasi va antropologiyasi fanlari bilan aloqalarini ko'rib o'tamiz. Tilshunoslik uchun eng muhim jihat reflektor holatdagi inson nutqi faoliyati nazariyasi bo'lib, uning asoschilari I.M.Sechenov hamda I.P.Pavlovdir. Inson ko'rish, eshitish, sezish orqali dunyoni idrok etadi, o'z hayotiy faoliyati davomida ana shu fiziologik holatlar - signallar sistemasi orqali voqeliklarni anglaydi, tafakkuri orqali ularning analiz sintezini amalga oshiradi. Bularning barcha­sida fiziologik asoslar yetakchilik qiladi. Fonetikaning anatomik-fiziologik aspekti fonetik birliklarning biologik asosini - inson organizmidagi ayrim a'zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o'rganadi. Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlari bo'lishi mumkin: 1) nutq a'zolarining anatomiyasi; 2) nutq a'zolarinim fiziologiyasi; 3) nutq a'zolarining ijro kechimi

Nutq tovushlarining biologik asosi

Nutq a'zolarining anatomiyasi
Nutq a'zolarinim fiziologiyasi
Nutq a'zolarining ijro kechimi
Tilshunoslar va antropologlarning o'zaro qiziqish xususiyayatlari ikki holatda to'qnashadi: birinchidan, tillarni tasniflashda, ikkinchidan, nutqning kelib chiqishi masalalarini o'rganishda. Qolaversa, inson nutqiga oid jihatlar bevosita fizikaning tadqiqot obyekti sanalgan akustikaga bog'lab o'rganiladi. Chunki fizikaning akustika bo'limi bilan tilshunoslikning fonetika bo'limi o'zaro bog'liqdir.

  • Ma'lumki, akustika har qanday tovushning eshitish bilan aloqador xususiyatlarini o'rganadi. Tilning tovush tomoni murakkab jarayon bo'lib, uning fizik-akustik tabiati, biologik asos (nutq a'zolarining harakati), talaffuz etilishi va eshitilishi kabi xossalari bor. Tovushning sifat belgilari sanalgan tovush balandligi, tovush kuchi tovush tembri, shuningdek, tovushning miqdor belgisi ko'rsatkichi bo’lgan tovush cho'ziqligi tilning fonetik birliklarining fizik tabiati hisoblanadi. Shu bilan birga, har qanday tovushning paydo bo'lish o'rnini, lab va burunning ishtirokini aniqlash uchun fizik asboblardan foydalaniladi.

  • Fizikadagi magnit maydon, atomning tuzilishi singari masalalar tilshunoslikdagi leksik-semantik maydon, eng kichik til birliklarining bo'linuvchanlig singari nazariyalarning kelib chiqishiga zamin yaratdi. Bularning barchasi tilshunoslik bilan fizika fanining uzviy aloqador ekanligini ko'rsatadi.

Yüklə 6,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə