Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə30/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №14 (2 soat)
MAVZU: TIKUV ISHLAB CHIQARISH OQIMINI TASHKILIY-TEXNOLOGIK TIZIMINI ISHLAB CHIQISH.
Reja:

  1. Mehnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash.

  2. Tashish vositalari klassifikatsiyasi.

Oqimning tashkiliy-texnologik tuzilmasi deb uning bo‘linishiga, ishchi o‘rinlarini muayyan joylashtirilishi oldindan belgilangan va yarim fabrikatning xarakatlanishi uchun transport vositalari ko‘rsatilgan, mustaqil texnologik ixtisoslashtirilgan ( TIU) va detallar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan uchastkalarga ( DIU), shuningdek tashkiliy-texnolgik modullarga ( TTM) aytiladi.


Oqimning tashkiliy-texnologik tuzilmasini shakllantirish oqim turini, uning ishlash shartlari va ishchi o‘rinlarini joylashtirish usullarini qat`iy aniqlab beradi.
O‘rta va kata quvvatli oqimlarida detallarni tayyorlash, buyumni yig‘ish va parzozlash uchastkalari (sektsiyalari) ajratiladi. Ular texnologik ixtisoslashtirilgan uchastkalari deyiladi ( TIU). Oqimni TIUga ajratish zaruriyati ularga xizmat ko‘rsatishning mavjud me`yorlari tufayli kelib chiqqan bo‘lib, ular sanoatda brigadir boshchiligidagi 10-15 kishini tashkil etadi. TIUni ajratish masalasini xal qilish oqimning tayyorlov, yig‘uv va pardozlash chegaralari xaqidagi ma`lumot asosida amalga oshiriladi. Oqimni texnologik belgi bo‘yicha bo‘lish chegaralarini o‘rnatib, ko‘rsatilgan chegaralarida ishchilar soni xisoblanadi va uni boshqarishning yuqorida keltirilgan me`yorlari bilan taqqoslab, TIUning ajralish zaruriyati aniqlanadi.
Agar TIUda ishchilar soni boshqaruvning me`yor chegaralaridan oshib ketsa, TIU 2,3... va x.k. ixtisoslashtirilgan uchastkalarga bo‘linadi. Shu tariqa oqim 2-3 tayyorlash sektsiyalari, 2-3 iyg‘ish (montaj) sektsiyalari va x.k.larga ega bo‘lishi mumkin.
Agar TIUda ishchilar soni boshqaruv me`yorlarining eng pastki chegarasidan kam bo‘lsa, bunday operatsiyalar guruxini enma en turgan boshqa operatsiyalar guruxi bilan birlashtirish masalasi ko‘riladi. Masalan, tayyorlov-montaj sektsiyasi yoki montaj- pardozlash sektsiyasining xosil bo‘lishi.
Oqimning detalga ishlov berish ixtisoslashtirilgan uchastkalarini ( DIU) shakllantirish oqim operatsiyalariga parallel ishlov berish mavjudligida amalga oshiriladi. DIUri oqimda bir nechta bo‘lib, ular faqat tayyorlash sektsiyasida ajratiladi. DIU da eng kam 3 ta ishchi bo‘lishi mumkin. Agar bu talab bajarilmasa, bunday operatsiyalar guruxini boshqa DIU bilan birlashtirish masalasi ko‘riladi.
Tashkiliy-texnologik modullar ( TTM) oqimlarda ajratilgan TIU va DIU larda shakillantiriladi qachonki, tashkiliy texnologik operatsiyalarda ishchilarni karraligi va ularga mos ish o‘rinlarini joylashtirilishi mexnat predmetlarini ish joydan keyingi ish joyga beto‘xtov o‘tishini ta`minlab berolmasa. Bu xolatda o‘zaro bog‘langan tashkiliy operatsiyalarini zanjiri uziladi va TIU va DIU bir nechta TTMlarga ajraladi. TTM da mexnat predmetlari faqat qo‘lda suriladigan tashish vositalari qo‘llaniladi.
Shunday qilib, tashkiliy- texnologik tuzilmasida tashkiliy-texnologik modullar( TTM) tashkiliy operatsiyalar orasida qo‘lda suriladigan transport vositalarini qo‘llangan xolda xosil bo‘ladi. Agar mexnat predmetlari tashish uchun mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari qo‘llansa, TTM lar xosil bo‘lmaydi. Bunda oqim tuzilmasi faqat TIU va DIU dan iborat bo‘ladi. Ish o‘rinlari transport vositasi bo‘ylab o‘rnatiladi.
Shunday qilib, oqimning tashkiliy- texnologik tuzilmasini shakllantirish vaqtida transport vositasi avval DIU va TIU lar uchun, so‘ng umumiy oqim uchun tanlanadi. Transprot vositalarini tanlash oqim tuzilmasini ishlab chikish va ishchi o‘rinlarini joylashtirish tartibini aniqlab bo‘lgandan so‘ng amalga oshirishi maksadga muvofiq bo‘ladi.
Tanlangan transport vositasi ishlab chiqarish oqimining tizimini aniqlaydi.
Tanlangan transport vositasi nafaqat mexnat predmetlarini ish joydan ish joyga uzatishga xixmat qiladi, balki ishlab chiqarishni asosiy omili xisoblanib, tikuv buyumni ishlab chiqarish tsiklini qisqarishini ta`minlaydi.
Shuning uchun, ish joylar orasida mexnat predmetlarini tashish jaryonini tashkil qilish ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Bir tomondan- ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish shakli mexnat predmetlarini ish joydan keyingi ish joyga uzatish jarayonini tashkil qilishiga ta`sir etadi, ikkinchi tomondan- mexnat predmetlarini jarayon aro uzatishni tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilishga ta`sir etadi.
Transport vositalarini to‘g‘ri tanlash mexnat predmetlarini tashkiliy operatsiyalarni bajaradigan ishchilar orasida beto‘xtov va bir ma`romda uzatilishini ta`minlaydi.
Mexnat predmetlarin uzatish usuliga qarab ular: qo‘lda, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatizatsiyalashtirilgan va avtomatlashgan (robotlashtirlgan ) turlariga bo‘linadi. Umuman transport vositalari ko‘tarib tashidigan va tashidigan turlariga bo‘linadi. Tikuv tsexida tashidigan transpart vositalri ishlatiladi.
Mexnat predmetlarini tashish uchun qo‘llaniladigan transport vositalarini kuyidagicha klassifikatsiyalashtiriladi:


34- rasm. Tashish vositalari klassifikatsiyasi



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə