Tijorak banklaring tashkilik tarkibiy dasturlar tuzilishi. Reja. Kirish: Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi



Yüklə 82,27 Kb.
səhifə5/6
tarix26.04.2023
ölçüsü82,27 Kb.
#106986
1   2   3   4   5   6
Tijorak banklaring tashkilik tarkibiy dasturlar tuzilishi. (2)

Raqamli bank.
Raqamli bank 5— bu elektron aylanma modelidan foydalangan holda ishlaydigan filialsiz bank. Raqamli tarmoq raqamli bankning tayanchi boʻlib, call-markaz, internet-banking, mobil banking va filiallar qoʻyilgan poydevorga qoʻshimchalar xolos. Birinchi marta „raqamli bank” yoki neobank atamasi 2014-yilda AQShda nashr etilgan Kris Skinnerning „Digital bank“ kitobida batafsil tavsiflangan.
1989-yil oktabr oyida ish boshlagan First Direct (Buyuk Britaniya) filialsiz bank yaratishda birinchilardan boʻldi. Mijozlarga xizmat koʻrsatish bank tomonidan telefon orqali amalga oshirildi. Birinchi kun davomida bank 1000 ta qoʻngʻiroqlarni qabul qildi va 1995-yilga kelib First Direct portfelida 500 000 dan ortiq mijozlar bor edi.

Raqamli banklar tomonidan bank sektorini qamrab olishning hozirgi tendensiyasi.


2015-2020-yillar davomida Yevropada raqamli banking tez oʻsishi kuzatilmoqda. Garchi Amerika bank raqobatchilari sekinroq sur’atda paydo boʻlsa-da. Anʼanaviy AQSh banklari oʻnlab yillar davomida chakana bank xizmatlarida ustunlik qilmoqda. Biroq rivojlanayotgan raqobatchi banklar mijozlarga qulayroq va foydali xizmatlarni taqdim etish uchun raqamli texnologiyalardagi ilgʻor innovatsiyalardan foydalanadigan muqobil taklif qilmoqdalar. Raqamli banklar ilovalar yoki kompyuter orqali kirish mumkin boʻlgan toʻliq raqamli xizmatni taqdim etadi. Bu ularning jismoniy mas’ullari yoʻqligini anglatadi. Biroq 24/7 mavjudlik, mijozlarga samarali xizmat koʻrsatish, moliyani boshqarish va xavfsizlikni himoya qilishga yordam beradigan son-sanoqsiz xususiyatlar ushbu turdagi xizmat uchun jismoniy filiallarni talab qilmasligini anglatadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz toʻlov shakllari, banklarning raqamli xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yoʻnalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi.
Raqamli banking - banklarni va ularning barcha faoliyatlarini, dasturlarini va funktsiyalarini toʻliq raqamlashtirishni anglatadi. Bu nafaqat bank xizmatlari va mahsulotlarini raqamlashtirishga, balki mijozlar koʻrgan interfeysga, shuningdek, ichki jarayonlarni avtomatlashtirishga ham tegishli. Raqamli bank online, offline, mobil va Internet-bank platformasida amalga oshiriladigan bank munosabatlarining har bir qadamini avtomatlashtirishdir.
Raqamli xizmatlar koʻrsatish xarajatlarni ma’lum darajada kamaytirishga yordam beradi va oʻz navbatida raqamli xizmatlarni taqdim qilgan bank daromadga ham erishadi. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali mijozlarning afzalliklarini oʻrganish mijozlarning manfaatlariga muvofiq raqamli bank mahsulotini yaratish bankning raqobatbardoshligini oshiradi. Zero, bozorda bankning ulushi qanchalik katta boʻlsa, uning foydasini oshirish ehtimoli ham shunchalik yuqoridir. Bizning banklarimiz naqd pul muomalasi boʻyicha ishlagan va ishlamoqda, ammo hozir bu model elektron pul bilan ishlashga moslashtirilmoqda. Zamonaviy jamiyat raqamli makonda koʻproq vaqt sarflaydi va bu banklarning mijozlar bilan munosabatlarini va ularga xizmat koʻrsatish usullarini butunlay qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatadi. Aynan hozir Oʻzbekiston banklarida mijozlarga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarining bir necha turlari mavjud. Ular “Bank-Mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” va “WAP-banking” dir. Mijozlarga raqamli bank xizmatlarini koʻrsatish bank va uning mijozi oʻrtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib, pul mablagʻlarini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini ta’minlaydi. Raqamli bank xizmatlari asosan bankda ochilgan plastik kartalari bilan bogʻlangan. Koʻpchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda plastik karta savdo va xizmat koʻrsatishning ajralmas qismi hisoblanadi. Toʻlovlarni esa mobil ilovalar orqali masofadan turib toʻlash bugungi kunda aktual boʻlib bormoqda, shuningdek, daromadlar va xarajatlar monitoringini olib borish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda bank kartalari elektron bank tizimlarining asosiy elementi boʻlib, tobora odatdagi chek va pul mablagʻlarini oʻrnini egallab ulgirgan. Sanoat rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz toʻlov barcha pul operatsiyalari tarkibida 90% ga yetishini aytish kifoya. Xususan, Oʻzbekiston bozorida ham raqamli xizmatlardan foydalanish amaliyoti bir necha yillardan beri mavjud va uning afzalliklari aniq koʻrsatilgan. Raqamli banking - xavfsizligi yuqori ta’minlangan xizmat turi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, pul yoʻqotish xavfini kamaytirish, oʻgʻirlikning an’anaviy shakllari xavfini bartaraf etish, savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida xizmatlar olishda imtiyozlar, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda oʻz ifodasini topgan. Bank sektorining raqamli transformatsiyasi, birinchi navbatda, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan. Taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlarni raqamlashtirish raqamli bankingni shakllantirishga olib keladi - bu hisob va kartalarni masofadan boshqarish imkonini beruvchi veb-resurslar orqali mijozlar bilan axborot va operativ hamkorlik qilish usuli hisoblanadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda boshqaruv, yetakchilik va nazoratga yondashuvlarni takomillashtirish zarur. Raqamli transformatsiya yoʻlidagi toʻsiqlar qatorida bank sektori vakillari tashkilot ichidagi IT kompetensiyalarining past darajasini, axborot texnologiyalari infratuzilmasining eskirgan server tizimlarini va mehnat talab qiladigan jarayonlarni optimallashtirish vositalarining yoʻqligini ta’kidlamoqda. Bank xizmatlarini raqamlashtirish katta miqdordagi investitsiyalarni talab qiladi. Yirik banklar eng yaxshi IT-mutaxassislarni jalb qilish, ilgʻor texnologiyalarni sotib olish va amaliyotga qoʻllash imkoniyatiga ega, ammo, bu har doim kichik mintaqaviy bank tashkilotlariga mos kelmaydi. Bundan tashqari bankdagi raqamli biznes jarayonlariga oʻtish zamonaviy qurilmalardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan mijozlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Masalan, dunyodagi birinchi naqd pul yechish bankomatlari 1967 yilda tashkil etilgan, lekin bu qurilmalardan toʻliq foydalanish faqat 80-yillarda boshlangan. Xuddi shunday vaziyat AQSh da ham 1981-yilda onlayn banking amaliyotga joriy qilinganda roʻy bergan va bu onlayn xizmatlar faqatgina 20 yil keyin mashhur boʻlgan. Bugungi kunda moliaviy masalalar boʻyicha koʻpgina texnologiyalar naqd pul olish bankomatlari dasturidan ancha murakkabdir, shuning uchun banklar oddiy interfeyslarni va tushunarli koʻrsatmalarni yaratish haqida oʻylashlari kerak va mijozlarning yangi raqamli bank xizmatlariga koʻnikma hosil qilishlari uchun turli xildagi qoʻllanmalarni ishlab chiqish bank uchun maqsadga muvofiq boʻladi.

Raqamli bank va klassik bank oʻrtasidagi asosiy farqlar.Neobanklarni yaratuvchilar klassik bank tizimiga yaʼni chakana bankka qarshi chiqdilar. Neobankning mohiyati shundan iboratki, neobank oʻzining mobil ilovasi asosida yuqori texnologiyali IT infratuzilmasi bilan taʼminlangan bank operatsiyalarining yuqori texnologiyalari bilan ajralib turishi kerak. Aynan neobankning oʻziga xos yuqori texnologiyali IT infratuzilmasi innovatsion bank mahsulotlari va jarayonlarini yaratish, maʼlumotlar bazalarini integratsiyalash va boshqa xizmatlar bilan hamkorlik qilish uchun asos boʻlib, oʻzgarishlarga tez moslashish imkonini beradi. Agar bu boshlangʻich darajada koʻzda tutilmagan boʻlsa, unda bunday neobank maʼlum vaqtdan soʻng bozordan tezda chiqarib yuborilishning barcha xavf-xatarlariga ega boʻladi.


Asosiy farqlar quyidagicha:

  1. Bank filiallarining toʻliq yoʻqligi;

  2. 100 % „bank-mijoz” ning onlayn rejimida oʻzaro hamkorligi;

  3. Tezkor mijoz onboarding (taxminan 35 marta bosish);

  4. Sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay mobil ilova, — qulay UX/UI mobil ilovasi;

  5. Depozitlar va kreditlar boʻyicha bozorda mavjud boʻlganlarga nisbatan qulay shartlar;

  6. 24/7 rejimida tezkor, qulay, ishlaydigan aloqa markazi (xizmatni qoʻllab-quvvatlash).

O'zbekistondagi raqamli banklar.Hozirda O'zbekistonda uchta raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Bular: TBC Bank, Anorbank va Bank Apelsin. TBC Bank va Anorbank banklari 2020-yilning mos ravishda aprel va avgust oylarida, Bank Apelsin esa 2021-yilning noyabr oyida Markaziy Bank litsenziyasini olgan.




Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘na-lishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, to‘lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish istiqbollari bo‘yicha olib borgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha har bir tijorat banki o‘zining strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Mazkur yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga oshirish muddatlari, amalga oshirish uchun mas’ul boshqarma hamda loyihani ishga tushirish muddati kabilar keltirib o‘tilishi zarur. 2. Xozirgi kunda tijorat banklari tomonidan masofaviy tarzda ko‘rsatiladigan xizmat turlariga kommunal va boshqa to‘lovlar, kartadan-kartaga pul o‘tkazmalari, onlayn konversiya, onlayn omonat xizmatlari, shuningdek, ayrima banklarda chakana kreditlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, keyingi bosqichda ularning turini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalariga integarsiyalashuv orqali xorijga mablag‘larni jo‘natish va qabul qilish, plastik kartalar virtual emmisiyasi xizmatini kiritish kablar shular jumlasidandir. 3. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi mijozlarni identifikatsiya qilishga bo‘lgan zaruriyatni yuzaga chiqarishi tabiiy holat. Shuni inobatga olgan holda, barcha mobil-bank xizmatlariga mijozga xizmat ko‘ratishda xodimni identifikatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasidan integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Yüklə 82,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə