Tijorak banklaring tashkilik tarkibiy dasturlar tuzilishi. Reja. Kirish: Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi



Yüklə 82,27 Kb.
səhifə1/6
tarix26.04.2023
ölçüsü82,27 Kb.
#106986
  1   2   3   4   5   6
Tijorak banklaring tashkilik tarkibiy dasturlar tuzilishi. (2)


Tijorak banklaring tashkilik tarkibiy dasturlar tuzilishi.
Reja.
Kirish:
1.Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanishi
2 Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish.
3.Bank axborot tizimlari
4. Raqamli bank.
Xulosa.
Kirish.
Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo‘luvchi yangiliklarga boy bo‘lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda.
Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir. Endilikda an’anaviy bank xizmatlari o‘rnini to‘la egallayotgan zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari oshirilishiga xizmat qiladi.
Davlatimiz birinchi rahbari Islom Karimov Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganlaridek, — «Bugungi sharoitda, internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommuni-katsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda». 1O‘zbekiston bank tizimida izchil va aniq maqsadli islohotlar olib borilmoqda, chora-tadbirlar, bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir bir qator qarorlar qabulqilindi.

Yüklə 82,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə