Tibbiy etika va deontologiya asoslari


Hozirgi vaqtda yosh shifokorlar O‘zbekston shifokorlari qasamiyodini



Yüklə 421,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix29.09.2023
ölçüsü421,35 Kb.
#124792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
61-68

Hozirgi vaqtda yosh shifokorlar O‘zbekston shifokorlari qasamiyodini 
qabul qiladilar, bu qasamiyod qonun bilan mustahkamlangan. 
 O‘zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi 
SHifokor diplomini olayotgan shaxslar quyidagi mazmunda qasamyod qabul 
qiladi: Unda «SHifokor degan yuksak unvonni olib, tibbiyot faoliyatiga kirishar 
ekanman: 
o‘zimning bor bilim va mahoratimni bemorni davolashga hamda inson sog‘lig‘ini 
saqlashga bag‘ishlashga; 
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar, har bir bemorga kuch-g‘ayratim va vaqtimni ayamay tibbiy 
yordam ko‘rsatishga; 
bemorning sog‘lig‘ini shaxsiy manfaatlarimdan yuqori qo‘yishga, kamtar va halol 
bo‘lishga, o‘z bilim va mahoratimni doimo oshirib borishga; 
shifokor sirini saqlashga; 
kishilarga hamisha mehr-muruvvat va shifo topishlariga ishonch hadya etishga; 


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–32_Issue-2_Iyul_2023 
68 
Buqrot, Abu Ali ibn Sino singari ulug‘ tabiblarning shonli an’analarini davom 
ettirishga tantanali qasamyod qilaman. 
Ushbu qasamyodga umrimning oxirigacha sodiq qolishga qasamyod qilaman». 
SHifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka 
tortiladilar.” degan jumla bilan yakunlanadi.( O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolar
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida qonuni 29.08.1996 yildagi 265-I-son yakuniy 4- 
yakunlovchi bo‘lim, 44-modda) 
Tibbiyotning turli sohalarida bemorlar bilan muloqat(etika) va tibbiy 
burch(deonologiya)ning mohirlik(profitsional) darajada kutarish uchun alohida o‘ziga 
xos mezonlar ishlab chiqilgan. Bunda jarrohlik etika va deontologiyasi, terapevt yoki 
akusher-ginekolog etika va deontologiyasidan tubdan farq qiladi. 
Masalan jarrohlik deontologiyasiga rus shifokori N. N. Petrov asos solgan u 
o‘zining "Jarrohlik deontologiyasi masalalari" (1945) kitobida to‘liq bayon qilgan. 

Yüklə 421,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə