Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

“3x4” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi.Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki
o’quvchi) larni aniq bir
muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bo’lib fikrlab hal etish,echimini topish, ko’p
fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni ummlashtirish va ular asosida qo’yilgan
muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek,fikrlarni
ma’qullay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar bilan avval yakka
holda,so’ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi.
Texnoligiyaning maqsadi:
talaba (yoki o’quvchi)larning erkin, mustaqil va mantiqiy
fikrlashga,jamoat bo’lib ishlashga,intilishga;fikrlashni jamlab,ularni nazariy va amaliy tushuncha
hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga;qo’yilgan muammoni
yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini
qo’llay olish o’rganish.
Texnologiyaning qo’llanishi:
seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarida yakka
tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o’tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha
marotaba joylarini o’zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.
Akvarium
Ta’rifi.
5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar. Ular –
«baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar (yoki
turadilar). Ular – «baliq ovchilari».
Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama
qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan
biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar:
qo’shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi»
fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak. 
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar
joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab
o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir. 
Foydalanish doiralari
.
Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi. 


Afzalliklari. 
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi.
Muhokama jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi.
Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va
teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok etish
jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o’qituvchi
yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l
bermaydigan uslublarni bilishi lozim. 
Aniq nazorat bo’lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o’quvchilar
undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O’qituvchi
muammoni muhokama qilishga barcha o’quvchilarni jalb qilish usullarini o’ylab
chiqishi kerak.

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə