Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar


“Blis-so`rov” texnologiyasi



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

“Blis-so`rov” texnologiyasi.
Maqsadi: ushbu usul
orqali talabalarga tarqatilgan qog`ozlarda ko`rsatilgan
harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil
ravishda belgilash, kichik guruhlarda o`z fikrini
boshqalarga o`tkaza olish yoki o`z fikrida qolish,
boshqalar bilan hamfikr bo`la olish kabi ko`nikmalarni
shakllantirish.
Express-testlar
Express-testlar ma'lum tushunchalar ketma-ketligidan so'ng (1-2
mavzu) shu mavzularda o'quvchilarning o'rgangan bilimlarini nazorat qilish
va uni mustahkamlash uchun o'tkazish maqsadga muvofiq. Exspress-
testlar adatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg'ulot
topshiriqlardan yoki testlardan iborat bo'ladi. Exspress-testlarni darsnung
ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min) o'tkazish mumkin. Topshiriqlar ko'p
variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu testni o'tkazishdan asosiy
maqsad o'quvchilar DTS minimal talablarini o'zlashtirganliklari tezkor
ravishda aniqlab olishdan iborat.
O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash 
topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib, ular 
haqida ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar uchun 
foydadan holi bo‘lmaydi.
Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo’lishi mumkin:
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
2. Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltirilgan so‘zlardan 
mosini tanlang va tagiga chizing
3. To‘g‘ri javobni toping
4. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating
5. Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping
6. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni
tuzing 
7. Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra jumlani davom ettiring


8. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga 
tegishli ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
9. A ustunda berilgan atamaga B ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying 
10. Andazaga ko‘ra masala tuzing va uni yeching
11. Sonli yozma ish (diktant)
O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab 
chiqadi. So‘ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan 
ta’rifini ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu atama (tushuncha) qaysi
raqam ostida yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 
12, 4, 9, 8 ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .
12. Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə