Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo’nalishi magistranti Ko`chkinova Munisa Jo`rayevnaning “Surxondaryo viloyatida yengil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish.“ mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar



Yüklə 35 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü35 Kb.
#115994
Nafisa Ilmiy rahbar xulosasi


Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo’nalishi magistranti Ko`chkinova Munisa Jo`rayevnaning “Surxondaryo viloyatida yengil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish.“ mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar


XULOSASI
Ushbu tadqiqot ishida Surxondaryo viloyatining yengil va oziq-ovqat sanoatining shakllanishi va rivojlanishi shuningdek hududiy joylashish masalalari geografik jihatidan o`rganilgan. Unda yengil sanoatning vujudga kelishdagi omillarning hududiy xususiyatlari, xomashyo, mehnat resurslari kabilar atroflicha o`rganilgan. Oziq-ovqat sanoati ham yengil sanoatga bog`liq holda shakllanganligi bois ikki tarmoqni birgalikda tahlil etish mavzuning to`liq ochib berilishiga sababchi bo`lgan.Viloyatning geografik o`rni hamda tabiiy sharoiti bu tarmoqlar xomashyosini vujudga keltirgan bo`lsa ularni oqilona joylashtirish masalalari esa inson omili ta`sirida bo`lgan. Albatta bu kabi joylashtirishda iqtisodiy geografik tadqiqotlar muhim sanaladi. Ko`chkinova Munisa ana shunday dolzarb mavzu ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan va o’zining taklif va tavsiyalarini ishlab chiqqan.
Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, tadqiqot ishining obyekti va predmeti, ishni bajarish jarayonida qo’llanilgan usullar va boshqa shu kabi jihatlari atroflicha yoritilgan .
Tadqiqot ishining birinchi bobida yengil va oziq-ovqat sanoat mahsulotlari , ishlab chiqarish va uning hududiy jihatlari o`rganilgan hozirgi holatlari misollar asosida yoritilgan
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida esa Surxondaryo viloyati yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining hududiy xususiyatlari, viloyat yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi, mintaqa sanoatidagi tutgan o`rni haqida tariflar berilib, yo`qoridagilardan kelib chiqgan holda ushbu dissertatsiya yengil va oziq-ovqat sanoatini hududiy tashkil etish hamda ishlab chiqarishni joylashtirishni nazariy va amaliy masallari viloyat tumanlari darajasida tahlil qilingan.
Tizim-tarkib yondoshuvidan kelib chiqqan holda viloyat sanoatining tarmoqlari o`rganilgan, hamda hududiy tarkibidagi o`zgarishlar geografik jihatlari tahlil qilingan. Ushbu mavzu ustida tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida mavzuga oid ko’plab ilmiy ishlardan, ilmiy adabiyotlardan O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasidan olingan ma`lumotlarni tahlil qilish natijasida amalga oshirilgan. Bir qancha jadvallar berib ularning tahlilini qilgan. Surxondaryo viloyati yengil va oziq-ovqat sanoati kartalari ishlab chiqilgan.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi dissertant tomonidan mustaqil bajarilgan ish bo’lib, magistrlik dissertatsiyalariga qo’yilgan talablarga javob beradi va men ilmiy rahbar sifatida ushbu magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga tavsiya qilaman .


Ilmiy rahbar: g.f.n. dots. Yakubov.O`.Sh.
Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə