Termiz davlat pedagogika instituti: 70110102 “Pedagogika va Psixologiya” yo’nalishi magistranti Xurramova Mahfuza Anvarovnaning “Ta’im mazmununi shakllantirishda germenevtik yondashuv” mavzusida tayyorlagan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar xulosas



Yüklə 36,5 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#117916
2 5188148428588198662


Termiz davlat pedagogika instituti: 70110102 “Pedagogika va Psixologiya” yo’nalishi magistranti Xurramova Mahfuza Anvarovnaning “Ta’im mazmununi shakllantirishda germenevtik yondashuv” mavzusida tayyorlagan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar

X U L O S A S I
Jahonda intellektual salohiyatli, kasbiy yetuk hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Taʼlim muammolari boʻyicha butunjahon Forumida qabul qilingan 2030-yilgacha moʻljallangan konsepsiyada “...Barcha uchun butun hayoti davomida sifatli taʼlim olishga imkoniyat yaratish...” ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi ta’lim mazmunini shakllantirishda germenevtik yondashuvning nazariy- ijodiy kompetentligini rivojlantirish va uni amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan integratsion tizimning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishni taqozo qiladi. Shu tufayli germenevtik yondashuvning nazariy pedagogik asoslarini rivojlantirishda yangi ta’lim texnologiyalari, innovatsiyalar va zamonaviy tashkiliy tuzilmalarning birligi taminlanadi.
Jahon ta’lim tizimida germenevtik yondashuvning asosiy bosqichi sifatida ko‘rilayotgan ijodiy kompetentlikni rivojlantirish asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik mahoratini oshirish, intellektual ijodiy kompetentligini takomillashtirish bo ‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ijodiy kompetentlikni rivojlantirishda ta’lim muassasalarida ijodiy yondashuvdan foydalanish, ijodkorlik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minotini yaratish, germenevtik metadologiyaning talablarini inobatga olgan holda kasbiy va shaxsiy sifatlarni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish masalalarining ilmiy yechimi bilan bevosita bog‘liqdir.
Magistrant Xurramova Mahfuza Anvarovnaning “Ta’lim mazmununi shakllantirishda germenevtik yondashuv” mavzusidagi 70110102 “ Pedagogika va Psixologiya magistratura mutaxassisisligi olib borgan tadqiqot ishi bevosita yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoga bag‘ishlanganligi bilan e’tiborga loyiqdir.
Dissertatsiya magistrlik dissertatsiyasi talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, aniq reja asosida bajarilgan.

Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot uchun tanlangan muammoning dolzarbligi asoslangan, tarixiy va pedagogik manbalar hamda bu yonalishda olib borilgan tadqiqotlar asosida muammoning o‘rganilganlik darajasi tavsiflangan; tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obekti, predmeti va ilmiy farazi, qo‘llanilgan metodlar belgilangan; tadqiqotning samaradorligini yorituvchi tavsifiy malumotlar yordamida ishning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, himoyaga olib chiqilayotgan holatlar, natijalarning sinovdan o‘tganligi hamda elon qilinganligi o‘z aksini topgan.


Dissertatsiyaning birinchi bobi “Ta`lim mazmunini shakllantirishda germenevtik yondashuvning nazariy pedagogik asoslari” deb nomlangan bolib, unda Germenetikaning tarixiy kelib chiqishi va rivojlanishi haqida soz boradi.


Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Ta`lim mazmunini shakllantirishda germenevtik yondashuvning konseptual asoslari” deb nomlanib, unda Germenetik yondoshuvning tashkil etishning shakl va metodlari hamda didaktik taminoti yoritilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi Ta`lim mazmunini shakllantirishda germenevtik yondashuvga qaratilgan tajriba sinov natijalari samaradorligi deb nomlanadi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va mazmuni, tajriba-sinov ishlarining natijalari va uning samaradorlik darajasi haqidagi materiallar bayon etildi. Tadqiqotning natijalari ilmiy tahlil etilgan.
Umumiy xulosalari va berilayotgan tavsiyalari tadqiqot ishining belgilangan vazifalariga muvofiq bo‘lib, dissertasiya tadqiqoti yakunlangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati talab darajasida rasmiylashtirilgan.
Magistrant tomonidan tadqiqot dasturida belgilangan vazifalar еtarli darajada tadqiq etilgan. Ish yakunlangan.
Ammo ishda еtarli darajada kamchiliklar mavjud:

  1. Dissertatsiya matni to‘liq tahrirga muxtoj.

  2. Tavsiyalarni yana takroran qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.

Mazkur kamchiliklar dissertatsiya ishini himoyaga olib chiqishga monelik qilmaydi.
Magistrant Xurramova Mahfuza tomonidan yozilgan “Ta’lim mazmununi shakllantirishda germenevtik yondashuv" mavzusidagi dissertatsiya tadqiqot ishi yakunlangan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablariga to‘la javob beradi deb hisoblayman va mazkur dissertatsiya ishini himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
Termiz davlat universiteti
Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi
oqituvchisi p.f.b.f.d (PhD). S.M.Norboyeva
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə