Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#147707
  1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi yangi 3


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI ” KAFEDRASI
_______________________ ”
fanidan

Himoyaga tavsiya etaman


Fakultet dekani
___________ Shu.Qosimov
“____” ________

KURS ISHI

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish mazmuni

Talaba: -kurs -guruh talabasi


______________
Ilmiy rahbar:
______________

Himoyaga tavsiya etildi


“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi
mudiri Phd M.Berdiyeva __________
“______” ____________


Termiz 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………..……………………..3
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA HUQUQIY TARBIYA BERISHNING NAZARIY ASOSLARI………..……………….6
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish mazmuni …………………………………………..……………………………………….6
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida huquqiy tarbiyaning o’rni va o’ziga xos xususiyatlari…….…….……….…………………………………12
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR HUQUQIY JIHATDAN TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI..…………………………………………………………………16
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonini faoliyatlar asosida tashkil qilish….…………………………..............................16
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy bilimlarini oshirishda”Bolalar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi konvensiyadan foydalanish……………………………………………………………………..24
Xulosa va tavsiyalar……….………...………………………………………..33
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….34
Ilovalar

KIRISH
Huquqiy ta’lim- tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga roiya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Huquqiy ta’lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratilib, birinchi Prezident I.A.Karimov shunday deb yozadilar: «Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy ta’lim- tarbiya tegishlicha bosqichma-bosqich ta'minlab borilmas ekan, insonning barcha huquqlari – davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolaveradi»1 . Huquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs, huquq va erkinliklarini bilib qolmasdan, demokratiyaning tub ma'nosini anglashi lozim. Chunki demokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. Huquqiy ta’lim- tarbiya dastlab oilada, bog`chada, maktabda boshlanadi. Lekin huquqiy ta’lim- tarbiya inson hayoti davomida doimiy ravishda davom etadigan jarayondir. Huquqiy davlat qurar ekanmiz fuqarolarning qonunlarni bilishi, qonunga itoatkorlik, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Huquqiy ta’lim va tarbiya o`qitishdan ko`zlangan maqsad ham shundaki, yosh avlodni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish hamda qonuniylik, qonunga itoatkorlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilangan. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Komil inson tarbiyasi har doim dolzarb mavzulardan biri bo`lib kelgan. Yoshlarni huquqiy tarbiyalash huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. yoshlarni insonparvarlik, vatanparvarlik va milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashda hamda huquqiy bilimlarini oshirishda huquqiy ta’lim asosiy rol o’ynaydi. O`zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo`yilib, bu yo`lda huquqiy ta’lim-tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu mas’uliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan olib borish borasida ko`p qirrali ishlar qilinmoqda.
Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997 - yil 29 - avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan : «Ta’lim to`g`risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dastur»lari fikrimizning dalili bo`ladi. Jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal qilish uchun xalqning huquqiy madaniyatini oshirish lozim, bu esa huquqiy savodxonlikni, huquqiy ta’lim- tarbiyani oshirishni talab qiladi2 . Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr al-Farobiy huquqni fozil kishilarning haqiqiy baxtga erishish vositasi deb tushungan. Huquq, uning fikricha, mamlakatda tinchlikni ta`minlash, xavfsizlikni ta`min etish, taraq-qiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkon yara-tish vositasidir. Huquq - ehtiroslarni jilovlash vositasidir. Huquq - insonni asrash, avaylash qurolidir. Farobiy asarlarini diqqat bilan o`rgansak, uning qarashlari o`z davridan ancha ilgarilab ketganligini ko`ramiz. Shuni aytish kerakki, alloma qadimgi mutafakkirlarning huquqiy sohadagi asarlariga sharhlar yozish bilan ularni shunchaki takrorlamadi, balki boyitdi. Arastu va Aftolun huquqiy qarashlariga bag`ishlangan kitoblari uning huquqiy sohada juda chuqur bilimga egaligi va fiqh fanlarini har tomonlama tadbiq etganligidan dalolat beradi. Shu sababli allomaning huquqiy ta`limoti xalqimizning bebaxo huquqiy merosini tiklash, uni avlodlarga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Mutafakkirning fikricha, qonun adolatli bo`lishi kerak va uning nomidan u (qonun) haqida naimaiki gapirilsa ham mo`tabar ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi. Qonunni mensimaydigan va shu bilan birga qo`l ostidagilarni ham shunga undaydiganlar o`z hatti-harakatlari ila katta tartibsizliklar keltirib chiqaradi, deydi Farobiy. Ulug` alloma qonunni joriy etuvchi odamlar orasida do`stlik tuyg`ulari mavjudligini kuzatgan holda, qonunning kamchilik va nuqsonlardan holi bo`lishini ta`minlash uchun olimlar joriy etilgan qonunlarni chuqur ishonch, bilim bilan tushuntirib berishi, sharhlashi zarurligini aytadi. Chunki agarda davlat o`z qonunchiligida haqiqiy muhabbat, yuksak aqlga asoslanmasa, uning qismati haloqat va parokandalik bo`ladi. Bu qoida davlatga ham, alohida odamga ham barobar taalluqli ekanligini alloma alohida qayd qiladi. Huquqiy ta’lim- tarbiyali bo`lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy ta’lim- tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to`laligicha yoritilmagan. Huquqiy ta’limning keng va tor ma’noda ko`rish mumkin. Keng ma’noda butun jamoaning, ko`pchilikning ongiga ta’sir ko`rsatishga qaratilgan ta’lim, tor ma’noda esa alohida shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo`llari tushuniladi. Huquqiy ta’lim natijasida keng omma yoki shaxs o`z hatti–harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o`zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo`lib hisoblanadi. Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat a’zolari bilishi lozim bo`lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo`llanmalarni turli vositalar yordamida aholi orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik printsipi bo`lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko`ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin ma’lum vaqt o’tgach amal qila boshlaydi. Yangi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o`zida ko`rsatiladi. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi ma’lum vositalar, shakl va metodlar yordamida shaxsning ongiga ta’sir ko`rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o`z hatti harakatini davlat talabiga muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir . Huquqiy ta’limning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Huquqiy ta’lim-tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o`tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio`z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy ta’limda, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy ta’lim- tarbiya oladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə