Termiz davlat pedagogika instituti


II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR HUQUQIY JIHATDAN TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#147707
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi yangi 3

II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR HUQUQIY JIHATDAN TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonini faoliyatlar asosida tashkil qilish


Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat a’zolari bilishi lozim bo`lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo`llanmalarni turli vositalar yordamida aholi orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik printsipi bo`lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko`ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin ma’lum vaqt o’tgach amal qila boshlaydi. Yangi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o`zida ko`rsatiladi. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi ma’lum vositalar, shakl va metodlar yordamida shaxsning ongiga ta’sir ko`rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o`z hatti harakatini davlat talabiga muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir4 . Huquqiy ta’limning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Huquqiy ta’lim-tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o`tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio`z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy ta’limda, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy ta’lim- tarbiya oladi. Demak huquqiy ta’lim- tarbiya bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy ta’lim- tarbiya berishdan maqsad yoshlarning huquqiy bilimlar va ko`nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz ta’minlashdir. Huquqiy ta’limning oldiga qo`yilgan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal qilish yo`llarini o`rgatish. Huquqiy ta’limning yuridik vazifasi shaxsda muayyan holatlarda zarur huquqiy normalarni qo`llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning muhim vazifalaridan biri shaxsda huquq normalarini o`rganishga ehtiyoj o`yg`otish, yani o`zini mustaqil ravishda huquqiy tarbiyalashga odatlantirishdir. Huquqiy normalarga hurmat ruxida tarbiyalangan shaxs qonun-qoidalarga muntazam ravishda o`rganib boradi va boshqalarni ham shunday qilishga davat etadi5 . Amaliyotda huquqiy ta’limning har xil turlari mavjud. Lekin bugungi kungacha aniq bir ilmiy tushunchaga asosangan, ko`p qirrali huquqiy ta’limtarbiya shakllarini ko`rsatib beruvchi adabiyot deyarli yo’q. Bu ta’lim-tarbiya, yuqorida aytib o`tganimizdek, oilada, bog’chada, maktabda, bilim yurtlarida, institutlarda olib boriladi. Huquqiyta’lim-tarbiya tarbiyalanuvchilarning xulqatvoriga ta’sir ko`rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchu nasos bo`la oladigan bilim berishdir. Lekin tarbiyachi faqat bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shaklda ta’sir ham o`tkazishi kerak. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning shakllari asosida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, professor- o`qituvchilarining olib borgan ishlarining tashqi ko`rinishidagi ta’sir yo`li, ta’sir etish usullari yotibdi. 44 Huquqiy ta’lim-tarbiya shakllari har bir shu ish bilan shug`ullanuvchi uslubida o`z ifodasini topadi. Masalan, o`quv yurtlarida huquqiy ta’lim-tarbiya shakli, mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchilarnikidan farq qiladi. O`quvchilarga dars jarayonida, darsdan tashqari vaqtda-suhbat, suhbatni huquqiy qoidalarini o`rgatish, o`yin darslari o`tkazish tariqasida olib boriladi. Huquqiy ta’lim-tarbiya shakllari quyidagicha bo`lishi mumkin: a) huquqiy bilim; b)huquqiy tashviqot; v) jamoatchilik tomonidan olib boriladigan ishlar; g) huquqni himoya qiladigan davlat organlarining ishlari bilan tanishish (tergov, sud jarayonlarida qatnashish); d)xalq deputatlarini nomzodlikka tavsiya qilish majlislarida, mahalliy hokimiyatlar qoshidagi voyaga yetmaganlar komissiyalari ishlarida ishtirok etish. Huquqiy ta’lim-tarbiyani jamoa o`rtasida yoki individual shaklda amalga oshirish mumkin. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning metodlari: Huquqshunoslar huquqiy ta’lim-tarbiya metodlarini odatda ikki turga bo`ladilar ishontirish va majburlash. Huquqiy ta’lim-tarbiya metodi-bu bir necha muayyan yo`l va usullar yig`indisi bo`lib, ular asosida kishilar ongiga, dunyoqarashiga ta’sir qilinadi. Buning natijasida tarbiyalanuvchilarda qonunga hurmat hissi uyg`otiladi va qonunning buzilmasligi ta’minlanadi. Eng asosiy metod bu – ishontirish metodi.Ishontirish orqali ijobiy natijaga erishilmasa, majburlash metodi qo`llanadi.Huquqiy ta’lim-tarbiyada bu ikki metodni birga qo`llash ham mumkin. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning ilmiy printsiplaridan yana biri o`rganilayotgan qonun yoki qarorning kelib chiqish sabablarini, unga obyektiv zarurat borligini tushuntirib berishdir. Agar tarbiyalanuvchi qonun, qaror va qoidalarning vujudga kelishi, qabul qilinishi umumiy asoslarini tushunib olsa, ayniqsa, hozir o`rganilayotgan huquqiy normaning qabul qilinishi sababini bilsa, uni bajarishga ongli ravishda yondoshadi, o`zida ham huquqiy normaga nisbatan ehtiyoj sezadi. Huquqiy ta’lim-tarbiyaga ilmiy yondoshish quyidagi faoliyatlardan tashkil topadi: - o`rgatilishi lozim bo`lgan qonun va qonuniy aktning nazariy va amaliy jihatlarini puxta o`zlashtirib olish; - ta’lim-tarbiya obyektlarini o`rganish, ular bilan huquqiy norma o`rtasidagi bog`lanishni aniqlash; - mazkur mintaqadagi huquqiy normaga aloqador huquqiy holatni (huquqtartibotni, qonunchilikka munosabat )o`rganish va tahlil qilish; - huquqiy normani tushuntirish shakl va metodlarini tanlab olish; - huquqiy ta’lim-tarbiya vositalarini tayyorlash; - tarbiyalanuvchilarning fikrini o`rganish va savol – javobga tayyorlanish; huquqiy ta’lim-tarbiyani shahar, tuman, viloyat, respublika miqyosida yagona shakl va metodlar asosida olib borish ham ilmiy printsipdir. Huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash butun mamlakatda huquqiy ta’lim-tarbiyaga chuqur ilmiy yondoshishni taqozo qiladi. Hozir bu muhim ish davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. 45 Ta’lim-tarbiyaga har tomonlama yondoshish deb tarbiya maqsadining shaxs ongida shakllanishiga ko`maklashuvchi omillarni aniqlash, ta’lim-tarbiya shakl va metodlariga ularga tayanish aytiladi. Bu vazifalarning zarar darajada amalga oshirilishi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning o`zaro hamkorligiga bog`liqdir. Ikkala tomonning fikr almashishi, huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritilishi, yakdillik asosida hayotiy holatining belgilab olinishi tinglovchilar huquqiy ongiga tegishli o`zgarish kiritadi va uni boyitadi. Masalan, tarbiyachi mehnat qonuniga kiritilgan o`zgarishlar bilan tinglovchilarni tanishtirmoqchi.Maqsad ularning ongiga yagona qonun mazmunini aks ettirgan holda mehnat munosabatlarida qonundagi o`zgarishga muvofiq ish ko`ra olishni tarbiyalashdir. Buning uchun tarbiyachi masalaga keng yondoshib, qonun o`zgarishi sabablarini dalillar yordamida ko`rsatishi, yangi qonun mohiyatini isbotlashi, uni ijro etish tartibini o`rgatish, ko`zda to`tilgan maqsadni misollar yordamida tushuntirish kerak. Har tamonlama yetuk shaxsni tarbiyalab yetishtirish maqsadi umumtarbiyaning maqsadi barcha yo`nalishlarini bir-biriga uyg`unlashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi.Bu bir kishining emas, balki butun jamoaning burchidir.Huquqiy ta’lim-tarbiya ham bir kishining emas, chunki shaxsni har tomonlama shakllantirish uchun bir tarbiyachi barcha omillarni bilishga qodir emas.Bir pedagog huquqiy ta’lim-tarbiyaning bir yoki bir necha yo`nalishigina shaxs ongida shakllantira olishi mumkin6 . Pedagog muayyan masala bo`yicha huquqiy ta’lim-tarbiyaga keng yondoshishi uchun shu masalaga aloqador omillarni tanlab olishi, ularni yagona bir mavzuga yig`ishi, misollar yordamida uyg`unlashtirishi kerak. Masalan, o`quvchida O`zbekiston fuqarolariga sodiqlik burchini tarbiyalashda o`qituvchi-o`quvchi qanday qonunlarni o`rganishi kerakligini tanlab olishi, fuqarolarga taalluqli misollar topishi, fuqarolik burchi buzilganda davlat va jamiyat tomonidan ko’riladigan choralarni belgilashi, yuridik dalillar to`plashi, so`ngra keng ta’lim-tarbiya mavzularini ishlab chiqishi va shu mavzu bo`yicha ish olib borilishi kerak. Lekin shuni unutmaslik lozim, huquqiy ongning hatto biror yo`nalishini shakllantirish uchun ham yuridik omillarning o`zigina kifoya emas: masalan, intizomsiz shaxsni qayta tarbiyalash uchun uning huquqiy ongida burilish yasash, dunyoqarashiga, mehnat munosabatiga, madaniyat darajasiga ta’sir ko`rsatishi kerak. Agar uni qonunga ko`ra jazolash bilan kifoyalansangiz, axloqiy buzuq ekan, yana eski odatini davom ettiraveradi. Binobarin, huquqiy ta’lim-tarbiyaga aloqador omillar ikki guruhga bo`linadi: tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritiladigan omillar va tinglovchilar xususiyatiga bog`liq omillar. Ta’lim-tarbiya jarayonida ikkala guruh omillar baravar e’tiborga olinishi kerak.
Tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritilgan omillari suhbat mavzusida qanday qonun, qonuniy ishlarni tushuntirmoq, asosiy maqsad nimaga qaratilganligini bilib olmoq. Masalan, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligining oldiniolish bo`yicha ta’lim-tarbiya: jinoiy, moddiy, intizomiy, huquqbuzarlikda voyaga yetmaganlar qanday harakatlari uchun javobgar bulishlariga taalluqli hujjatlarni to`plashdan iborat. Tinglovchilar xususiyatiga bog`liq omillarda tarbiyachi tinglovchilarning qabul qilish darajasi, yoshiga, maxoratiga va boshqa xususiyatlariga e’tibor bergan holda tarbiya usulini tanlashdan iborat. Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdordir. Davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi bo'lmish huquqiy madaniyat to'g'risida alohida g'amxo'rlik qiladi.Huquqiy ta'limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo'ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo'lmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir. Tarbiyaviy va o'quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo'naltirilishi lozim. Huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida o'quv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur7 . Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta'minlash, har kimga o'zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun real sharoit yaratish fuqarolarga o'z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.Huquqiy 47 ta’lim-tarbiyaning o'tmishdan qolgan faqat bir tomonlama axborot berish - ma'rifatchilikka yo'naltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bog'lash zarur. Shuni muttasil nazarda tutish kerakki, huquqiy ta’lim- tarbiya insonlarni huquq, qonuniylik ruhida tarbiyalash, huquqiy ma'rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki shaxsning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy madaniyatida o'zining tugalifodasini topadi. Aholining huquqiy tarbiyasi va ta'limini takomillashtirishga ta'lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta'limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo'li bilan erishiladi. Huquqiy tarbiya va ta'limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat: -davlat huquqiy tarbiya va ta'limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta'lim va tarbiyaning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug'ullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi; -huquqiy tarbiya va huquqiy ta'limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi; -aholi huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat tuzilmalari va jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta'minlash; -ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish, kechiktirib bo'lmaydigan va istiqboldagi vazifalarni aniqlash O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmalari faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan bo'lib qolishiga erishish; -huquqiy tarbiya va ta'limning ta'lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korxonalarning (muassasalar, tashkilotlarning), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida ham amalga oshirilishi; -huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiyaning ularni maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim o'rta maktablarda, akademik liseylarda, kasb-hunar kollejlarida, oliy o'quv yurtlarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o'quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o'quv fanlarini joriy qilish; -huquqiy fanlar asoslarini chuqur o'rgatadigan o'quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e'tiborga olingan holda aniqlash; -darsliklar, o'quv qo'llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo'llab quvvatlashni kuchaytirish; -ta'lim va tarbiya muassasalariga dahldor bo'lmagan shaxslarning (ishchilar, xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar va boshqalarning) huquqiy tarbiyasi va huquqiy ta'limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga davlat 48 yuridik o'quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, huquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish; -yuridik o'quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash kabilar tashkil qiladi. Mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, siyosiy-huquqiy tizimni takomillashtirish sharoitlarida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yangi vositalari va usullarini joriy etish lozim. Huquqiy madaniyatni shakllantirishning vosita va usullarini takomillashtirish maqsadida: -fuqarolar bilan olib boriladigan huquqiy ishlar saviyasini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va o'quv yurtlarining kadrlar bilan yetarli ta'minlanishiga erishish; -mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish kerak. Chunki ular qonunlarni qat'iy ijro etishga, huquqning so'zsiz amal qilishini ta'minlashga, huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga da'vat etilganlar. Huquqiy bilimlarni davlat idoralarigina emas, balki jamoat birlashmalari tomonidan ham ommalashtirish jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishning yangi shakllari jumlasiga kiradi. Huquqiy bilimlar targ`iboti – huquqiy tarbiyaning muhim shakli bo’lib hisoblanadi. Huquqshunos –lektorlar, olimlar va prokuraturalar, sudlar, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari respublikada, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquqiy targ`ibot ishlarini olib borishadi. Bunday ishlarning asosiy maqsadi- davlat va huquq nazariyasi, yuridik bilimlarning ommalashtirilishi, huquqiy meyorlar va qonunchilikning demokratik printsiplarini tushuntirib berishidan iborat. Huquqiy targ`ibot aholining, huquqiy ta’limining, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ogoxlantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Yoshlarga huquqiy ta’lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad har bir yosh huquqiy madaniyatni o`zlashtirib olishiga erishishdan iboratdir. Huquqiy madaniyat shaxs, jamiyat va davlat rivojlanishining o`ziga xos xususiyatidir. Jamiyatga nisbatan huquqiy madaniyat yuridik qadriyatlar va me'yorlar, huquqiy institutlar, huquqiy ong va xulq-atvor birligining sifat xususiyatini ifodalaydi. Shaxsga nisbatan esa u atrof dunyoni idrok etadigan o`ziga xos “huquqiy qonun” bo`lib, u huquqiy mavqelikni o`zlashtirishining mezoni sifatida gavdalanadi. Jamiyatning huquqiy madaniyati uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: - qonuniylik prinsipiga rioya etish; - qonunga itoatkorlik; - demokratizm, shu jumladan jamoat tashkilotlarining huquq me'yorlarini ishlab chiqish va ro`yobga chiqarishda, huquqning amal qilish mexanizmida keng ishtirok etishi; - fuqarolarning qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan huquqlarining kafolatlanganligi; - bu huquqlar bilan jamiyat oldidagi majburiyatlarning birligi. Huquqiy madaniyat unga va umuman madaniyatga qonun hujjatlari ham, mansabdor shaxslar, muassasalar va fuqarolar xulq-atvori, faoliyati ham albatta mos kelishini talab qiladi, o`z navbatida huquqiy madaniyat ko`p jihatdan huquqiy tizimning o`zi bilan, huquqning hamma tarmoqlari va me'yorlari, huquqiy muassasalarning ishlash amaliyoti bilan belgilanadi. Shaxs huquqiy madaniyatining o`ziga xos jihatlari: - qonunga itoatkorlik; - qonuniy va huquqiy institutlarni chuqur hurmat qilish; - yuksak darajada ijtimoiy-huquqiy faollik; - huquqni ijtimoiy o`zgarishlari va shaxs manfaatlarini himoya qilishning samarali vositalaridan biri sifatida baholash. Individlarning va odamlar turli birliklarining huquqiy madaniyati ularinng huquq me'yorlariga rioya etishlariga, shuningdek ularning ijtimoiy-huquqiy faolliklari darajasiga hal qiluvchi ta'sir ko`rsatadi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini o`rganish jamiyatimizning kelajakdagi huquqiy holatining istiqbollarini baholashga imkon beradi. Chunki shaxs qaror topib borayotgan davrda uning qadriyatlarga munosabati shakllanadi, huquqqa ijobiy va salbiy munosabat vujudga keladi, faol yoki passiv ijtimoiy-huquqiy xulq- 53 atvorga qaratilgan yo`l-yo`riqlar vujudga keladi. Nihoyat, huquqiy ta’limtarbiyaning samaradorligi tarbiya obyektining ahvoli to`g`risidagi bilimlarning chuqurligiga va darajalanganligiga muvofiq keladi. Tarbiya obyekti, shu o`rinda – yoshlarning ahvolini uning huquqiy madaniyati ko`rsatib beradi. Odatla yoshlikda yigit-qizlar o`z mehnat yo`llarini boshlaydilar, shuningdek oila quradilar. Ana shu hol ularning mehnat va oila huquqiga bo`lgan qiziqishida aks etadi. Yoshlar turli guruhlarining yosh xususiyatlari aniq namoyon bo`ladi. Ma'naviy va intellektual yetuklik darajasi oshib borgan sari kriminal adabiyotga, shu tufayli jinoyat huquqiga ham bo`lgan qiziqish kamayadi, buning o`rniga mehnat, fuqarolik va uy-joy huquqiga bo`lgan qiziqish oshib boradi. Yoshlarning huquqqa bo`lgan qiziqishining darajasini ularning ommaviy axborot vositalari (radio, televedenie, gazeta va jurnallar) tomonidan yoritilayotgan turli yuridik masalalarga qiziqishini o`rganish asosida aniqlash mumkin. Bu huquq haqidagi bilimlarni olish maqsadi va sabablari to`g`risida tasavvurga ega bo`lish imkonini beradi. Yoshlarning huquqiy axborotni foydalanishdan ko`zlagan asosiy maqsadi o`zlarining huquq va majburiyatlari to`g`risidagi bilimlarini kengaytirishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda ijtimoiy ong nazariyasi bo`yicha olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, ijtimoiy ong ko`pincha subyektga bog`lamasdan o`rganilmoqda. U yoki bu holda aynan kimning, aynan qanday ijtimoiy subyektning ongi tadqiq qilinmoqda degan savolga muttasil e'tibor berilmasligidadir. Bu fikr ijtimoiy huquqiy ongni tadqiq qilishga ham, huquqiy madaniyatga ham batamom taalluqlidir. Fikrimizcha, ma'naviy hayotga bag`ishlangan ko`pgina tadqiqotlarning “subyektsizligi” ularning “bo`lishi kerak narsaga” qaratilganligi bilan chambarchas bog`liqdir. Aftidan, buning aksini aytish ham o`rinli bo`ladi: subyekt muammosiga, uning ma'naviy dunyosiga murojaat qilishning o`ziyoq tadqiqotchining “mavjud narsaga” qiziqishini ko`rsatadi, bo`lishi kerak bo`lgan narsa bilan mavjud narsa o`rtasidagi ixtilofni izlashga imkon beradi. Subyektning ichki tuzilishi ijtimoiy huquqiy ong va madaniyatning eng kam tadqiq qilingan sohalaridan biridir.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə