Temperament formulasi


Xolerik temperament (o‘t yoki safro - grekcha chole)



Yüklə 212,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü212,38 Kb.
#134274
1   2   3   4   5   6
Xolerik temperament (o‘t yoki safro - grekcha chole)
— hissiyotning tez 
va kuchli qo‘zg‘a-luvchanligi, barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Xolerik 
temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, 
harakatlari va nutqlarida yaqqol ko‘rinib turadi. Xoleriklar qizg‘inlik va 
tajanglikka moyil bo‘ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman 
harakatchan, serg‘ayrat va har doim urinuvchan bo‘ladilar. 
Bu xil temperamentli bolalar serg‘ayrat bo‘ladilar. Ular bir ishga tez 
kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga etkazadigan bo‘ladilar. Ular ko‘pchilik 
bilan kollektiv o‘yinlar o‘tkazishni sevadilar va bunday o‘yinlarni ko‘pincha 
o‘zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar 
arazchan, serjahl va tajang bo‘ladilar. Bir narsadan xafa bo‘lsalar, bu xafalik 
ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo‘ladi. 
Sangvinik temperament (qon - grekcha sandus)
— hissiyotning tez, 
kuchli qo‘zg‘aluvchanligi lekin beqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Sangvinik 
temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib, bir kayfiyat o‘ziga teskari 
bo‘lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turadi. Sangviniklardagi psixik 
protsesslar, xoleriklardagi singari tez o‘tadi. Bu xil temperamentli kishilar ildam, 


chaqqon, serharakat va jo‘shыin bo‘ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar 
tevarak-atrofdagi voqealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda 
ko‘ngilsiz hodisalardan uncha qattiq xafa bщlmaydi. Ular ko‘p ishga tez va 
g‘ayrat bilan kirishadigan bo‘ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi 
ishlarni uzoq, davomli suratda bajarishga moyil bo‘lmaydilar. 
Sangvinik temperamentli bolalap juda serharakat, ildam va chaqqon 
bo‘ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo‘ladilar. 
Ko‘pincha, bir qancha vazifalarii birdaniga bo‘yinlariga oladilar. Lekin, har bir 
ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari 
ham mumkin. Sangviniklar chin ko‘ngildan va’dalar berishlari, lekin, ko‘pincha, 
va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu xil temperamentli bolalar 
o‘yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekii o‘yin davomida, o‘z rollarini tez-
tez o‘zgartirib turishga moyil bo‘ladilar. Ular darrov xafa bo‘lishlari va 
yig‘lashlari mumkin, lekin ular xafalikni tez unutadigan bo‘ladilar. Ularning 
yig‘isi kulgi bilan tez almashadi. 

Yüklə 212,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə