Mavzu. Temperament va kasbni egallash masalalari. (2 soat) Reja : Tеmpеramеnt haqida tushuncha



Yüklə 50,85 Kb.
səhifə1/4
tarix02.05.2023
ölçüsü50,85 Kb.
#108052
  1   2   3   4

7-Mavzu. Temperament va kasbni egallash masalalari.
(2 soat)
Reja :



  1. Tеmpеramеnt haqida tushuncha.

  2. Tеmpеramеnt turlari va xususiyatlari.

  3. Tеmpеramеnt va faoliyatning maxsuldorligi.

  4. Temperament va kasbiy malakalarni egallash


  1. Tayanch iboralar: Temperament, Gippokrat, E.Krechmer, xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik, qon, qora o`t, sariq o`t, balg`am, astenik, piknik, shizoid, sikloid, I.P.Pavlov, nerv sistemasi, faoliyat.

Kishilar o`rtasidagi individual-psixologik tafovutlarda psixikaning dinamik (o`zgaruvchan) deb atalmish xususiyatlari muhim o`rin egallaydi. Bunda eng avvalo psixik jarayonlar va holatlar intensivligi darajasi, shuningdek, ularning u yoki bu tezlikda kechishi nazarda tutiladi. Ma'lumki, odamlar xulq-atvor va faoliyat motivlari nisbatan teng bo`lganda, bir xil tashqi ta'sir etganda, bir-biridan ta'sirchanligiga va ko`rsatayotgan energiyasiga ko`ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilinchni yoqtiradi, bir xil odamlarga hissiyotlarning tez uyg`onishi xos bo`lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma'noli mimika, boshqasining harakatlarida og`ir-bosiqlik, yuzining kam harakat qilishi ajratib turadi.Harakatlanish xususiyatlariga qarab farqlanishlar har qanday teng sharoitlarda individning umumiy faolligi, harakatchanligi va emotsionalligiga binoan yuz beradi.
Shaxs-qaytarilmas, u o`z sifatlari va borligi bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik, noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Insonning individualligini izohlovchi xususiyatlardan biri bu– temperamentdir.
Temperament lotincha «temperamentum» degan so`zdan olingan bo`lib, buning ma'nosi «aralashma», «qotishma» demakdir. Temperament deganda biz odatda, kishining tabiiy tug`ma xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan individual xususiyatlarini tushunamiz. Temperament va layoqatlar individning dinamik psixik faoliyatini ta'minlovchi sifatlarini o`z ichiga oladi. Kishi temperamentiga aloqador sifatlarning o`ziga xosligi shundaki, ular kishi bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta'minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda, Temperament-shaxs faoliyati va xulqining dinamik va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to`g`risidagi talqinlar xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament to`g`risidagi dastlabki ta'limotni grek olimi, vrachi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo`llanilib kelinmoqda. Uning fikricha organizmning holati asosida «sharbat»larning, u ya'ni organizmda mavjud suyuqliklarning (qon, limfa, o`t) miqdoriy nisbati bilan bog`liqdir. Bu sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati grekcha «krasis» («go`zal» ma'no) so`zi bilan aytilgan. Bir necha asr keyinroq ishlagan rimlik anatom va vrach Galen birinchi bo`lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini beradi: u 13 ta turni o`z ichiga qamrab oladigan temperament turini aniqlagan. Temperament turlari soni qadimgi tibbiyot olimlari tomonidan keyinchalik to`rtga kamaytiriladi.
Gippokratning ta'biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik mavjud bo`lib, ular o`t yoki safro, qon, qora o`t, balg`am kabilardan iborat.
Uning mulohazasicha:



  1. o`tning xususiyati-quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.




  1. qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.




  1. qora o`t xususiyati-namlikdir, uning vazifasi-badanni sovutib turishdan iborat. Gippokrat ta'limotiga muvofiq, har bir insonda shu to`rt xil suyuqlik mavjud

bo`lib, uning bittasi ustivorlik kasb etadi. Mazkur aralashmalardan qaysi biri salmoqliroq bo`lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatidan farqlanadilar, chunonchi xolerikda-sariq o`t, sangvinikda-qon, melanxolikda-qora o`t, flegmatikda balg`am ustun bulishi ta'kidlanadi (1-jadval).





Yüklə 50,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə