Tayyorlash usullari


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix31.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#103803
növüСтатья
1   2   3
tirnoqgul-o-simligining-dorivorlik-xususiyatlari-va-dori-tayyorlash-usullari

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Botanik ta’rifi ko‘ra bo‘yi - 50 sm gacha bo‘lgan bir yillik dorivor o’simlik. Ildizi-
shoxlaydigan o‘qildiz, poyasi tik o‘sadi, qattiq kalta tuklar bilan qoplangan. Barglari navbatma-
navbat joylashgan, chetlari mayda tishli. Gullar poyasi va shoxlarining uchdi tomonida 
joylashgan savatcha ko‘rinishida to‘pgullar hosil qiladi. Mevalari urug‘li meva, tirnoq shaklida 
bo’ladi. Ushbu o’simlik iyundan kech kuzgacha gullaydi, iyul oxiridan boshlab mevalari yetilib 
boradi. 
Tirnoqgul ko‘p dorivorlik xossalarini jamlagani tufayli yurtimizdagi ko‘plab hududlarda 
ekib o‘stirilmoqda. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
76 
Tirnoqgul o‘simligining gullari tarkibida karotin va unga yaqin turadigan boshqa 
moddalar, efir moylari, azotli shilimshiq moddalar, qatronlar, organik kislotalar bor. 
Tirnoqgulning yer ustki qismida kalenden achchiq moddasi, oshlovchi moddalar, triterpendiollar 
va saponinlar mavjud. Urug‘larida yog‘li moy va biroz miqdorda alkoloidlar bor.
O‘simlik gullari tarkibidagi karotenoidlar, kalenden, karotin, qatronlar, organik kislotalar, 
efir moylari, glikozidlar, taninlar, fitonsidlar miqdori yuqori bo‘lganligi sababli maksimal 
darajada foydalanildi. Pedunkulaning bir qismi bo‘lgan inflorescences, kurtaklarning ochilish 
vaqtida, qamish gullarining yarmi to‘liq rivojlangan paytda to'planadi. Xom-ashyo quritiladi, 
so‘ngra kalendula ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlanadi. 
TADQIQOT NATIJALARI
Tirnoqgulning juda yaxshi shifobaxsh xususiyatga egaligi, ko‘pgina dardlarga davo 
bo‘lib, ko‘ngilga orom beruvchi xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lgan. 
Tabiblar undan siydik haydaydigan, balg‘am ko‘chiradigan, terlatadigan dori sifatida 
foydalanishgan. Badanning dog‘ tushgan joylari, gush kasalligi, mastitni davolashda shu 
o‘simlikdan foydalanishgan. Bundan tashqari tirnoqgulni gepatit, xoletsistit, me’da yara 
kasalligi, gipertoniya, siydik-tosh kasalliklarini ham davolashda ishlatishgan. Tomoq og‘rig‘i, 
tish atrofidagi to‘qimalar kasalliklari, og‘iz elikishini davolash uchun tirnoqguldan 
tayyorlanadigan har xil dorilar buyurilgan. Ibn Sino ham tirnoqgulni kal kasalligi, belangini 
davolashda ishlatgan, ilon, chayon chaqqanda buyurgan. Farangistonda bu o‘simlik gullaridan 
yara jarohatlarini bitiradigan, terlatadigan vosita sifatida keng qo‘llanilgan. Hind tabobatida uni 
quvvatga kirgizadigan, tetiklashtiradigan dori sifatida buyurilgan. 
Umuman olganda, bu kuchli vosita: 
-
dezinfektsiyalash va antiseptik
-
yallig‘lanishni yengillashtiradi; 
-
antispazmodik; 
-
diuretik va xoleretik ta‘sirga ega; 
-
og‘riq qoldiruvchi; 
-
qon va terini tozalash; 
Zamonaviy tibbiyotda tirnoqgul preparatlarining markaziy nerv sistemasini tinchalantirib, 
qon bosimini pasaytirishi, yurak ishini maromiga keltirishi, kasallik tug‘duruvchi ko‘pgina 
bakteryalarga xalokatli ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bu preparatlardan jigar, taloq, buyrak, 
me’da, o‘t yo‘llari kasalliklari, gipertoniya, ateroskleroz, ba’zi yurak kasalliklari, klimaksni 
davolashda foydalaniladi. 
Tirnoqguldan tayyorlangan dori vositalari, preparatlar siydik haydashda (qovuqda tosh va 
qum mavjud boʻlganda), qizilchada, raxitda, bosh aylanishida, yoʻtalda, qorin ogʻrigʻida (meʼda 
jarohati, spazmada), isteʼmol qilinsa anchagina yengillik beradi. 
Ilmiy tibbiyotda tirnoqgul preparatlari keng qoʻllaniladi. Undan tayyorlangan turli xil 
emulsiya, dori tabletkalari bir qator kasalliklarni davolashda ishlatilmoqda. Professor 
V.V.Xvorovning tajribalariga koʻra, tirnoqguldan tayyorlangan nastoyka ayollarning klimaks 
davridagi qon bosimini oshishini meʼyoriga keltiradigan ishonchli davo choralaridan biri 
ekanligi aniqlangan. 
Dori tayyorlash va ishlatish


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
77 
1. 2 choy qoshiq miqdordagi tirnoqgul gullari ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 15 
daqiqa damlab qo‘yiladi, keyin suzib olinib, yarim stakandan kuniga 3-4 maxal ichiladi. 
2. Bu o‘simlik gullaridan 2 osh qoshiq miqdorda olib, ustiga 2 stakan qaynoq suv 
quyiladi va 3-4 soat damlab qo‘yib, keyin suzib olinadi. Ovqat oldidan yarim stakan kuniga 3-4 
maxal ichiladi. 
3. O‘simlikning 1 osh qoshiq mayda yanchilgan gullari ustiga 1 stakan aroq quyib, 7 kun 
saqlanadi, keyin suzib olinadi va 25-30 tomchidan kuniga 3 maxal ichiladi. Bu tinikturaning 1 
choy qoshig‘ini 1 stakan qaynagan suvga aralashtirib, yara jaroxatlarni yuvish, chayish uchun 
ishlatish ham mumkun. 
4. Mayda kukun qilib yanchilgan o‘simlik gullaridan 1 choy qoshiq miqdorida olib 15 g 
miqdordagi vazelinga obdan qorishtiriladigan va badanning kasal joylariga surtish uchun 
ishlatiladi. 
Kalendula malhami kuyish va boshqa terining shikastlanishlarini davolashda mashhur 
xisoblanadi. 
Tinkturasi, damlamalari va surtmasi jaroxatlarda, yiringli yaralarni davolashda, tomoq 
chayishda, oshqozon yarasini xamda gastrit va jigar xastaligini davolashda ishlatiladi. 
Qo‘llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud - Kalendula o‘z ichiga olgan preparatlarni 
qabul qilish butunlay chiqarib tashlanadi. 
-
qon bosimi pasayganda; 
-
yurak-qon tomir yetishmasligida
-
oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayganda; 
-
bronxial astmada; 
-
safro tosh kasalligida; 
-
homiladorlik davrida. 
Tashqi tomondan, siz kalendula bilan mablag'lardan foydalana olmaysiz, agar ularning 
individual intoleransi bo'lsa. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə