Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar


-2014 Гали́на Миха́йловна Андре́ева



Yüklə 435,9 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü435,9 Kb.
#151721
1   2   3   4
1-mavzu

1924-2014
Гали́на Миха́йловна Андре́ева
Birinchisi, sotsiologik yondashish bo’lib, uning tarafdorlarining fikricha, sotsial psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlar, modaning inson ongiga singishi, sotsial xulq-atvorda namoyon bo’lishini o’rganishi kerak (Yu.A.Sherkovin, G.P.Predvechniy, R.Pento, M.Gravittsa va boshqalar).
Ikkinchi psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo’lib, ular asosiy diqqatni shaxsning sotsial psixologik xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o’rni, mavqei, sotsial ustanovkalar va hokazolarga qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar (A.V.Petrovskiy, B.F.Parigin, A.G.Asmolov, U.Mak-Dugall va boshqalar).
Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik, ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o’rganishni yoqlab, tadqiqotlar o’tkazmoqdalar.
Masalan, V.Myasishev o’zining 1960-yilda chop ettirgan "Shaxs va nevrozlar" kitobida, sotsial psixologiya shaxslararo o’zaro ta’sir jarayonida shaxsda paydo bo’ladigan ruhiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruhlarning o’ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham bir vaqtda o’rganishni taklif etadi.
1893-1973
Владимир Николаевич Мясищев
Amerika sotsial psixologiyasida ham sotsial psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo’lgan. Ularda bu fanning mavzu bahsini sotsiologiya yoki psixologiya fani ichidan qidirish (intradistsiplinar yondashuv) yoki ikkala fan oralig’idan qidirish hollarini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu sohadagi tortishuvlar qanchalik bo’lmasin, baribir, G.M.Andreevaning obrazli iborasiga ko’ra, uning "ota-onasi" sotsiologiya bilan psixologiya ekanligini tan olishi kerak.
Bu boradagi aniq fikrni fransuz olimlari R.Pento va M.Gravittslar ham ta’kidlashgan: "Shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo’lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o’rganib keldi. Sotsial psixologiya paydo bo’ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o’rganmoqda".
Umumiy holda, fanning predmetini sotsial psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir deb ta’rif berishimiz mumkin.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning sotsial normalariga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash shaxslar bilan o’rnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo’ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish sotsial psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, sotsial psixologiya, sotsial muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.

Yüklə 435,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə