Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar


Internet va ZiyoNet saytlari



Yüklə 435,9 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü435,9 Kb.
#151721
1   2   3   4
1-mavzu

Internet va ZiyoNet saytlari
www.ziyonet.uz
www.google.uz
www.referat.uz
www.koob.ru.
www.Psychology.ru.
www.flogiston.ru.

1. SOTSIAL PSIXOLOGIYANING MAVZU BAHSI
Insoniyat jamiyati paydo bo’lib, odamlar hamkorlikda mehnat qilish va yashash ehtiyojini sezgan davrdan boshlab ularda sotsial psixologik tafakkur, sotsial ruh paydo bo’lgan. Insoniyatning eng ilg’or vakillari bunday ruh qonuniyatlarini o’rganish, uning sirli tomonlarini sharxlashga urinib kelganlar. Lekin sotsial ruh qanchalik qadimiy bo’lsa, uning sirlarini o’rganuvchi fani sotsial psixologiya shunchalik navqirondir.
Sotsial psixologiya fan sifatida yaratilgan yili rasman 1908 yil hisoblanib, xuddi ana shu yil
Londonda ingliz psixologi Uilyam Mak-Dugall "Sotsial psixologiyaga kirish",
1871-1938
Uilyam Mak-Dugall
Nyu-Yorkda amerikalik sotsiolog Edvard Olsvort Ross esa "Sotsial psixologiya" darsligini chop etdilar.
1866-1951
Edvard Olsvort Ross
Bir yilda ham psixologning, ham sotsiologning bir soha bo’yicha kitob yozishlarining o’zi ramziy ma’noga ega bo’lib, bu fanning ikki fan oralig’ida psixologiya va sotsiologiya oralig’ida paydo bo’lganligining yana bir isboti bo’lib xizmat qildi. Ya’ni, sotsial psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar sotsial hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun hozirgi kungacha sotsial psixologiyaning mavzu bahsi va u o’rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud.
Taniqli nemis olimlari Gans fon Gibsh va Manfred Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta’rif beradilar: “Odamlar uyushmasi, kooperatsiyalar sotsial psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob’yekti esa sotsial ta’sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar sotsial psixologiya o’rganishi kerak bo’lgan sohalardir”.
Rus sotsiologlari German Pavlovich Predvechniy va Yuriy Aleksandrovich Sherkovinlarning 1975-yilda bosilib chiqqan “Sotsial psixologiya” kitobida esa uning predmeti “... ob’yektiv borliqning va unda ro’y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o’ziga xos tarzda in’ikos etilishidir”, deb hisoblaniladi. Bu mualliflar sotsial psixologiyaning barcha o’rganish obyektlarini sharxlar ekanlar, ko’proq sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar.
Sotsial psixologiyaning mavzu bahsini ta’riflashga psixologik yondashuv Artur Vladimirovich Petrovskiy va Vladislav Viktorovich Shpalinskiylarning “Jamoaning sotsial psixologiyasi” kitoblarida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha "Sotsial psixologiya psixologiya fanining shunday tarmog’iki, u turli uyushgan va uyushmagan guruhdagi odamlarning muloqoti, o’zaro ta’sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o’rganadi".
Ilmiy sotsial psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan rus faylasufi va psixologi Boris Dmitriyevich Parigin sotsial psixologiyaning predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: «Sotsial psixologiyaning predmeti bu – guruhiy, jamoaviy va ommaviy psixologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni odamlarning umumiy faoliyatida namoyon bo‘luvchi ularning xulqi, kechinmalari va bir-birlari bilan psixologik muloqot qilish yo‘llaridir».
Hozirgi zamon amerikalik sotsial psixolog olimlardan Devid Myers fanning predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: «Sotsial psixologiya bu – odamlarning bir-birlari haqida nimalarni o‘ylashlari, bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlari hamda bir-birlariga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganuvchi fandir».
Shuning uchun ham Galina Andreeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o’rinda uch xil yondashish mavjudligini e’tirof etadi.

Yüklə 435,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə