Tashkil qilish


tug’ruqxonadan chiqqandan so’ng 2-3 kun ichida borib ko'radilar



Yüklə 21,78 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,78 Kb.
#137349
1   2   3   4
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO\'RSATISHNI

tug’ruqxonadan chiqqandan so’ng 2-3 kun ichida borib ko'radilar. Agar
oilada birinchi bola yoki egizaklar tug'ilgan va ona suti yetishmasa patronaj
tug’ruqxonadan chiqqan kuni tashkil etiladi. Keyinchalik uchastka hamshirasi
bolaning 1 xaftasida 1-2 kunda bir marta, birinchi oyida esa xaftada bir marta
patronaj tashkil qiladi. Umumamaliyot vrachi bolani xayotining 14 chi, so'ngra
21 kunida uyiga borib ko'radi.
Egizaklar, vaqtidan oldin tug'ilganlar, katta vaznda tug'ilganlar, tug’ruq
vaqtida travma olganlar, xomilasi patologik kechgan, xomilalik davrida yuqumli
kasalliklari bo'lgan ayollardan tug'ilganlar hamda ijtimoiy-maishiy sharoiti yaxshi
bo'lmagan oilada tug'ilgan bolalar umumamaliyot vrachining asosiy kuzatuvida
bo’ladilar.
Patronaj olib borilish vaqtida hamshira onalarni yangi tug'ilgan
chaqaloqlarni xayotining 4chi xaftasida poliklinikaga taklif qiladi. Keyinchalik
umumamaliyot vrachi bolalar salomatligini xayotining birinchi yilida oyiga 1
marta nazorat qiladi. Qabul vaqtida vrach bolaning jismoniy va ruhiy
rivojlanishini nazorat qiladi, ovqatlantirish, kun tartibi, chiniqtirish, jismoniy
tarbiya, raxitni profilaktikasi va boshqa masalalar bo'yicha tavsiyalar beradi.
Uchastka hamshirasi ham bola salomatligini xayotining 1 yilida oyiga 1 marta
nazorat qiladi.
Bolalarni aynan shu yoshda rivojlanishini nazorat qilishda xayotining 1chi
yilida o’ziga xos xususiyatlari xisobga olinadi:
- tug’ruqxonadan chiqqanligi to'g'risida ko’chirma,
- raxitga qarshi profilaktik tadbirlarni boshlagan vaqti,
- dekret berilishi (4,5 oylikka qadar).
- profilaktik emlashlarni olib borilganligi, prikorm berilishi (4,5 oylikda)
- ko’krak suti bilan boqishni to’xtatilishi
- onaning ish faoliyatini boshlanishi
- bolalar muassasalarga bolani joylashtirish.
Bolaning 3, 6, 9, 12 oyligida umumamaliyot vrachi bolani chuqur
tekshiruvlardan, antropometrik o’lchovlardan, ona bilan suxbatidan so’ng to'liq
epikriz yozadi, bunda bolani salomatligi, uning jismoniy va ruhiy rivojlanishi
ko'rsatiladi, hamda nazorat qilish va sog'lomlashtirish tadbirlari rejasi tuziladi.
Bola xayotining 2 chi yilida umumamaliyot vrachi kvartalda 1 marta bolani
nazorat qiladi, bunda u bolaning salomatligi xaqida to'liq ma'lumot beradi,
bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishini baxolaydi, vrach xulosasi bilan ota-onani
tanishtirishadi, bola tarbiyasidagi va rivojlanishidagi etishmovchiliklar ko'rsatiladi,
ko’rsatmalarni bajarilishiga ahamiyat beriladi va keyinchalik bolani
sog'lomlashtirish tadbirlari bo'yicha tavsiyalar beriladi. Poliklinika hamshirasi
umumamaliyot shifokori kabi bola xayotining 2 chi yilida kvartalda 1 marta
patronaj olib boradi.
Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə