Tasdiqlayman” Rektor, I f. d., prof. Sh. Mustafakulov


Loyiha ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə6/8
tarix14.04.2023
ölçüsü57,89 Kb.
#105509
1   2   3   4   5   6   7   8
Tasdiqlayman” Rektor, I f. d., prof. Sh. Mustafakulov

Loyiha ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Talaba keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Ushbu maqsadga erishishda talaba o‘z ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun mazkur fandan loyiha ishini bajarishi talab etiladi.
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifaning yechilishi va tadqiqot ob’yekti sifatida muayyan bir bozor ob’yekti yoki firmalar olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga bo‘lingan holda kurs davomida ikki marta topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bog‘langan bir nechta masalalarni guruh bo‘lib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qo‘yilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bog‘liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega bo‘ladilar.
Loyiha ishini bajarish bosqichlari:

  1. Loyiha ishi mavzusini tanlash.

  2. Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy xujjatlar, yo‘riqnomalarni yig‘ish.

  3. Loyiha ishi rejasini tuzish.

  4. Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.

  5. Loyiha ishini himoyaga tayyorlash.

Loyiha ishida aks etadigan jihatlar: mavzuning dolzarbligini asoslash, o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish, asosiy qismni yoritish, tahlillarni amalga oshirish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.

FANNI BAHOLASH MEZONI VA REJASI
Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida to‘planib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

  1. Workshop. Talabaning darsga kelishi, mashg‘ulotlarda faolligi va ekspress tarzda berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

  2. Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba mini guruhlarga bo‘lingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual ko‘ranishida himoya qiladi. Guruh a’zolari (komanda) uyushgan holda pedagog-o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qo‘yilgan umumiy ball, har bir a’zo-talabaga qo‘yilgan individual ball sifatida qayd etiladi.


  3. Yüklə 57,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə