«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Don va don mahsulotlarini saqlash korxonalarining tarixi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə6/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Don va don mahsulotlarini saqlash korxonalarining tarixi
Inson qadim zamonlardanoq don mahsulotlarini saqlaydi. Hattoki ko’chmanchi xalqlar yovvoyi o’simliklarning terib olgan mevalari va urug’larini bir joydan ikkinchi joyga tashib yurmaslik uchun yer osti omborlariga saqlashgan. Inson turg’un hayot tarziga o’ta boshlagandan keyin va ortiqcha ovqat paydo bo’lgandan so’ng undan don mahsulotlarini saqlash zaruriyati paydo bo’ldi va orta bordi. Tirikchilik uchun meva–cheva yig’ishdan o’simlik va yerlarga ishlov berishga o’tgandan so’ng, ayniqsa, uy hayvonlaridan ot–ulov sifatida foydalanilganda dalachilikni rivojlanishiga keng imkon yaratildi, shu bilan birgalikda oziq–ovqat jamg’armalari ko’paydi, ularni dushman qabilalarining hujumlaridan va hokazolardan asrash kerak edi. SHuning uchun don va boshqa oziq–ovqat mahsulotlarini saqlash to’g’risida g’amxo’rlik qilish hattoki ibtidoiy– jamoa tuzumida insoniyat e’tiborida edi. O’sha payitlarda donni ichki qismi loy bilan shuvalgan chuqurliklardan yoki katta idishlarda– xumlarda saqlashgan, ular 10–15 tadan qilib saqlanadigan bir joyda saqlangan idishlarni don maydalagichlarning yonidan ham topishgan, ularda don yanchilgan va unga aylantirilgan.
Dehqonchilikdagi irrigatsiya madaniyati va donni saqlash to’g’risidagi ko’p sonli ma’lumotlar O’rta Osiyoning qadimgi xalqlaridan, ayniqsa, quldorlik hamda feodalizm davrida yashagan xorazmliklardan ham bizgacha yetib kelgan.
Qabilalar o’rtasidagi cheksiz dushmanliklar oqibatida Xorazm aholisi katta oila bo’lib qo’rg’onda yashadi. Har bir qo’rg’on markazida minora bo’lib, u mahsulotlar omborxonasi vazifasini o’tagan. Xuddi shunday qazilmalardan biri arxeologik ekspeditsiya tomonidan topilgan Teshik–Qala hisoblanadi. G’isht bilan terilgan 11 ta xonaning biridan ikkita un massasi qoldiqlari mavjud loydan qilingan xampa topildi. Boshqasidan singan xumlarning uyumlari, yerdan esa tariq va boshqa o’simliklarning ko’p miqdordagi doni topildi.
Feodal jamiyatida feodallarning qo’rg’onlarida xo’jalik binolari orasida donni saqlash uchun yerto’lalar, omborlar mavjud bo’lgan. Qaram dehqonlarning ozgina g’alla zahiralari chuqurliklarda va turar joyining bir qismini tashkil qiluvchi dahlizlarda saqlangan.
Xo’jaliklarda bosh tarmoq bo’lib g’alla ekish, asosiy oziqa esa g’alla va turli xil donlar (yormalar) hisoblangan. Javdar, bug’doy, tariq va arpa asosiy g’alla ekinlari hisoblangan. Donlar qo’lbola tegirmonlarda yanchilgan.
Feodalizm davrining oxirida donni sodda don saqlagichlarda saqlash bilan birga o’z davrida yirik hisoblangan don saqlagichlar–turli xil qurilish materiallaridan yasalgan yaxshi jihozlangan yerto’lalar, omborxonalar ham paydo bo’ldi. Donni buzilish sabablari to’g’risidagi tasavvurlar kengaydi. Donni saqlash paytida uni mustahkamligini oshirish uchun quritish, sovitish, tozalash va donni tuzatish usullari qo’llanildi.
Feodal jamiyat zamirida kapitalizmning dastlabki rivojlanishi donni saqlash usullari va texnikasida ma’lum o’zgarishlar kiritdi. Biroq, yangi tipdagi don saqlagichlarini yaratish bo’yicha alohida loyihalar va donni saqlashning yangi texnologik usullari o’sha paytda ommaviy ravishda qo’llanilmadi va faqatgina bozor bilan bog’liq bo’lgan va kapitalistik ish yuritishga moslashgan ayrim yirik xo’jaliklarda qo’llanildi. Faqatgina keyinchalik ishlab chiqarish kuchlarining, sanoat, qishloq xo’jaligi va jahon g’alla savdosining rivojlanishi qurilish texnikasining yutuqlarini, yangi mashina va mexanizmlarni katta miqdordagi don massasini saqlash uchun foydalanishga olib keladi. Bu paytga kelib don saqlagichlarning yangi xili –elevator paydo bo’ldi.
XIX asrning o’rtalarida AQSH da silos tipidagi elevatorlar jadal ravishda qurila boshlandi. 1839 yilda CHikagoda birinchi mexanizatsiyalashgan don ombori, 1845 yilda Dulutda birinchi elevator qurildi. Frantsiya, Germaniya, Angliya va yevropaning boshqa davlatlarida ham elevatorlar qurila boshlandi.
Elevatorlarning qo’llanilishi don massalarini saqlashning yangi sharoitlarini don buzilishini o’z vaqtida oldini olishni tadqiqot qilishni talab qilar edi. Ushbu masala faqatgina zamonaviy ilmiy asosda ijobiy hal etilishi mumkin edi. Donni saqlash muammosini o’rganishga yirik olimlar jalb etilgan edi.
Eksport uchun katta partiyalarda yuqori sifatli don tayyorlash kerakligini tushungan birja va qishloq xo’jalik jamoalari ham elevatorlarni qurishni boshlashdi. Bu davlat xazinasi manfaatlariga mos tushardi. SHundan kelib chiqgan holda 1911 yildan boshlab elevatorlarni qurish va ular ishini boshqarish davlat bankiga yuuklatilgan edi. Davlat banki huzurida tashkil etilgan don saqlash omborlari bo’limi nafaqat elevatorlarni jihozlash va ularni ishlatish bilan shug’ullandi, balki yana don sifatini oshirish bo’yicha tadbirlarni, ular bilan muomala qilish qoidalarini, mahsulot klassifkatsiyasini ishlab chiqdi. Biroq, birinchi jahon urishi bu ishga xalaqit berdi.

  1. yilgacha Rossiyada 150 taga yaqin elevator va mexanizatsiyalashgan omborlar, jamoatchilik foydalanishi uchun 800 ta mexanizatsiyalashmagan omborlar va 4000 dan ortiq xususiy omborlar mavjud edi.


1917-18 yillarda g’alla fondini tashkil qilish va donni saqlash muammolarini o’rganishga yangicha talablar qo’yildi.


  1. yil 18 fevraldan boshlab barcha yirik don saqlash omborxonalari milliylashtirildi va xalq komissariati tasarufiga berildi, u yerda don omborlari bo’limi tashkil qilingan edi.


Fuqarolar urishi va chet el interventsiyasi davrida elevatorlarning va omborxonalarning ko’pgina qismi buzilgandi. 1921 yildan boshlab elevator–ombor xo’jaliklarini qayta tiklash ishlari boshlandi, bunda markazlashgan g’alla fondining o’sishi nafaqat eskilarini tamirlash, balki yangi elevatorlarni va don omborlarini qurishni ham talab qilardi.


Don mahsulotlarini saqlash usullarini takomillashtirish muammolari bilan don kimyosining Xalqaro jamiyati (JCC) shug’ullandi. Bu jamiyat to’qqizinchi s’ezdining yalpi majlisida (Vena 1980) «Donni saqlash paytidagi yo’qotishlar bilan kurash – butun dunyo va xalqlarning vazifasidir» ma’ruzasi yangradi.
Donni saqlashning alohida muammolari bo’yicha ko’pgina xalqaro simpoziumlar bo’lib o’tdi; Kanadada (1971), Frantsiya (Parij, 1973)– ataylab ho’l donni saqlash muammolariga bag’ishlandi, Italiyada (Rim, 1980)–saqlanadigan don zahiralarini azot qo’llab zararkunandalardan himoya qilish muammolariga bag’ishlangan.
Hozirgi vaqtda mahalliy sharoitlarni inobatga olib donni saqlash muammolari bo’yicha tadqiqot o’tkazilmaydigan biron–bir davlatni topish qiyin. Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha Butunjahon tashkiloti (FAO) donni saqlash bo’yicha shug’ullanuvchi mutaxassislar malakasini oshirish uchun yer sharining turli rayonlarida har yili seminarlar o’tkazmoqda.
20-asrning 20 yillariga qadar O’zbekistonda yetishtiriladigan g’alla asosan mahalliy ehtiyojlar uchun sarflanar, tovar donining salmog’i uncha katta emas edi. Aholi o’zi yetishtirgan va o’z ehtiyojiga sarflaydigan g’allani chuqur, quduq, o’ra va xumlarda, maxsus omborlarda saqlagan. Donning katta zaxiralarini saqlash uchun omborxonalar bino qilingan. 1906 - 1909 yillarda Toshkentda 1 – un zavodi qoshida sig’imi 3000 tonna bo’lgan elevator qurilgan. 1927 yil Toshkentda temir – betondan qurilgan birinchi elevator 2–don mahsulotlari kombinati ishga tushirildi. Keyinchalik Xaqqulobod, Asaka, SHahrixon, Qarshi, Namangan, Samarqand, Koson, Qamashi, G’uzorda g’alla omborlari, G’allaorol va Zarbdorda elevatorlar qurildi. O’zbekiston o’zining g’alla mustaqilligi dasturini amalga oshirishi munosabati bilan respublikada don mahsulotlarining miqdori va sifati sezilarli darajada oshdi. 1997 yilda respublikada 3788,1 ming tonna don yetishtirilgan bo’lsa, 2002 yilda 5366,8 ming tonna don yetishtirildi. YAngi qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan elevatorlar avtomatik dispetcherlik boshqaruvi sistemalari, g’alla haroratini avtomatik holda masofadan turib o’lchaydigan qurilmalar bilan jihozlangan. Barcha viloyatlarda joylashgan elevatorlar soni 45 taga yetdi, ularning umumiy sig’imi 4,5 mln. tonna bo’lib, g’allaning 65 foizi elevatorlarda saqlanadi.
O’zbekistonda zavod tipidagi un tortish korxonalari 19-asrning oxirlarida paydo bo’ldi. Asrlar davomida aholi kichik suv tegirmonlaridan foydalanib kelgan. 1870 yilda hozirgi O’zbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha tsentner bo’lgan 5 mingdan ortiq tegirmon bo’lgan. 1956 yilda «O’zdontayyorlov» negizida Respublika don mahsulotlari vazirligi tuzildi. 1992 yildan «O’zdonmahsulot» kontserni, 1994 yildan davlataktsionerlik korporatsiyasiga aylantirildi. Farg’ona, Quva, YAngiyo’l un kombinatlari, Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy shaharlarida sutkasiga 240 tonna quvvatga ega bo’lgan uch navli un tortadigan zavodlar qurildi. Keyingi yillarda un sanoati tez sur’atlarda o’sdi. Sutkasiga 120 dan 500 tonnagacha bo’lgan don tortadigan 23 ta yangi korxona qurildi. Jizzax, Ohangaron, Qo’qon, Qarshi, Asaka, Jomboy, Taxiatosh shaharlarida yangi korxonalar ishga tushirilishi bilan korxonalarning umumiy quvvati sutkasiga 6330 tonnaga yetdi yoki bir yilda 1,5 mln.tonna un ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi. Mustaqillik yillarida Oqoltin, Do’stlik, Oqtosh, YAkkabog’ don mahsulotlari kombinatlari qurildi. Qishloq joylarida ko’pgina jamoa, shirkat xo’jaliklarida kichik tegirmonlar qurish avj oldi. Ilgari un sanoati korxonalari uchun g’alla va unning muayyan qismi chetdan olinar edi. G’alla mustaqilligini ta’minlash dasturi amalga oshirilishi bilan endi ular mahalliy don mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda. «O’zdonmahsulot» korporatsiyasi tarkibida 9 navli unli, manniy yormasi ishlab chiqaradigan 52 ta zavod bor. Ularning 17 tasi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə