«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə7/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Elevator sanoatining strukturasi

Donni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish uchun mamlakatda korxonalarning tarmoqlari tashkil qilingan. Bu tarmoqning samarali tuzilganligi don va uni qayta ishlash mahsulotlari hajmi bilan belgilanadigan katta ahamiyatga ega.


Elevator sanoati tarmoqlarini tuzishda korxonaning vazifasi, donni tayyorlovchidan iste’molchiga yetkazib berishdagi o’rnidan kelib chiqadi. Bu qoidaga asoslanib elevator – omborxona korxonalari tayyorlov, oraliq va ishlab chiqaruvchi turlarga bo’linadi.
Tayyorlov korxonalari donni ishlab chiqaruvchilardan qabul qiladi, dastlabki ishlov beradi, saqlaydi va vazifasiga ko’ra jo’natadi.
Don ko’pincha avtomobil transportidan qabul qilinadi va temir yo’l hamda suv transportiga yuklab jo’natiladi. Tayyorlov korxonalarida urug’lik donga ishlov berish muhim o’rin tutadi.
Oraliq korxonalar donni operativ zahiralarini saqlashga mo’ljallangan. Oraliq korxonalarning asosiy vazifasi: donni temir yo’l hamda suv transportidan qabul qilish, tozalash va quritish, uzoq muddat saqlash, temir yo’l transportiga yuklash. Oraliq korxonalarga don dastlabki ishlov berilgan holda keltiriladi. SHunga qaramasdan donni tozalash va quritish oraliq korxonalarning asosiy jarayoni hisoblanadi. Oraliq korxonalar yirik don turkumlarini jo’natishga tayyorlaydi. Bu donlar ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bu korxonalar yirik don turkumlariga ishlov beradi va yuqori unumdorlikdagi texnologik va transport jihozlari bilan ta’minlangan.
Oraliq elevator korxonalari yirik temir yo’l stantsiyalarida, temir yo’l va suv yo’llari kesishgan joylarda quriladi. Bu korxonalar katta unumdorlikdagi donni qabul qilish va jo’natish jihozlari bilan ta’minlangan. Elevator sanoatining oraliq korxonalariga davlat don zahiralarini saqlashga mo’ljallangan elevatorlar kiradi. Davlat zahiralariga mo’ljallangan don uch – to’rt yil saqlanadi. SHu sababli donnnig sifatiga yuqori talablar qo’yiladi.
Ishlab chiqarish korxonalari un tortish, yorma, omixta yem, yog’, kraxmal - qiyomi va boshqa zavodlarni don bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Ishlab chiqarish korxonalari donni temir yo’l va suv transportidan qabul qiladi va saqlaydi, sifatini yaxshilaydi va donni qayta ishlashga jo’natadi. Ishlab chiqarish korxonalari, donni qayta ishlash korxonalarini uch – olti oy muddatga don bilan ta’minlaydi. Texnologik va transport jihozlari qabul qilish, jo’natish qurilmalarining quvvati korxonaning unumdorligiga bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga port elevatorlari kiradi. Port elevatorining asosiy jarayonlariga donni temir yo’l transportidan qabul qilish, donni eksport turkumlarini tayyorlash, qisqa muddat saqlash va suv transportiga yuklashdan iborat. Donni tozalash va quritish yordamchi jarayonlarga kiradi.
Ishlab chiqarish korxonalariga savdo tarmoqlarini don va uni qayta ishlash mahsulotlari bilan ta’minlovchi korxonalar kiradi. Bunday korxonalar don va uni qayta ishlash mahsulotlarini temir yo’l transportidan qabul qiladi, saqlaydi va asosan avtomobil transportiga jo’natadi.
Ko’pincha korxonalar o’zini asosiy vazifasidan tashqari ko’pgina vazifalarni ham bajaradi. Masalan, tayyorlov korxonalari donni qabul qilib operativ zahiralarni saqlaydi. Ko’pincha ular ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Tayyorlov korxonalari donni savdo tarmoqlariga chiqarish vazifasini bajaradi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə