"tasdiqlayman" 101-maktab direktori F. Xodjamova



Yüklə 69,09 Kb.
səhifə5/15
tarix19.06.2022
ölçüsü69,09 Kb.
#89737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
bayonnoma[1] (3)

MMIBDO’: M.Karimova
Yoshlar yetakchisi: T.Xaydarov

“TASDIQLAYMAN” 101-maktab direktori ________F.Xodjamova


O’zbekiston Yoshlar ittifoqi 101- o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich tashkiloti tomonidan o’tkazilgan “Eng faol sinf”, “Eng namunali sinf” loyihasi
BAYONNOMASI
18.10.2021 yil 101-maktab binosi

O’quvchilarni vatanparvarlikka o’rgatish, sinflarni birdamlikka chorlash, ularni jipslashtirish, turli tanlov va musobaqalarda bo’lgan ishtirokini kuchaytirish, sinfni va maktabni ozoda saqlash,atrof-muhit iflosligini oldini olish maqsadida sinflar o’rtasida “Enf namunali sinf”, “Eng faol sinf” loyihasi tashkil qilindi.


Bu loyihada sinflarni baholashda quyidagilar inobatga olindi:

  1. Sinf va Ittifoq burchaklarining mavjudligi va to’ldirilganligi -5 ball

  2. Sinf gazetasining to’ldirilganlik holati-5 ball

  3. Sinfdagi tabiiy gullarning mavjudligi-5 ball

  4. Sinf va o’quvchilarning tozaligi-5 ball

  5. Saflanishlardagi ishtiroki va davomati-10 ball

  6. Har kungi davomati-10 ball

  7. Turli tanlovlarda ishtiroki-10 ball

  8. Erishgan yutuqlari-maktabdagi-10 ball,tumandagi-30 ball,viloyatdagi-50 ball

  9. Sardorlar faoliyati-5 ball

  10. Formaning mavjudligi-5 ball

  11. Kundalikning yuritilishi-5 ball

  12. Darsliklarning mavjudligi-5 ball

Natijalar sarhisob qilindi. Natijalarga ko’ra “Eng namunali sinf” deb 9- “Eng ozoda sinf” deb “6”, “Eng faol sinf” deb “6-b”sinflar topildi va maktab yetakchisi tomonidan maxsus ko’chma nishon bilan taqdirlandi.
MMIBDO’: M.Karimova
Yoshlar yetakchisi: T.Xaydarov

“TASDIQLAYMAN” 101-maktab direktori ________F.Xodjamova




O’zbekiston Yoshlar ittifoqi 101- o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Giyohvandlik –asr vabosi” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
29.03.2021 yil 101- maktab binosi

O’quvchilarga giyohvandlik narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik ekanligini,u giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keluvchi, ushbu kasallik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’liqligini tushuntirish maqsadida maktab ma’muriyati va “Tinchlik” MFY bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktab direktori, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,Yoshlar yetakchisi,maktab hamshirasi,maktabning 10-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.


“Tinchlik” MFY uchastka inspektori Y. Pirmatov o’quvchilarga giyohvandlik oqibatida kelib chiqadigan kasalliklardan biri OITS haqida gapirdi.
U OITS virusi 1983 yilda aniqlanganligini,uning qaysi yo’llar bilan tarqalishi, OITS ga chalinganlarda qanday belgilar kuzatilishi,bu kasallikka chalingan bemorlarning holati,yashash tarzi, bugungi kunda necha kishi bu kasallik bilan og’riganligi, o’lim holatlari, kasalxonalarda qanday tartibda davolanishlari haqida ko’plab ma’lumotlar keltirdi.
Shundan so’ng maktab sardorlari tomonidan tayyorlangan tadbir namoyishi bo’lib o’tdi. Tadbirda vatanni madh etuvchi she’rlar,kuy-qo’shiqlar,sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.

Yüklə 69,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə