“Tasdiqlayman” 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: S. Alimova



Yüklə 25,25 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü25,25 Kb.
#158383
  1   2
18.11.2023 yil

“Tasdiqlayman”

10-umumiy o'rta ta'lim maktabi

direktori: _________ S.Alimova.

2023 yil 18 noyabr


Denov tumanidagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchi va o'qituvchilar yig'ilishi

B a yo n n o m a s i


2023 yil 18-noyabr № Yangiobod maxallasi



Yig'ilish raisi: S.Alimova – maktab direktori

Kotibi: F.Jumaev- maktabning MMIBDO'


Ishtirok etdilar: katta leytinant I.Xurramov – IIB JXX XPB VE va YOBIG inspektor psixolog, maktabning 8-9-10-11-sinf o'quvchilari

K u n t a r t i b i d a :


1.Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarining tarqalishiga qarshi kurashish to’g’risida
2. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalasi
3. ,,Davomat”, ,,Tig” tadbiri bo‘yicha profilaktik suhbat o’tkazish to’g’risida

Umumiy yigilishni maktab direktori S.Alimova ochib berdi.


So’z Voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor psixologi kata leytenant I.Sh.Xurramovga berildi.
U o’z so’zini Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarining tarqalishiga qarshi kurashish o’quvchilarning giyohvandik balosi haqida tushuncha va fikrlarini bilishdan boshladi. O’quvchilar bilganlaricha, atroflicha javob berishdi. Shundan so’ng o’z fikrlarini quyidagicha bayon etdi: O’zbekiston Respublikasida inson salomatligini saqlash, mustahkamlash va muhofazalashga yurtimizda katta e’tibor berilyapti. Lekin shuncha g’amxo’rlikka qaramasdan, yoshlar o’rtasida zararli hisoblangan psixoaktiv moddalarni (giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar) iste’mol qilish holati kuzatilib turilganini aytib o’tdi.
Voyaga yetmaganlar o’rtasida turli huquqbuzarliklar qatorida giyohvandlikka moyillikni kelib chiqish sabablari to’g’risida to’xtalib shunday dedi: “Mutaxasislar giyohvand moddalarni qabul qilish nimadan boshlanishi va keyinchalik qanday rivojlanishini aniqlashga harakat qildilar. Kimlarda narkotik qabul qilishi yuqori darajada va kimlarda past darajada ehtimolligini ajratishga imkon beradigan omillar aniqlandi. Ularni shartli ravishda 3 guruhga bo’lish mumkin: oila ichidagi; ijtimoiy (o’smirlar muhiti); shaxsga oid (xususiy).
Ushbu uch guruhga bo’lingan omillar tufayli inson giyohvanlikka duchor bo’lib qoladi. Boshlanishida ko’ngilxushlik tufayli sodir bo’lgan holat insonni tezda jaholat botqog’iga tortadi. Mana shunday uch asosiy omillarni bir-biriga uyg’unlashtiruvchi kuch bu maktab va u yerdagi ustozlar, mahalla va mahalladagi faollar, qolaversa birinchi navbatda oiladagi yaqinlar va ota-onalar, qolaversa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tibbiyot xodimlaridir. Bundan tashqari voyaga yetmaganlar o’rtasida turli xil huquqbuzarliklarni, jinoyatchilik kabi dolzarb mavzudagi suhbatlarni o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lardi. Agar mana shu aytib o’tilganlar hamjihatlikda ishlasak kelajagimiz bo’lgan yoshlarimizni giyohvandlik va OITS kabi bedavo illatlardan asrab qolamiz.
2-masala O’quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish joniga qasd qilmaslik turli xil oqimlarga kirib qolmasliklari uchun oila , mahalla va maktab hamkorligini kuchaytirish masalalariga a’loxida e’tibor beriltshini ta’kitlab o‘tdilar.
Shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatjilikni oldini olish javobgarlik to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan bugungi kunda voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik,huquqbuzarlik va o‘z joniga qasd va suiqasd qilish xolatlarini oldini olish, yoshlarni profilaktik nazorat qilish maqsadida ota-onalarni farzandlar tarbiyasida ko‘proq mahallaning xam roli kattaligi, ular bilan maktab-oila- mahalla tizimida ishlash yaxshi natija berishini aytib o‘tdi. Sinf rahbarlari ham ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lib borishlari aytib o‘tildi. Yoshlar tarbiyasida ijobiy o‘zgarishlarga erishish maqsadida ota-onalar va o‘qituvchilarga bir qator taklif va mulohazalarni bildirib o‘tdi,voyaga yetmagan yoshlarni turli ko‘ngil ochar maskanlarga bormasliklari,dars mashg’ulotlari tugagandan so’ng uyda qat’iy nazoratga olishlarini shuningdek kechqurun uydan chiqib besamar yurmasliklarini ta’kidlab o’tdi. Maktabda ham o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari borasida turli tadbirlarni, tashkil etib borish lozimligi aytildi.
3-masala yuzasidan maktabning MMIBDO` F.Jumayev maktabning yuqori sinf o’quvchlariga ,,Davomat”, ,,Tig” tadbiri bo‘yicha Profilaktika inspektori va inspektor psixolog profilaktik suhbat o’tkazdi. Maktabda ta’lim olayotgan 828 nafar o‘quvchilarimizni dars mashgulotlariga ishtirokini ta’minlash maqsadida xar kuni ertalabki yiginda va kun yarmida maktabni CHQBT rahbari B. Raxmatov tomonidan o‘quvchilarni kunlik davomatlari nazoratdan o‘tkazilib borildi.”Sinf soat”larida harakat havfsizligi,”Payshanba profilaktika va jinoyatchilikni oldiniolish kuni” munosabati bilan o’quvchilarga muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shularni hisobga olib, xafta davomida olingan davomatlar yuzasidan to’xtalib o‘tdi. Shu xafta ichida 8-10-11 sinflar o‘quvchilaridan 8 nafari sababsiz dars mashg’ulotlariga qatnashmaganligi ,,Davomat”tadbirida aniqlandi. Bulardan kurinib turibdiki, maktabning yuqori sinf o‘quvchilarida kunlik davomat pastligi 85-92 foizni tashkil etgan. Bu sinflarni sinf rahbarlariga o‘quvchilarni dars mashgulotlariga kelmasligi sabablarini aniqlab, ularni ota-onalari bilan aloqalarni mustaxkamlash kerakliga haqida gapirdi.
Yuqoridagilarni tinglab yig‘ilish



Yüklə 25,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə