Tarmoq xavfsizligi



Yüklə 305,53 Kb.
səhifə2/80
tarix27.12.2023
ölçüsü305,53 Kb.
#163603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Tarmoq xavfsizligi-hozir.org

Nazariy ma’lumotlar
Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:


Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.
Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.

Ishni bajarish tartibi



Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang
Cisco Pascet Tracer dasturida kompyuter va kommutator yordamida lokal tarmoq quring. (1.1-rasm). Jadvalga mos holda IP manzil beriladi

1.1-Rasm. Cisco Pascet Tracer dasturida lokal tarmoq sxemasi



Yüklə 305,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə