Tarixiy asarlarda qoʻllangan lingvistik birliklarning genderoenantiosemik jarayonlari xususida



Yüklə 33,69 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü33,69 Kb.
#136324
Germaniyaga A


TARIXIY ASARLARDA QOʻLLANGAN LINGVISTIK BIRLIKLARNING GENDEROENANTIOSEMIK JARAYONLARI XUSUSIDA
(Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asari misolida)
Asqarova Manzura Baxtiyor qizi
ORCID: 0000-0001-5880-5758
Uzbekistan Republic, Namangan davlat universiteti, o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti
Email: asqarovam53@gmail.com
Tel: +998974676063
Annotatsiya:
Kalit soʻzlar:
Gender – inglizcha “gender” – “zot” so‘zidan olingan bo‘lib, jins tushunchasini fiziologik voqelik ustqurmasi bo‘lgan ijtimoiy qurilma sifatida belgilaydi[1,185]. Gender tushunchasining kiritilishi eng umumiy ma’noda ikki tushuncha – biologik va ijtimoiy jins tushunchalarini farqlashga yordam beradi. Kundalik hayotimizda jins bilan bog‘lanmagan ko‘plab tushunchalar “erkaklarga xos” yoki “ayollarga xos” deb hisoblanadi. “Erkaklarga xos” yoki “ayollarga” xos tushunchalarni aniqroq farqlash uchun “feminlik” (ayollik) va “maskulinlik” (erkaklik) tushunchalari qabul qilingan. Sofiya Babayan bu haqda: “Gender ijtimoiy tushuncha. Ayol yoki erkakning benuqson timsoli berilgan, xronologik va geografik muhit rang-barangligi, milliy an’analari, etnopsixologiyasi, dini, tarixi va milliy mentaliteti va boshqalarda ifodalanadi” [2,44]– deb yozadi. Gender lingvistikasi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarida kattalar nutqi, o‘smirlar nutqi, bolalar nutqiga e’tibor qaratilgani holda, ayol va erkaklar nutqi, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar nutqi, badiiy asarlardagi gender munosabat borasidagi farqlanishlar; ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining bo‘linishi, xatti-harakat va individlarning psixologik tavsiflaridagi farqlar nazarda tutiladi. Erkak va ayollar nutqining yuzaga kelishida ularning psixologik xususiyati, yoshi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishi va oilaviy muhiti alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan gender lingvistikasi doirasida neyrolingvistik tadqiqot yo‘nalishini belgilash hozirgi davr tilshunosligining dolzarb muammosi hisoblanadi. Tilshunoslikda an’anviy tahlil usullarida kuzatishlar olib borilishi bilan birgalikda, uni sotsiologiya, psixologiya hamda boshqa fanlar bilan bog‘lovchi yangi tahlil usullariga qiziqish kuchaymoqda. Bu tahlil usullari bilan bog‘liq tilshunoslikda yangi zamonaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday yo‘nalishlardan biri – lingvogenderologiyadir. Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bunda ikkita masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari; til tizimida erkaklik va ayollik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor qaratiladi. Diskursning gender xususiyatlari haqida gap ketganda ayollar va erkaklar nutqida qo‘llaniluvchi leksemalarni qiyoslash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslarning kuzatishlaricha, tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan erkaklar tomonidan tez qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar nutqida ko‘proq va faolroq qo‘llanilar ekan[3,103-130]. Ayol kishi tabiatan nozik yaratilganligi sababli, suhbat jarayonida ham jozibador va bo‘yoqdor leksemalarni, shaxsiy munosabat ifodalovchi so‘zlarni, ayniqsa, ijobiylik semasiga ega bo‘lgan leksemalarni ko‘p qo‘llaydi. Masalan, Tegina begim aydi: “bu o’lg’an kishi erim bo’lur... man qo’rqqanimdan quduqqa tushub kettim”. (Temurnoma 48-bet) Odatda suhbat predmeti bir oz bo‘rttirilgan holda ko‘rsatiladi. So‘zlashuv jarayonida ayollarda emotsionallik kuchliroq bo‘ladi: hayratlanish,o’tinish”(yalinish), sevinish, hafa bo‘lish, qo‘rqish kabi ruhiyfiziologik holatlar yorqinroq aks etadi.Tegina begim moh ko’b zori qilib aydi: “Ey bobo, mani o’ldurmoqni qanday xohlayursan, manda gunoh bo’lsa, qornimdagi bolaning nima gunohi bor?” (Temurnoma 48-bet) yuqoridagi misolda ham ruhiy fiziologik holat yaqqol namoyon bo’lmoqda. Tilimizda shunday so‘z va iboralar borki, ular faqat erkaklar yoki ayollar tomonidangina qo‘llanilishi mumkin. Garchi o‘zbek erkaklari va ayollari nutqida qo‘llanadigan til birliklari yapon erkaklari va ayollari nutqida ishlatiladigan til birliklari kabi keskin farqlanib turmasa ham [4 , 15], bu haqda fikr yuritishga arzigulik farqlar topiladi. Ayollar nutqi erkaklar nutqidan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ancha farq qiladi. Ammo bundan maxsus ayollar tili yoki erkaklar tili mavjud degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Xotin-qizlar xarakteri uchun xos bo‘lgan xususiyatlardan biri his-hayajonlarining, holatlarining tez yuzaga chiqishida ko‘rinadi. Bu xususiyat ko‘proq nutqiy vositalar bilan ifodalanadi. Yana aydi: Amr qilurmankim, bu zihof biz uchun xo’b xayrli bo’lur. (Temurnomadan 56-bet) bunda hukmdor ya’ni xon (erkak ) nutqiga xos birlik mavjud.
Tilshunoslikda gender masalalarini o‘rganishda nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlari: yozma va og‘zaki matnlar tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Til va gender muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so‘zlashuvda ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko‘plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni beradi. Tilshunoslikda an’anviy tahlil usullarida kuzatishlar olib borilishi bilan birgalikda, uni sotsiologiya, psixologiya hamda boshqa fanlar bilan bog‘lovchi yangi tahlil usullariga qiziqish kuchaymoqda. Bu tahlil usullari bilan bog‘liq tilshunoslikda yangi zamonaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday yo‘nalishlardan biri – lingvogenderologiyadir. Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bunda ikkita masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari; til tizimida erkaklik va ayollik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor qaratiladi.
Erkaklar nutqida “birodar”, “bahodir”, “xonim” kabi undalmalar uchrasa, ayollar nutqida “xonimi bekam”, “xonzodam”, shuningdek turmush o‘rtog‘iga qarata “amirim” kabi murojaat shakllari mavjud. Amir Choku aydi: “Ey birodar, qay yurtdinsan?” (Temurnoma 49-bet). Oblo bahodir, cheriklaring munga qochti. (Temurnoma103-bet). Mazkur o’rinda bahodir so’zi undalma sifatida ajratilgani uchun gender murojaat shakllarini namoyon qilmoqda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Temur davrida “Bahodir” ham ism, ham mansab (harbiy jangovar bo’linmada), ham murojaat shakli sifatida namoyon bo’ladi. Asarda genderga xos bo’lgan xususiyatlardan insonning unvoni, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishi personajlar ismlarida o‘z aksini topadi. Masalan: Masalan, Alqissa, Tarag‘ay Bahodir nokli Qorayur nuyondin edi. (Temurnoma 43-bet) Qozonxon andog‘ zolim erdiki, kishini talab qilsa, avval xotin va bolalariga vasiyat qilib, keyin Qozonxonni oldiga borur erdi. Amir Choku barlosda davlatmand erdi. (Temurnomadan) Ammo Malikshox bahodir ko‘p g‘ani boy kishi erdi. Har ijnos mollari bor erdi. Yuqoridagi misollardan ma’lum bo‘ldiki, Tarag’ay “bahodir” (harbiy sarkardalarga beriladigan unvon), Qozonxon “xon” leksemasi uning xon unvoniga egaligi va boshqa ko’plab uslubiy ma’no qirralari mavjud ekanligini dalillaydi.
Gender tadqiqotlari – ayollarning xulq-atvori va ayollik xususiyatlarini, ularning ijtimoiy hayotdagi roli va ruhiy omillarini hisobga olmaganda, ayollar ijtimoiy tadqiqotlariga yaqin turadi. G.Sillaste ayollarni ishchi kuchi yoki ona va tarbiyachi sifatida o’rganishdan, ularning ijtimoiy roli va ruhiyatini hamma ko’p tomonlarini ijtimoiy tadqiqot qilishga o’tish kerak deb hisoblaydi.
Bunday yondashuvda ayollarning shaxs sifatida shakllanishi, ijtimoiy-madaniy faktorlarini taqqoslash, ayollar psixologiyasi va ayollarga xos jamiyat fikrlarining o’sib borishini yanada chuqurroq o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, bunda iqtisodiy va siyosiy aspektlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni va ularning oiladagi rolini inkor etib bo’lmaydi.
Bizning qarashimizcha, erkaklarning ustunligi va ayollarning cheklanganligi, ijtimoiy shart-sharoitlarini o’rganish, hozircha gender nazariy tushunchalarini tuzilishida asosiy bo’lib qolmoqda. Kelajakda genderga yondashuv faqat ushbu aspektlarnigina emas, andrologik muammolarni ham hal etish va qo’yish, erkaklar qiyofasini, ijtimoiy shart- sharoitlar tushunchasini, o’tmishda va hozirda erkaklarning ijtimoiy roli va bu qiyofaning tuzilishi, erkaklar psixologiyasi hamda jamiyat fikrini taqqoslash kabi umuminsoniy muammolarni qo’yishi va hal etishi zarur. Temurnomada ayollarning mavqeyi, Amir Temurning har sohada maslahatini oladigan insoni ham ayol bo'lganligi, asarning genderlingvistik jihatlarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir so’z bilan aytganda, Temurnoma ulug' shaxsning ulug'ligi ortida Ona (ayol), rafiqa (ayol) , kabi dono maslahatgo'ylarning mushtarak kuchlari mavjudligini ko'rsatadi. "Temurnoma" asarida gender masalasi alohida o'rin tutadi. Amir Temur qaysi yurtga yurish qilsa, ne imoratni qurishga jazm etsa, qandaydir nizolarnini yechish uchun albatta Saroymulkxonimning maslahatlarini tinglagan. Asarda ismlarda ham gender jihatlar namoyon bo'ladi: O'ljoy Turkon og'o amir qarorgohiga yuzlandi. (Temurnoma 52-bet) Mazkur o'rinda qo'llangan og'o leksemasi davr nuqtayi nazaridan ayollarga nisbatan qo'llangan. Hozirda esa Xorazm shevasida og'o, og'a aka ma'nosida qo'llanadi. M.Koshg'ariyning Devon-u lug'otit turk asarida og'o so'zi katta, ulug' deb izohlangan. Demak, asarda Uljoy Turkon og'o katta yoki ulug' xonim ma'nosida qo'llangan. Chindan ham Uljoy Turkon og'o Amir Temurning ilk xonimi, shuningdek, Amir Qazog'onning nabirasi xon avlodidan edi. Amir Temur Dilshod og'o birla zihof qildi. Bu o'rinda Dilshod so'zi bugungi kunda ham ism ma'nosida qo'llanadi. Biroq, ayollar uchun Dilshoda, Erkaklar uchun Dilshod ismi qo'llanilmoqda. Bundan ko'rinadiki, o'tmishda Dilshod ismi ayollar uchun ko'proq qo'llangan. Dilshod og'o, Dilshodi Barno va hok. Bu hodisa genderoenantesimik jarayon hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, erkak va ayol o‘rtasidagi genderologik farqlarni tarixiy- badiiy asarlarda, personajlar nutqida ham kuzatish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Э.Гидденс Социология. – Т. “Шарқ”. 2002., 185-бет.

  2. 2

  3. Гендер муносабатлар назарияси ва амалиётга кириш. –Т. “Ўзбекистон”. 2007.

Yüklə 33,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə