Taqdimot ishi mavzu: sezgi va uning psixologik mohiyati



Yüklə 476,85 Kb.
səhifə2/5
tarix13.10.2023
ölçüsü476,85 Kb.
#127398
1   2   3   4   5
sezgi va uning psixologik mohiyati

Ma`lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in`ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko`rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo`lsa, ular xuddi shundayligicha o`zgarishsiz aks ettiradi.


Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko`z, quloq, teri, burun kabilar), ta`sirotni eltuvchi (affe­rent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analiza­torlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fani so`nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko`rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir):1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya`ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
ichki a`zolar holatlarini in`ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a`zolarida, to`qimalarida joylashgan sezgilar, ya`ni interoretseptiv sezgilar;
gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma`lumot beruvchi, muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya`ni proprioretseptiv sezgilar.

Sezgilar o`zlariga adekvat mos bo`lgan qo`zg`atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanuvchi bilish jarayonidir. Ko`rish sezgisining adekvat qo`zg`atuvchisi havo to`lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron diapazondagi clektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu elektromagnit nurlanishlar ko`rish analizatorlarida ko`rish sezgisini vu­judga keltiruvchi asab jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilarining tebranish chastotasi 16 dan 20000 gacha bo`lgan tovush to`Iqinlari ta`sirining retseptorlarida aks etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo`zg`atuvchilarning teri yuzasidan ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo`lgan tebranishni aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in`ikos qilish orqali yuzaga keladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o`zlarining maxsus qo`zg`atuvchilariga egadirlar.


Yüklə 476,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə