Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə5/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867—1868 yillarda boshlangan.Yaponiya o‘z oldiga ikki vazifani qo‘yadi. 1—boyish. 2-G‘arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishi uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligi aytiladi. 1872 yili «Ta’lim haqida qonun» qabul qilindi. Bunda yapon ta’limi G‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtiriladi. 1908 yil Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo bo‘ldi. 1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi.
Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munitsipal,0,3% davlatniki dir.13 Ta’limning pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi 6 yillik boshlang‘ich ta’lim ,3 yillik kichik o‘rta maktab. U bepuldir. Yuqori bosqich o‘rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo‘limlari mavjud. O‘quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o‘qiydilar. Yaponiyada o‘quv yili 240 kun (AQSH 180).
O‘quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Darslar 7 soatdan o‘tiladi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U erda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar talaba to‘g‘ri keladi. 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi.
Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar. Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma oladilar va yana sinovdan o‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshiriladi. Bir Qator xususiy universitetlar o‘zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog‘chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4 yillik o‘qish 5-6 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin). Kollejlar:1-kichik kollej. 2-texnik kollej. 3-maxsus kollejlar. Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə