Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə6/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Buyuk Britaniyada so‘nggi yillarda ta’lim davlatning ijtimoiy siyosatida muhim o‘rin egallamoqda. Bu mamlakatning Angliya, Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya ga bo‘linishiga qaramay, ularda ta’lim tizimi tarixan o‘xshash tendensiyalarga ega. Biroq har bir mintaqa birbiridan ta’limga oid muammolarni hal qilishda o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya xalq ta’limining tarixi Rim imperiyasi hukmronligi davrlarini qamrab oladi. O‘rta asrlarda maktablar lotin savodxonligi uchun tashkil etilgan bo‘lib, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ustozlar va shogirdlar tizimi ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bu davrda ikkita universitet, biri Oksfordda, ikkinchisi Kembrijda ochilgan edi. Eduard IV qirolligi davrida savodxonlik (savod) maktab (gramma school)larining bepul tizimi shakllandi.
XIX asrning boshlarigacha Buyuk Britaniyaning maktablari cherkovlar huzurida bo‘lib, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bepul boshlang‘ich dunyoviy ta’lim joriy etildi. Mamlakatda, shuningdek, oliy va maxsus ta’lim ham rivojlandi. Poytaxtda London universiteti va Qirol kolleji (hozirgi London universiteti) faoliyat ko‘rsata boshladilar. Bulardan tashqari, XIX asrning oxirlarida yirik shaharlarda «Qizil g‘isht universitetlari (Redbrick university)» ochildi. Ularda aniq va muhandislik fanlari o‘qitilar edi. Qayd etish joizki, Buyuk Britaniyaning boshlang‘ich ta’lim tarixida «Yakshanba maktabi» jamoatchilik tomonidan ma’qullanib, bunday maktablar ommaviylashib bordi. 1798 yilda «Yakshanba maktablari jamiyati» tashkil etildi. O‘sha davrda Shotlandiyada 600 nafar, Angliya va Uelsda 5 mln. nafar bolalar bu maktablarda tahsil olar edilar.
Buyuk Britaniyada 1918 yilga kelib bepul xalq ta’limi joriy etildi. Umuman olganda, XIX asrda Angliyada umumiy xalq ta’limi tizimi shakllandi. Shuningdek, XIX asr oxirida mamlakatda kechki maktablar ham keng tarqalgan edi. 90-yillarda kasbiy va texnik maktablar keng rivojlana boshladi. Bular bilan birga XIX asrning ikkinchi yarmida «real maktablar» va «san’at maktablar»i ham shakllandi. XIX asrning o‘rtalarida qizlar uchun o‘rta maktablarda va 1860 yildan boshlab ayollarga universitetlarda o‘qishga ruxsat etildi.
1918 yilga kelib Angliyada 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘qishi majburiy qilib qo‘yildi. 20-yillarda mamlakatda «O‘rta ta’lim barcha uchun» degan shior ommaviylashdi va shu tariqa Buyuk Britaniyada xalq ta’limi takomillashib bordi.Ikkinchi Jahon urushidan keyingliyada quyidagi ta’lim tizimi shakllandi:
a) maktabgacha ta’lim;
b) boshlang‘ich ta’lim;
v) savodxonlik maktabi;
g) zamonaviy maktab;
d) texnik maktab;
e) umumlashtirilgan (uyushgan) maktab.
Buyuk Britaniyada bunday maktablardan tashqari xususiy maktablar ham uzoq davrdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ikkinchi Jahon urushidan keyin, ayniqsa 1960-yillarda Buyuk Britaniyada zamonaviy maktablarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tajriba ishlari keng olib borildi. Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad Angliyada jahondagi eng yuqori andozalarga javob beradigan ta’lim tizimini shakllantirish edi. Mazkur ishlarni bajarishga nafaqat pedagogik muassasalar, balki universitetlar ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bu ishlar zamirida Buyuk Britaniya ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish va ingliz ta’lim tizimini eng ilg‘or mamlakatlar darajasiga yitkazish yotar edi. Shunday qilib, mamlakatda yitarli darajada ixcham va mukammal zamonaviy ta’lim tizimi shakllandi.
Buyuk Britaniya ta’lim tizimida uning tayanchi bo‘lib hisoblangan boshlang‘ich ta’limga alohida e’tibor qaratilgan. Bu ta’lim shaklining tarixi ham XIX asrga borib taqaladi. Hozirgi davrda Buyuk Britaniyada kichik yoshdagi bolalar ta’limiga alohida e’tibor berilib, bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlari kengayib, bunday bolalar uchun adabiyotlarni chop ettirish ko‘lami ortib bormoqda. So‘nggi 35 yil davomida Buyuk Britaniyada maktabgacha ta’lim tizimida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ijobiy o‘zgarishlarning tavsifi va mazmuniga qarab, maktabgacha ta’limning taraqqiyotini ikki bosqichga: 1980-1996 yillar va 1997 yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan davrlarga shartli ravishda bo‘lish mumkin.
Maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishining birinchi bosqichi Buyuk Britaniya jamoatchiligining bolalarni maktabgacha tayyorlashning sifati, natijasi va barcha uchun mos kelishiga qaratilgan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishga qaratilgan. Bu davrda pedagoglarning diqqati maktabgacha ta’lim tizimining istiqbolda rivojlanishini «pastdan» boshlashga, ya’ni mazkur tizimdagi tarbiya maskanlarining dasturlarini takomillashtirishga qaratildi. Keyinchalik pedagoglar bu sohaning rivojiga tizimli yondashish zarurligini anglab, bu jarayonga davlat aralashuvi lozimligi, ya’ni sohaning rivojini «yuqoridan» amalga oshirish lozimligini tushunib yitdilar. Buyuk Britaniyada 1996 yilda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjat qabul qilindi.
Maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichida esa mamlakatda davlat va jamoatchilikning maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga oid dasturiy-uslubiy va me’yoriy-huquqiy majmuaviy hujjatlar (2007 yil) yaratilib amaliyotga tatbiq etildi. Bu davrda maktabgacha ta’lim tizimiga «bazaviy daraja» maqomi berilib, barcha bolalarning yuqori sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash yo‘nalishi belgilab olindi. So‘nggi yillarda Britaniya hukumati maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Chunki maktabgacha ta’lim tizimini mazmunan boyitish mamlakat kelajagini belgilaydi. Ayni paytda Buyuk Britaniyaning maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda pedagoglar va ota-onalarning roli katta bo‘lib, ular hukumatning bu sohadagi siyosatini belgilashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Umuman olganda bugungi kunda mamlakatda milliy xususiyat va an’analarni saqlagan holda maktabgacha ta’limga oid yangi o‘quv-metodik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib amalga tatbiq etilmoqda. Buyuk Britaniyada bazaviy-maktabgacha ta’lim tizimi dunyodagi eng ilg‘or o‘quv-uslubiy me’yorlarni o‘ziga singdirgan hamda u ta’limning boshqa tizimlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə