Talabalari uchun soliq va soliq


Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar



Yüklə 145,94 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü145,94 Kb.
#146879
1   2   3   4   5   6   7
javoblar

Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
2) aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi;
3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog’ida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash chog’ida olingan mablag’lar;
4) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag’lar; (jami 20 ta banddan iborat).
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Soliq kodeksiga muvofiq xarajatlar chegiriladigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi. Soliq kodeksiga muvofiq, yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog’liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Soliq to’lovchi tomonidan O’zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko’rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (Soliq kodeksining 333 - 336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlagan chiqimlar tushuniladi.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq, soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan, ular mavjud bo’lmaganda esa, soliq to’lovchi tomonidan belgilangan normalardan ortiqcha tovarlar yo’qolishi;
2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa tashkilotlarga joylarni tekin berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlarning qiymatini to’lash;
3) soliq to’lovchining jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari; (jami 36 ta banddan iborat).
6. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi. 7. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim
etish va soliqni toʻlash tartibi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.
Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.
Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

  • buxgalter yollash shart boʻlmaydi (bunda buxgalterga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari qisqaradi), shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi;

  • soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

  • bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari mavjud.
Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga oʻtishga haqli.
Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi.
Misol uchun, jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchi 2023-yil 1-apreldan boshlab yiliga 20 mln soʻm boʻlgan stavkada qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanladi. Mazkur holatda soliq summasi 12 ga boʻlinib, bir oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi aniqlanadi. Bunda, soliq summasi 9 oy uchun hisoblanadi va shu yil uchun soliq summasi 15 mln soʻmni tashkil etadi (20 mln soʻm/12 oy x 9 oy).
Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar soliq organiga shaxsiy kabineti orqali keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi yetarli boʻladi. 
Bunda soliq toʻlovchilar 2023-yil yanvar oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 25-yanvargacha taqdim etishga haqli.
Misol uchun, 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 20 mln soʻmlik qatʼiy stavkasini tanlashi mumkin.
Agar 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 30 mln soʻmlik stavkasini tanlashi lozim boʻladi.
Shuningdek, soliqning yiliga 20 mln so‘mlik stavkasini tanlagan soliq to‘lovchilar jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan taqdirda, soliqni 30 mln so‘mlik stavkada to‘lashga o‘tishlari lozim.
Misol uchun, yiliga 20 mln soʻmlik stavkani tanlagan soliq toʻlovchining jami daromadi 2023-yil 17-avgust kuni 500 mln soʻmdan oshgan. Mazkur holatda, jami daromadning koʻrsatilgan miqdordan oshishi roʻy bergan oydan boshlab soliq 30 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda:

  • yanvar – iyul oylari uchun yiliga 20 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib, (20 mln soʻm/12 oy)*7 oy= 11,7 mln soʻm;

  • avgust – dekabr oylari (5 oy) uchun esa 30 mln soʻm – 11,7 mln soʻm= 18,3 mln soʻm soliq toʻlanadi.


8. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq to'lovchisi, ularning jami daromadlari turlari, soliq solish ob'ekti va bazasi.
Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.
• O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
• Soliq solinadigan baza – soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi har bir soliq solish ob’ekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
Daromad solig‘ini to‘lash:
• daromad manbaida;
• daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni daromad manbaida to‘lash – jismoniy shaxsga soliqqa tortiladigan daromadni beradigan yuridik shaxs (to‘lov manbai) tomonidan to‘lanishi degani.
• Masalan, “ish beruvchi – xodim” munosabatlarida daromad manbai “ish beruvchi” hisoblanadi. Dividend to‘lashda esa korxona daromad manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, daromad solig‘ini hisoblash va to‘lashni yuridik shaxslar amalga oshiradi. Shu asnoda, daromad oluvchi jismoniy shaxs qo‘shimcha soliqlar to‘lash majburiyatlaridan holi.
• Jismoniy shaxslarning daromad manbaida ushlab qolinmagan daromadlari (mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar) deklaratsiya qilinishi kerak.
9. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solishning alohida tartiblari va soliq imtiyozlari tarkibi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bо‘yicha imtiyozlar 3 guruhga bо‘linadi:
        1. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari;


        2. Soliq solishdan tо‘liq ozod etiladigan jismoniy shaxslar;


        3. Qisman, ya’ni daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining tо‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bо‘yicha soliq solishdan ozod qilinadigan jismoniy shaxslar.



Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:

  1. Moddiy yordam summalari:
    favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari - tо‘laligicha;
    vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish haqining

yigirma baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda - soliq davri uchun eng kam ish haqining о‘n ikki baravarigacha miqdorda;
2) yо‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan tо‘liq yoki qisman qoplash summalari, turistik yо‘llanmalar bundan mustasno:
3) о‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) stasionar tibbiy xizmat kо‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan tо‘langan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat kо‘rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat kо‘rsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq tо‘langan taqdirda, shuningdek sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mо‘ljallangan naqd pul mablag‘lari bevosita xodimga, xodim yо‘qligida, uning oila a’zolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mо‘ljallangan mablag‘lar xodimning bankdagi hisobvarag‘iga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
4) О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining О‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari kо‘magida amalga oshirilayotgan bо‘lsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, fermer xо‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
7) О‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bо‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yо‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yо‘la beriladigan pul mukofoti;
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli о‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yо‘la beriladigan pul mukofoti;
9) sanoat mulki obyektlariga va seleksiya yutug‘i patentiga patent (lisenziya) egasi bо‘lgan jismoniy shaxsning patentni (lisenziyani) ularning amal qilish muddati doirasida, lekin foydalanish boshlangan kundan e’tiboran quyida kо‘rsatilgan davrdan kо‘p bо‘lmagan muddatda sotishdan olgan daromadi summasi:
ixtirolar va seleksiya yutug‘idan - besh yil davomida;
sanoat namunasidan - uch yil davomida;
foydali modeldan - ikki yil davomida;
10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bо‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini) realizasiya qilishdan olingan daromadlar, shuningdek amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan mol-mulkni sotishdan tushadigan daromadlar mustasno;
12) uy xо‘jaligida, shu jumladan dehqon xо‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, mо‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni sо‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar soliq tо‘lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizasiya qilingan mahsulot soliq tо‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi;

13) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;


14) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha bо‘lgan qiymatdagi:
xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar;
ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bо‘lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yо‘qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar va boshqa turlardagi yordam;
15) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxо‘rlariga (huquqiy vorislariga) tо‘lanadigan pul mukofotlari mustasno;
16) davlat zayomining obligasiyalari bо‘yicha yutuqlar, shuningdek О‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha foizlar, lotereya bо‘yicha yutuqlar;
17) depozit sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bо‘yicha daromadlar, shuningdek banklar va kredit uyushmalaridagi omonatlar bо‘yicha foizlar hamda yutuqlar;
18) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bо‘yicha organning xulosasi bо‘lgan taqdirda, yuridik shaxsdan - grant oluvchidan olgan grant summasi;
19) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini olish uchun yо‘naltiriladigan summalari, shuningdek dividendlar tarzida olingan va dividend tо‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yо‘naltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qо‘llanilganidan sо‘ng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda), mazkur mol-mulk sotilganda yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) о‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak;
20) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining о‘n ikki baravari miqdori doirasida tо‘lanadigan ishdan bо‘shatish nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, hayriya va ekologiya jamg‘armalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi tо‘lovlar;
21) olingan alimentlar;
22) fuqarolarning sug‘urta tovoni sifatida oladigan summalari;
23) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan tо‘lanadigan stipendiyalar;
24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq tо‘lash bо‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik kompensasiya pul tо‘lovlari;
25) davlat pensiyalari;
27) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bо‘yicha foiz daromadlari, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tо‘lovlari;
28) fuqarolarning soliq solinadigan va О‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bо‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulkni sug‘urta qilish hamda hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bо‘yicha sug‘urta mukofotlari tо‘lovi uchun yо‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari;
29) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga - yuridik shaxsga uning majburiyatlarini bajarish uchun yо‘naltiriladigan daromadlari summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tо‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qо‘llanilmaydi va soliq summasi imtiyoz qо‘llanilgan butun davr uchun tо‘liq miqdorda undiriladi;
30) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalari:
yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki kо‘p kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bо‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yо‘naltirilganda;
"Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankining kreditlari hisobiga qishloq joylarida namunaviy loyihalar bо‘yicha yakka tartibda uy-joy quruvchi shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bо‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yо‘naltirilganda.
31) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
О‘zbekiston Respublikasi oliy о‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (о‘zining о‘qishi yoki yigirma olti yoshga tо‘lmagan farzandlarining о‘qishi uchun) yо‘naltiriladigan summalari;
О‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yо‘naltiriladigan summalari.
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar tо‘liq ozod qilinadi:
1) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning о‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular О‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bо‘lmasa, - О‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bо‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bо‘yicha;
2) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning о‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmasa yoki О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - О‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bо‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bо‘yicha;
3) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat kо‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmasa yoki О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - о‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bо‘yicha;

4) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmasa yoki О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - о‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bо‘yicha;


5) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari - agar ular О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bо‘yicha;
6) О‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shuningdek о‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar - xizmatni о‘tash (xizmat vazifalarini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa tо‘lovlar summalari bо‘yicha;
7) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bо‘lgan xodimlari - ularning xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan olgan daromadlari bо‘yicha;
8) gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasi bо‘lgan shaxslar - ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bо‘yicha.
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining tо‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bо‘yicha) ozod qilinadi:
1) "О‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bо‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941-1945 yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bо‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bо‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli nogiron bо‘lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan bо‘lgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan bо‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti bо‘yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar.
2) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda о‘tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bо‘lib, 1941-1945 yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bо‘yicha boshqa jangovar operasiyalarning qatnashchilari, 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentrasion lagerlarning sobiq yosh tutqinlari.
3) Leningrad shahrida 1941 yil 8 sentabrdan 1944 yil 27 yanvargacha qamal davrida ishlagan fuqarolar.
4) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bо‘lib, xizmat vazifalarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bо‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida nogiron bо‘lib qolganlar.
5) bolalikdan nogiron bо‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari.
6) о‘n va undan ortiq bolasi bor ayollar.
7) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa vazifalarini bajarish paytida yaralanganligi, kontuziya bо‘lganligi yoxud shikastlanganligi oqibatida yoki frontda bо‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bо‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari.
8) xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bо‘lgan qо‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida о‘tagan harbiy xizmatchilar hamda о‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar.
9) Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar.
10) ikki va undan ortiq о‘n olti yoshga tо‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar.
11) ikki va undan ortiq о‘n olti yoshga tо‘lmagan bolalari bor va boquvchisini yо‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.
12) bolaligidan nogiron bо‘lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam stavka bо‘yicha soliq solinadi:
baland tog‘li, chо‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffisiyentlar bо‘yicha qо‘shimcha tо‘lovlar tariqasida olingan daromadlarga. Bunda chо‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar xodimlarining ish haqiga koeffisiyentlar hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash paytidagi holatga kо‘ra belgilangan eng kam ish haqining tо‘rt baravari miqdorida belgilanadi;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xо‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga.
Mehnat sharoiti о‘ta zararli va о‘ta og‘ir ishlarda band bо‘lgan ayollarning daromadlaridan olish darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim. Mehnat sharoiti о‘ta zararli va о‘ta og‘ir ishlar rо‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
10. Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi Morris Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i 1968 yildan boshlab joriy etildi.
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yev­ropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qil­indi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.

  • XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yev­ropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qil­indi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.

O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi - yetkazib beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi.
Ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’iy nazar hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi
1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo’lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo’lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o’zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra hisoblab chiqariladi.


Yüklə 145,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə