Talaba yoshlarda badiiy-estetik va ma’naviy kamolotini shakllantirishda musiqa san’atining tutgan o’rni



Yüklə 22,77 Kb.
səhifə1/2
tarix25.05.2023
ölçüsü22,77 Kb.
#112776
  1   2
falsafa


TALABA YOSHLARDA BADIIY-ESTETIK VA MA’NAVIY
KAMOLOTINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA SAN’ATINING
TUTGAN O’RNI.
TMI, KBXA

Annotatsiya: Maqolada musiqa san`ati talaba shaxsining badiiy-estetik va
ma`naviy kamolotini shakllantirishda buyuk ajdodlarimizning ulkan tarbiyaviyta`sirchanlik xususiyatlari haqidagi qarashlari, ilmiy asoslangan fikr-mulohazalari asoslangan holda bugungi kunda ulardan yosh avlod ma`naviy kamolotida foydalanish holati, muammo va imkoniyatlari tahlil qilingan. Shu o‟rinda ta`lim va tarbiya jarayoniga tadbiq etishda yanada samarali natijalarga erishish imkonini beruvchi ilmiy asosli tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so’zlar: xalq musiqa merosi, milliy g`oya, mafkura, ta`lim, tarbiya,
shaxs ma`naviy kamolot, umumta`lim maktablari, dars va darsdan tashqari
faoliyat, pedagogik talab va mezon.

Bugungi kunda oliy o`quv yurtlarining vazifasi jamiyat uchun nafaqat bilimli, malakali mutaxassislarni, balki shu bilan birga ma`naviy va axloqiy barkamol avlodning tarbiyasi uchun mas`ul pedagog-murabbiylarni yetishtirishdan iboratdir. Bunday mas`uliyatli maqsadni amalga oshirishda oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan fanlarning o`zi yetarli emas. Talabalarni har tomonlama yetuk ziyoli, madaniyatli va yuksak ma`naviyatli tarbiyachilar bo`lib yetishishlari, ularni insoniyat yaratgan moddiy va ma`naviy boyliklardan, san`at asarlaridan iloji boricha keng bahramand bo`lishlarini taqozo etadi. O`tmishda yashab o`tgan ulug` ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Muso Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariy, Ahmad Yugnakiy, Al Buxoriy, At Termiziy, Mirzo Ulug`bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi allomalarning ilmiy va ma`naviy merosidan yoshlarni keng bahramand qilib borish, shuningdek yaqin o`tmishda yashab ijod qilgan Abdulrauf Fitrat, Abdulhamid Cho`lpon, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabilarning ta`lim-tarbiyaga oid asarlarini, ularda ilgari surilgan g`oyalar, pedagogik fikr va qarashlarni zamonaviy ta`lim-tarbiya mazmuniga bog`lash natijasida yaxshi samaraga erishish mumkin.


Tarixiy va ilmiy manbalarni o`rganish, tahlil qilish shuni ko`rsatadiki nomlari zikr etilgan buyuk siymolar o`zlarining ilmiy va pedagogik qarashlarida shaxs kamolotida musiqa san`atining keng imkoniyatlarga ega ekanligini etirof etganlar, ko`pchiligi esa bevosita musiqaga oid maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borishgan, musiqa bilan shug`illanib, uning nazariy, amaliy va tarbiyaviy asoslari to`g`risida ko`plab risola va traktatlar yozganlar. Chunonchi, buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiyning ilmiy merosi ro`yxatida uning musiqa sohasiga oid bir qancha asarlarini ko`ramiz. “ Musiqa haqida katta kitob”, “Ohanglar tasnifi haqida kitob”, “Musiqa haqida so`z”, “Ohangga qo`shimcha qilingan so`z” kabi asarlar shular jumlasidandir.

Bizga ma`lumki, pedagogika oily o`quv yurtlarida asosan umumiy o`rta ta`lim maktablari, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta`lim muassasalari uchun mutaxassis o`qituvchi-murabbiylar tayyorlanadi. Bugungi talabalar ertangi tarbiyachi-murabbiylardir. Shuning uchun ham bu dargohlarda faoliyat ko`rsatuvchi fan o`qituvchilari o`z sohasi bo`yicha talabalarga ta`limtarbiya berar ekan, tarbiyaning barcha qismlari qatori estetik tarbiyaga ham eng mas`uliyatli vazifa sifatida qarashlari kerak bo`ladi. Zero, Prezidentimiz I.Karimov haqli ravishda ta`kidlaganlaridek: “Bugungi kundagi ta`lim va tarbiyani musiqa san`atisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta, bu maqsadga musiqa san`atisiz erishib bo`lmaydi”.


Kuzatuvlarimizda shu narsa aniq bo`ldiki, pedagogika oliy o`quv yurtlarida talabalarni estetik tarbiyalash borasida o`ziga yarasha muammolar bilan birga keng imkoniyatlar ham mavjud. Ayniqsa, musiqa san`atiga doir to`garaklar, badiiy ijodga qiziquvchi yoshlarni o`z atrofiga uyushtirgan havaskorlik dastalari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda juda kam bo`lsa-da, oliy o`quv yurtlarida ashula, raqs, milliy cholg`u sozlarini o`rganish, millliy cholg`u, vakal cholg`u dastalari, xor ijrochiligi, drama, raqs, maqomchilar ansambli kabi to`garaklar faoliyat ko`rsatayotgani shundan dalolat beradi. Talabalar o`qishdan keyingi paytlarda ana shunday to`garaklarga qatnashadilar. Bu jarayonda estetik tarbiya musiqa san`atining turli ko`rinishlari bilan uyg`unlashib, talaba yoshlarning badiiy-estetik va o`z o`rnida g`oyaviy, ma`naviy tarbiyasiga samarali ta`sirini o`tkazadi. Bu hol mashg`ulotlar jarayonida yanada samarali zohir bo`ladi, fanlarni o`zlashtirish, ularning o`zaro aloqadorligini taminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Badiiy havaskorlik to`garaklaridagi mashg`ulotlar yoshlarni go`zallikga, atrof va voqelikni estetik qonuniyatlar asosida tushunish, baholash, va ularga nisbatan xayrixohlik tuyg`usini o`stiradi. Bu o`z navbatida estetik didlar bahsiga olib keladi. Bahs esa rivojlanishning o`ziga yarasha qonunidir.
Milliy nafosat va milliy axloq, milliy etika o`zbek xalqining ma`naviy ravnaqida naqadar salmoqli o`ringa ega bo`lganligi bois, estetik va axloqiy tarbiya ham yoshlarning ma`naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishlarida bebaho vositalardir. Shuning uchun ham oliy o`quv yurtlarida badiiy havaskorlik to`garaklariga munosabatni tubdan o`zgartirish, ularda talaba yoshlarni imkon qadar keng, kerak bo`lsa ommaviy holda jalb qilish choralarini ko`rish, musiqa va san`atning turli yo`nalishlari bo`yicha tizimli mashg`ulotlar jarayonida ularning madaniy, ma`naviy va estetik kamolotini shakllantirish, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda samarali pedagogik uslublardan foydalanib ish tutish lozim bo`ladi. Bu o`rinda bizning nazarimizda eng avvalo oliy pedagogik ta`lim tizimidagi badiiy havaskorlik to`garaklari bilan madaniyat muassasalari taniqli xonandalar, sozandalar va bastakorlar bilan o`zaro ijodiy aloqasini yo`lga qo`yish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Prezidentimiz Islom Karimov musiqa san`ati haqida shunday yozadi: “Hozirgi kunda musiqa san`ati boshqa san`at turlariga qaraganda yoshlar tarbiyasiga ko`proq va kuchliroq ta`sir ko`rsatmoqda”. Haqiqatdan ham hozirgi kunda san`at bilan, xususan musiqa san`ati bilan har kuni muloqotda bo`lmaydigan kishini tasavvur qilib bo`lmaydi. Bunda radio, televideniya va boshqa vositalarning benazir xizmati cheksizdir. Lekin, musiqani shunchaki tinglash bilan uni ma`lum tizimda rejalashtirilgan izchil mashg`ulotlar jarayonida tinglab, ijro etib, u haqidagi kerakli ma`lumotlar (asar mavzusi, janri, g`oyaviy badiiy mazmuni, ijro uslubi, an`analari, qanday holat, vaziyatlarda ijro etilishi, mualliflari, yaratilgan davri, badiiylik xususiyatlari, mohir ijrochilari va hokazo) bilan tanishib borish o`rtasida juda katta farq bor. Musiqa inson ma`naviy dunyosiga, badiiy-estetik didi va ehtiyojlarini o`sishiga bir xil bo`lmasa-da ko`tarinki ta`sir etadi. Ana shu ijobiy ta`sir to`garak va dastalarning qatnashchilarida oddiy tinglovchilardagiga nisbatan bir necha barobar kuchliroq va samaraliroq kechadi. Chunki, to`garak va dastalarning qatnashchilari ijodiy jarayonda faol ishtirok etadilar, badiiy obrazlar, musiqani ifodaviy xususiyatlari jozibasini ichki tuyg`ulari bilan juda yaqin muloqot va munosabatda his etadilar. Ular bilan musiqaning badiiylik xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyatini anglash, badiiy emotsional tushunish borasida maxsus ishlar olib boriladi. Musiqa san`atining, xususan xalq musiqa merosining talabalar ongi, irodasi, sezgisi, tafakkuri, hissiy, musiqiy idrokiga ta`siri murakkab psixologik jarayon bo`lib, buni o`rganilayotgan yoki tinglanayotgan musiqa asarining kuyi, matni, ijroning badiiy mahorati bilan izohlash mumkin.
Masalan, Alisher Navoiy g`azali bilan “Munojot” kuyga solib aytiladigan “Ul sarvi gulru kelmadi” asarini qarab ko`raylik. Ushbu ashulaning kuyida ashula matnining chuqur lirik va g`amginligi aks etadi. Bu ohangdor, hazin ifodali kuyda ko`rinadi. Kuyning sokin, bir maromdagi ijrosi asta-sekin kuchli hissiy hayajonlanish tomonga rivojlana boradi. Asar kuyida xalq musiqasining betakrorligi, shu bilan birga ashula matnining g`oyaviy mazmuniga g`oyat moyilligi namoyon bo`lib, tinglovchini sehrlab oladi. She`riy asar sifatida ashulaning matni va ritmikasi kuyga tarkiban ravishda uyg`unlashadi, kuyning badiiy bezalishi ham (nola, qochirim, milliy bo`yoqlar) asarning estetik ahamiyati va ta`sirini oshirishda muhim rol o`ynaydi.
Qo`shiqning matni, g`oyaviy mazmuni haqida mutaxassislarning tahliliy suhbatlari asarning estetik va tarbiyaviy qimmatini oshirishda muhim rol o`ynaydi. Badiiy havaskorlik to`garaklarida mana shu jihatlar e‟tiborga olinishi natijasida xalq qo`shiq va kuylari, xususan, mumtoz va maqom namunalariga yoshlarda ongli munosabat, ularning mazmuni, mohiyati, badiiy qimmatini anglash, qadrlash shakllanadi. Shuning uchun ham musiqa san`atiga doir badiiy havaskorlik to`garaklarida talaba-yoshlarning musiqiy ijrochilik qobiliyatlari bilan birga musiqiy didi, estetik dunyoqarashi, tafakkuri, fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Bularning barchasi pedagogik muammo sifatida kompleks tarzda yo`lga qo`yilgandagina kutilgan natija beradi.


Yüklə 22,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə