Takrorlash va munozara uchun savollar


Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi



Yüklə 157,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix24.12.2023
ölçüsü157,76 Kb.
#158311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
11-mavzuBHH

 
5.Boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 
Byudjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari bo‘yicha akkreditivlar, yo‘ldagi pul 
mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida belgilab 
qo‘yilgan.Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu xujjatni mijozning 
topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra 
akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday 
to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda 
ko‘zda tutilgan xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib 
qo‘yiladi. Akkreditiv asosan mol yetkazib beruvchining taldabiga muvofiq ochilishi mumkin. Mol 
yetkazib beruvchi nomiga akkreditiv ochilganda yetkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar 
uchun to‘lov kafolatlanishi ta’minlanadi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: 
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan); 
- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan. 
Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to‘lovchining o‘z mablag‘larini yoki unga 
berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga «Akkreditivlar» 
degan alohida balans hisobvarag‘iga qo‘yish uchun mahsulot yetkazib beruvchi banki (ijrochi 
bank) ixtiyoriga o‘tkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv hisoblanadn. 
Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan hollarda qoplanmagan 
(kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan 
butun akkreditiv summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan ochilishi mumkin. 
Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq 
ko‘rsatilishi kerak. Agar shunday ko‘rsatma bo‘lmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan deb 
hisoblanadi. 
Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot yetkazib 
beruvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Akkreditiv faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun ochilishi 
mumkin. 
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to‘lovchi bilan mahsulot 
yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar 
ko‘rsatilishi zarur: 
• emitent bank nomi; 
• akkreditiv turi va uni ijro etish usuli; 


• akkreditiv ochilgani to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchiga xabar qilish usuli; 
• akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etadigan 
xujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi: 
• tovar jo‘natilgandan keyin xujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni 
rasmiylashtirishga doir talablar; 
• boshqa zarur xujjatlar va shartlar. 
Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga ko‘ra va boshqa bank bilan 
o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi. Mahsulot yetkazib 
beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi. 
Akkreditiv ochmoqchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent 
bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada to‘lovchi quyidagilarni ko‘rsatishi 
shart: 
• akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami
• akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va oy); 
• mahsulot yetkazib beruvchining nomi; 
• akkreditivni ijro etuvchi bank nomi; 
• akkreditiv ijro etiladigan joy; 
• akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar o‘tjazilishiga asos bo‘ladigan xujjatlarning to‘liq va aniq 
nomi, ularni taqdim etish muddati va rasmiylashtirish tartibi (to‘liq batafsil ro‘yxat arizaga ilova 
qilinishi mumkin); 
• akkreditiv turi va unga doir zarur ma’lumotlar; 
• akkreditiv qanday tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun ochilayotgani, 
tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) muddati; 
• akkreditiv summasi; 
• akkreditivni amalga oshirish usuli. 
Elektron to‘lov xujjatini to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun to‘lovchilar mahsulot yetkazib 
beruvchidan akkreditiv bo‘yicha uning nomiga ochilgan hisobvaraq raqamini aniqlab olishlari 
kerak. 
Akkreditiv ochish to‘g‘risidagi ariza akkreditiv shartlarini bajarish uchun to‘lovchi bankiga 
zarur mikdordagi nusxalarda taqdim etiladi.Bank muassasasiga kelib tushgan akkreditivlar 
hisobini yuritish uchun to‘lovchi bankida «puli to‘lanadigan akkreditivlar» degan balansdan 
tashqari hisobvaraq ochiladi. 
Mol yetkazib beruvchi akkreditiv ochilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin 
xaridorga maxsulotni jo‘natadi yoki ish va xizmatlani ko‘rsatadi. Maxsulot jo‘natilganligi yoki ish 
va xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi xujjatlar mol yetkazib beruvchi tomonidan xizmat 
ko‘rsatuvchi bankiga taqdim etadi va bank akkreditiv qilingan summani mol yetkazib beruvchi 
hisob raqamiga o‘tkazib qo‘yadi.
udjet tashkilotlarida akkreditiv hisob shakli asosan xorijiy tashkilotlar bilan 
hisoblashuvlarda qo‘llaniladi. 
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o‘tkazmalari va boshqa hollarda yo‘ldagi pul 
jo‘natmalari hisobi yuritiladi. Xozirgi kunda byudjet tashkilotlari asosan shahsiy hisobvarag‘idan 
naqt pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlaridan olingan cheklarni banklar tomonidan to‘lab 
berilishi jarayonida yo‘ldagi pul mablag‘lari ko‘rinishida aks ettirmoqda.
Pul xujjatlari bo‘yicha dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli 
to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, 
mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobi yuritiladi.

Yüklə 157,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə