Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 307-guruh talabasi


‘simliklar biologiyasi, genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə5/8
tarix13.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86988
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishi

0‘simliklar biologiyasi, genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish hamda yangi navlar yaratish muddatini qisqartirishdek o‘ta dolzarb masala sohasidagi tadqiqotlar 0‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot institutida professor Y. Ikromov va uning shogirdlari (S. Berdiyev, S. Usmonov, A. Saidkarimov) tomonidan samarali amalga oshirildi. Institutning butun yil davomida tajriba qo‘yish imkeniyatiga ega bo‘lgan noyob «Fitotron» seleksion-issiqxona kompleksida olib borilgan ko‘p yillik tajribalar natijasida bir yilda g‘o‘zaning uch avlod genetik materiallari olinib, uning seleksiya jihatidan, xo‘jalikda ahamiyatli va kasalliklarga chidamlilik belgilari bo‘yicha tahlil qilish va baholashning ekspress (tezkor) metodlari yaratildi. Bu sohadagi tadqiqotlar natijasiga asoslangan seleksiya jarayonini jadallashtirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar yaratildi va amaliyotga tavsiya etildi. 384 G‘o‘za o‘simligi genetikasining dolzarb muammolari qatoriga g‘o‘zaning introgressiv liniyalarini yaratish va ulardan g‘o‘zaning yangi genotipida geografik uzoq yarim yovvoyi va yovvoyi turlarining adaptiv belgilarining genlarini mujassamlashtirgan navlar yaratishning metodik asoslarini ishlab chiqish ham kiradi. Bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlar G V za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida A. E. Egamberdiyev rahbarligida, 0 ‘zMU Genetika va sitoembriologiya kafedrasi va Genetika va 0 ‘EB institutining hamkorligida tashkil etilgan «Genetik o‘quv-ilmiy markaz»da D. A. Musayev rahbarligida A. T. Saidkarimov, H. A. Ahmedov va ulaming hamkasblari tomonidan olib borilmoqda. G V za genetikasi va seleksiyasida eng dolzarb masalalar qatoriga vatanimizda ekilayotgan G.hirsutum L. turiga mansub o‘rta tolali navlar fondini yangi, tola sifati ayrim belgilari bo‘yicha ingichka tolali navlar darajasiga ko‘tarilgan serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli istiqbolli navlar yaratish muammosini yechish masalasi ham kiradi. Bu sohadagi fundamental ilmiy tadqiqot ishlari Genetika va 0‘EB instituti, G V za seleksiyasi va urug‘chiligi, Paxtachilik institutlarida hamda 0‘zbekiston Milliy universitetida olib borilmoqda. Bu sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlaming dastlabki natijalari g V za genetikasining bu o‘ta murakkab muammosini hal etishda ham gVzaning introgressiv liniyalar kolleksiyasidan foydalanish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Xo‘jalikka ahamiyatli bo‘lgan gV za miqdoriy belgilaming genetikasini variatsion-statistik metodlami qo‘llash yo‘li bilan N. G. Simongulyan va boshqalar o‘rgangan. G Vzaning sitogenetikasi va sitoembriologiyasi sohasida fundamental tadqiqotlar taniqli olimlar L. G. Arutunova, Z. M. Pashenko, V. A. Rumi, N. A. Vlasova va M. F. Sanamyanlar tomonidan olib borildi va olib borilmoqda. G V za o‘simligining biokimyoviy genetikasi sohasida akademik A. P. Ibragimov, professorlar A. A. Axunov, Sh. Yunusxanov, R. K. Shodmonovlar e’tiborga sazovor ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. G V z a o‘simligi vilt kasalligining fiziologiyasi va genetikasi sohasidagi tadqiqot ishlarini akademik S. M. Mirahmedov, professor 385 М. X. Avazxodjayev, F. V. Voytenok samarali olib bordilar. Ayniqsa, S. M. Mirahmedovning bu sohadagi ishlari natijasida yaratgan Toshkent-1, Toshkent-3, Toshkent-6 navlari 0 ‘zbekistondagina emas, balki 0‘rta Osiyo g‘o‘za ekuvchi respublikalarida ham katta muvaffaqiyat qozondi. G‘o‘zaning yangi navlarini yaratishning samarasini oshirish maqsadida yetakchi olimlar - Sh. I. Ibragimov, N. N. Nazirov, O. J. Jalilov, A. E. Egamberdiyev, M. Q. G‘ulomov va boshqalar eksperimental mutagenezni samarali qo‘llab, g‘o‘zaning yangi istiqbolli navlarini yaratdilar. Prezidentimizning tashabbusi bilan don mahsulotlari bo‘yicha ham mustaqil iqtisodiy siyosat olib borish uchun mamlakatimizda bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va boshqa donli ekinlar ekish maydonini kengaytirish va ulaming yangi yuqori sifatli mahsulot beruvchi navlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Masalan, bug‘doy o‘simligining yangi navlarini yaratish sohasida genetik-seleksion va urug‘chilik bo‘yicha ilmiy institutlar, laboratoriyalar tashkil etildi. Bug‘doyning yangi navlarini yaratishda J. Xudoyqulov, S. Boboyev, A. Omonov, A. I. Kovalyev va boshqalaming xizmati katta bo‘ldi. Sholi biologiyasi, genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha P. A. Pulina, S. Rixsiyeva, T. Boboniyozov, U. Abillayev, Т. E. Is’hoqovlar samarali xizmat qildilar. Makkajo‘xori biologiyasi, genetikasi va seleksiyasi sohasida I. Massino rahbarligidagi olimlar samarali xizmat qilmoqdalar. Keyingi yillarda M. F. Abzalov shogirdlari bilan soya o‘simligi biologiyasi va genetikasi bo‘yicha fundamental tadqiqotlami bajarib kelmoqda, soyaning genetik kolleksiyasi yaratila boshlandi, oqsil, yog‘, vitaminlarga boy bo‘lgan «Genetik» navi yaratildi. 0 ‘zbekistonlik olimlaming, ayniqsa, meva va tok o‘simliklari biologiyasi, genetika va seleksiyasi sohasida akademik M. Mirzayev, professorlar P. K. Soldatov, M. S. Juravel, A. A. Ribakov, S. S. Kalmikov va boshqalaming xizmati katta. 0 ‘zbekistonda limon-sitms o‘simligining yangi navlarini yaratishda Z. Faxrutdinovning xizmatlari tasannoga sazovor. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka biologiyasi, genetikasi 386 va seleksiyasi sohasida atoqli olimlar D. Abdukarimov, A. S. Shukina, М. I. Kulakova, A. S. Hakimovlar samarali xizmat qildilar. Bu o‘simliklaming yangi navlari yaratildi. 0‘zbekistonda xonakilashtirilgan hayvonlarning genetikasi va seleksiyasi sohasida ham e’tiborga sazovor ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, ipak qurti genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha fundamental ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, tut ipak qurtida jinsni boshqarish metodlari yaratildi, natijada ipak qurtining yuqori sifatli tola beruvchi serhosil zotlari yaratilib, amaliyotga samarali qo‘llanildi. Dunyo olimlari tan olgan bu genetik tadqiqotlarni akademiklar B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasrillayev va ularning shogirdlari S. S. Lejenko, X. Rasulov, A. Yoqubov, R. Qurbonovlar tomonidan amalga oshirildi. Klassik genetik usul bilan irsiyatni o‘zgartirishda ikki xil genotipli organizm chatishtirilganda ularning barcha xo‘jalik uchun molik va molik bo‘lmagan genlari o‘zaro rekombinatsiyalashadi. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi boshqa ko‘p genlar ham o‘tadi. Gen muhandisligi usullari orqali irsiyati o‘zgartirilgan o‘simliklarda esa faqat inson manfaatlariga mos keladigan belgixossalar mujassamlashgan bo‘ladi. Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobakterium hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi. Agrobakteriyaning ayrim turlari (Agrobacterium tumefaciens) ikki urug‘pallali o‘simliklarni zararlab, ularda shish keltirib chiqarishi mumkin.




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə