Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 307-guruh talabasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə3/8
tarix13.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86988
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishi





II. Asosiy qism


O’zbekistonga genetika fanining kirib kelishi

0 ‘zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N. I. Vavilovning o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, uning madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta’limoti hamda N. I. Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq ittifoqda dunyoda eng boy o‘simliklar genofondidan iborat madaniy o‘simliklar va ularning yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasimng yaratilishi 0 ‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genetikasi va seleksiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun asos bo‘ldi. 0 ‘zbekistonda genetika fanining aksariyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali bo‘lishida 0 ‘zbekistonda ko‘p yillar ishlagan mashhur olimlar - akademiklar B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov hamda rossiyalik olimlar - akademiklar N. P. Dubinin, V. A. Shumniy, professorlar - М. E. Lobashev va D. V. Ter-Avanesyanlaming xizmati katta bo'ldi. 0 ‘zbekistonda madaniy o‘simliklar dunyo kolleksiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar O‘zbekiston o‘simlikshunoslik, 0 ‘zbekiston FA ning Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi, 0 ‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutlarida olib borilmoqda. 0 ‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genofondi kolleksiyasini yaratishda atoqli olimlar N. I. Vavilov, D. V. Ter-Avanesyan, G. S. Zaysev, F. M, Mauer, N. N. Konstantinov va A. A. Abdullayevlaming xizmati katta bo‘ldi. Hozirgi vaqtda g‘o‘za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik 381 A. A. Abdullayev va uning shogirdlari (S. M. Rizayeva, M. A. Axmedov, R. D. Dariyev, R. Sh. Shodmonov, X. S. Saydaliyev) tomonidan amalga oshirilmoqda.




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə