Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə2/2
tarix16.05.2023
ölçüsü167,5 Kb.
#110697
1   2
17-ma\'ruza. Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash

bu yerda, Q — hajmiy sarf m3/s; vo‘pt — oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; S — oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish soniga qarab asbobdan o‘tgan suyuqlik mikdorini aniqlash mumkin. Parraklar ailanishining tezligi oqim tezligiga mutanosibdir:
n=K·vo‘rt
bu yerda, p - parraklarning aylanish soni, 1/s; K — asbobning geometrik hajmiga bog‘liq bo‘lgan doymiysi, m-1.
Agar (4.27) tenglamani nazarda tutsak:
 
Parraklarning τ vaqt ichidagi aylanishlar soni asbobdan shu vaqt ichida o‘tgan modda sarfiga mutanosib:
 



4 – rasm. Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi.
Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki guruhga bo‘linadi: spiralsimon va qanotli.
Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parrallel, qanotli parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 4- rasmda spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi.
Bu hisoblagichlar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70...1700 m3/soat va ±2...3% xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 mPa (10 kgk/sm2) dan oshmasligi kerak.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali va ko‘p sharrali bo‘ladi.
5 -rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda yo‘naltiriladi. Parrakli hisoblagichlar agressiv bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30°S dan oshmasa, ularning parragi plast-massadan tayyorlanadi. Oqim harorati 90°S dan yuqori bo‘lsa, parraklar jezdan tayyorlanadi.
Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə